107
Avstriyada
ham klasterlarni ixtisoslashtirishga,
agrosanoat va
ilmiy-tadqiqot korxonalarining o’zaro aloqalarini rag’batlantirishga,
innovatsiya programmalarini boshqarish tartibidagi to’siqlarni
kamaytirish hamda raqobatbardosh markazlarni shakllantirishga ko’proq
ahamiyat berishadi.
Daniya
qishloq ho’jaligida chorvachilik dehqonchilikka qaraganda
ustuvor ahamiyatga ega, dehqonchilik mahsuloti ko’proq
ozuqaga
ishlatiladi, chorvachilikda sut yo’nalishining roli go’sht sohasiga
qaraganda yuqoriroq xisoblanadi, shuning
uchun ham sut mahsuloti
klasterlari (masalan taniqli «Molochnaya vertikal» klasteri) keng
tarqalgan.
Chili
hukumati keyingi 30 yil ichida vinochilik sohasida
integratsiyalash va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik
kompaniyalar safini kengaytirish bilan jahon bozorida o’z
ulushini
oshirishga dadil qadam qo’ydi. Shu maqsadda vinochilik klasteri tuzildi.
Uning tarkibiga tarmoq ichidagi o’zaro bir biriga bog’liq uyushmalar,
ta’lim muassasalari, davlat
tashkilotlari va agentliklar, ilmiy-tadqiqot
markazlari, tarmoq ommaviy axborot vositalari, postavshiklar va
podryachiklar kirdi. Evrapali taniqli maypazlar mamlakatga o’z
sarmoyalari,
yangi texnologiyalari, mahsulotni marketingi va eksportga
jo’natish imkoniyatlari bilan qaytib kelishdi. Natijada vino eksporti
bo’yicha Chili jahon bozorida beshinchi o’rinni egallab turibdi.
Dostları ilə paylaş: