103
qilingan me'yoriy-huquqiy asoslarini o‘rganish, meva-sabzavotchilik
klasterini: qishloq xo‘jaligini diversifikasiya qilish,
hududlar tabiiy-
iqlim sharoitlariga mos, serhosil va eksportbop meva-sabzavot ekinlari
navlarini joylashtirish, eksportga yo‘naltiriladigan xaridorgir va
raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirish, saqlash,
qayta ishlash va
sotish jarayonlariga yangi texnologiyalarini joriy etish, yangi ish
o‘rinlarini yaratish, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash
jarayonidagi ishtirokchilarning moddiy manfaatdorligini ta'minlash
jarayonlarni to‘liq qamrab oluvchi tizim sifatida shakllantirish maqsadga
muvofiqligini ko‘rsatadi. Klaster quyidagi vazifalarni o‘zida
mujassamlashtiradi:
• meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va
sotishga chuqur ixtisoslashish;
• meva-sabzavot
mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, tozalash,
saralash,
quritish
hamda
qayta
ishlashda
yangi
innovasion
texnologiyalarni joriy etish;
• yer maydonlaridan foydalanish: ajratilgan yer maydonlaridan
samarali va unumli foydalanish, maydonlarga sifatli, jahon andozalariga
mos eksportbop meva, uzum va sabzavot
ekinlarni joylashtirish,
samarasiz va istiqbolsiz qishloq xo‘jalik ekinlari o‘rniga bosqichma-
bosqich meva, uzum va sabzavot ekinlari joylashtirish;
• meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni
o‘rganish, ulardan mintaqa va hududiy sharoitlarda keng foydalanish,
meva-sabzavotchilik sohasiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
• eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
yetishtirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligini klaster hududlarida
o‘zlashtirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• serhosil meva, uzum va sabzavot ekinlarini ekish,
mahsulot
yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonini to‘liq qamrab
oluvchi tizimni shakllantirish, shuningdek zamonaviy innovasion, resurs
tejamkor texnologiyalarni meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish
jarayonlariga joriy qilish;
104
• malakali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish etish. Meva-
zabavotchilik klasteri tomonidan amalga oshiriladigan investisiya
loyihalarining prognoz parametrlari quyidagi investisiya loyihalaridan
shakllantirilishi mumkin:
• mavjud bog‘ va
tokzorlarni takomillashtirish, rekonstruksiya
qilish;
• zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil qilish;
• yangi intensiv bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini tashkil
qilish;
• zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari parklarini shakllantirish;
• ko‘p tarmoqli sanoat muzlatkichli logistika markazlari (katta
sig‘imli sanoat muzlatgichlari, mahsulotni qayta ishlash vositalari)ni
shakllantirish;
• maxsus transport vositalari (maxsulotlarni
eksportga tashuvchi
refrijerator yuk mashinalari, traktor vositalari, osma va tirkamali
texnikalar)ni shakllantirish;
• eksportbop mahsulotlar yetishtirish va ularni qayta ishlash.
Dostları ilə paylaş: