100
to‘qimachilikda: sanoatning boshqaruv tizimi tarmoqning
zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermasligi; korxonalar
laboratoriyalarida sifat menejmentining zamonaviy tizimlarini joriy etish
past darajadaligi, shu sababli mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo
bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda
mahsulotlar sifati va xavfsizligiga bo‘lgan
ishonchni oshirishga,
tarmoqning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushining oshishiga
to‘siq bo‘lmoqda.
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etish va boshqarish.
Meva-sabzavotchilikda: mahsulotni yetishtiruvchilar va tayyorlov-
chilar o‘rtasida meva-sabzavot bozorlarida xaridorgir ekinlar va ularning
navlarini joylashtirish masalalarida o‘zaro hamkorlikning bozor
mexanizmlaridan to‘liq foydalanilmayotganligi; kichik qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan shartnoma intizomiga rioya
qilish darajasining pastligi; qishloq ho‘jaligida mexanizasiyalashtirish,
zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilish, ularni saqlash va tashish,
qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqil
ravishda tashqi bozorga chiqishi uchun moliya resurslarini jamg‘arishda
qulay imkoniyatlarning yo‘qligi; meva-sabzavot bozorlarida xaridorgir
bo‘lgan yuqori hosildorlikka ega va sifatli navlarning urug‘i, ko‘chati
bilan qoniqarli ravishda ta'minlanmaganligi va shu kabi muammolarni
bartaraf etish chora-tadbirini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Shu
bilan
birga
zamonaviy
axborot-kommunikasiya
texnologiyalari
yetarlicha joriy qilinmaganligi sababli xomashyoni qabul qilish, tashish
va qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni realizasiya qilish
jarayonlari ustidan kerakli darajada nazorat tizimining mavjud emasligi;
xomashyo va ishlab chiqarish resurslarining
nooqilona taqsimlanishi;
logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar
tarmoqning asosiy muammolari hisoblanadi Bu muammolarni bartaraf
etmaslik natijasida ishlab chiqarish quvvatlari-ning ancha qismi to‘xtab
qolyapti, iqtisodiy yo‘qotishlar oqibatida mahsulotlarning tannarxi
oshib, ishlab chiqarish rentabelligi pasaymoqda. Soha korxonalarida
yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning
barqaror
ustunlik qilishi, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor
101
mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib
raqobatlashishga qodir bo‘lgan milliy brendlarni shakllantirishning
yetarli darajada emasligi sanoat korxonalari daromadlarini oshirish
imkonini bermayapti. Kadrlar tayyorlash tizimi agrosanoatning real
ehtiyojlariga
javob bermaydi, soha tarmoqlarini rivojlantirishning
dolzarb masalalari bo‘yicha o‘qitishning innovasion yo‘nalishlarini joriy
etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro
hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Dostları ilə paylaş: