105
samarali mexanizmining shakllanganligi; - marketing tizimining
rivojlanganligi; - inson kapitaliga munosabatning yuqoriligi va uni
qishloqda rivojlantirishga ustuvorlik berilishi. Ushbu omillarning
O’zbekiston sharoitidan kelib chiqqan holda
samarali ishlashi uchun
keng qamrovli chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi lozim. Ma’lumki,
agroklasterlar davlat, fermerlar, oliy ta’lim va tadqiqot muassalari
hamda xususiy korxonalar tashabbusi asosida tashkil etiladi. Xususan,
Janubiy Koreyadagi mashhur Sunchang Pasta ishlab chiqarish klasteri
(Sunchang
Paste
Cluster)
mahalliy
hokimiyat
tomonidan
boshqariladagan klaster bo’lib, soya, qalampir, qulupnay, olxo’ri
kabilardan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Ushbu klaster Koreya hukumatining qishloq hududlarida demografik
holatni yaxshilash (qishloq aholisi, aso san
yoshlarning shaharga ketib
qolishini kamaytirish), tarixiy an’analar asosida ishlab chiqarishni
qo’llab-quvvatlash, qishloqqa sanoat va agroturizmni olib kirish kabi
rivojlantirish dasturlari asosida tashkil etilgan. Agroklasterdagi 5292 ta
fermer xo’jaligida 9780 gektar ekin maydonida mahsulot ishlab
chiqarilib, unda jami 12331 ta kishi ishlaydi [1]. Jami 30 ming aholisi
bo’lgan ushbu hududning hozirda yillik eksporti 1 million AQSh
dollarini tashkil etmoqda. Agroturizm va mehmonxona servisini
rivojlantirish hisobiga 2018 yilga borib yillik eksportni 3 million AQSh
dollariga etkazish rejalashtirilgan. Hayratlanarli tomoni shundaki, ushbu
kichik bir qishloqqa har yili o’rtacha 12 mingdan
ortiq turist tashrif
buyuradi. O’zbekistonda ushbu klasterning qishloq hududlarini
rivojlantirish dasturlarini qo’llabquvvatlash, tarixiy an’analar asosida
soya, qalampir kabi mahsulotlarni fermentatsiya qilishda oilaviy
korxonalarni va uylarni aslicha saqlab qolish va turizm obyektiga
aylantirish, agroturizm (shahar aholisi va bolalarning o’z qo’llari bilan
meva-sabzavotlarni uzishlari yoki ularni qayta ishlash va tayyorlashda
ishtirok etishlari), qishloqda mehmonxona biznesini yo’lga qo’yishda
festival va turli tadbirlar o’tkazish tajribalaridan foydalanish mumkin.
Shuningdek, fermerlar uchun axborot-maslahat
berish hamda qishloq
xo’jaligi agregatlaridan birgalikda foydalanish tajribalari ham diqqatga
sazovordir. Bunda markaziy davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan
106
moliyalashtirish, turli o’qitish seminar-trening loyihalarini amalga
oshirish, markazning faoliyatidagi ishlab chiqarish jarayonlari,
mahsulotni qayta ishlash va texnikaviy yordam ko’rsatish kabi dehqon
uchun imkoniyatlari cheklanganligi sharoitda davlat tomonidan
qo’llabquvvatlashga oid tajribalarni O’zbekistonda nafaqat fermer, balki
dehqon xo’jaliklarida ham qo’llash mumkin
hamda agroklasterlarni
tashkil etishda mahalliy hokimiyatning qo’llab-quvvatlashi va
hududlarning ixtisoslashuvi va yetishtirayotgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarininig raqobatbardoshligiga asosiy e’tiborni qaratish kabi
omillardan foydalanish mumkin. Chungdo xurmo klasteri (Chungdo
Persimmon Cluster) 2009 yilda fermerlar tashabbusi bilan tashkil
etilgan. Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, Koreya dunyoda
etishtirilayotgan barcha xurmo mevasining 12 foizini ishlab chiqaradi.
AQSh
ni barcha shtatlarida ilg’or texnologiyalarga ega agrosanoat
klasterlari keng tarqalgan. Yirik agroklasterlar Vashington, Ok–laxoma,
Luiziana shtatlarida, vino ishlab chiqarish
Kaliforniya shtatida
joylashgan. Yuqori samarada faoliyat ko’rsatayotgan klas–terlarni
Silikon
vodiysidagi
“Ahborot
texnologiyalar”,
Gollivuddagi
“Kinofikatsiya”
klasterlari misolida ham ko’rish mumkin. Evropada
(Germaniya, Frantsiya, Italiya, Bolgariya, Gretsiya, Gollandiya,
Angliya, Shveytsariya, Daniya va boshqa davlatlarda)
yuqori
texnologiyali agroklasterlar keng rivoj topgan .
Dostları ilə paylaş: