108
olgan “AgroPARK”ni tuzish mo’ljallangan), Tula oblastidagi “Baltika”
klasteri (ilmiy-tadqiqot stantsiyasining 672
tajriba-eksperimental
maydonchalarida sulini pivo pishirishga yaraydigan (Rossiya yutuqlari
reestriga kiritilgan) 17 navini etishtirishga erishishdi, Kemerovo
oblastida “KalinaMalina” agrosanoat brendi (7ta
firma-magazinlar va
40ta fermerlar bilan birga), Vologda oblastida “Biotexnologiya” klasteri
(OAO “FosAGRO” bilan birga) va b. regionlarda shu kabi zamonaviy
agroklasterlarni barpo etish jarayoni ancha jadallashdi.
Klaster tuzilmalari Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Daniya,
Hindiston, Koreya,
Pokiston, Xitoy, va Turkiya davlatlari engil
sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Frantsiyada oziq-
ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Klasterlarni
shakllantirish
jarayoni Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur,
Yaponiya, va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Masalan,
Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat
aralashuvisiz kechar edi. Biroq 2003 yilda xukumat klaster
tashabbuslariga jiddiy e’tibor qaratdi. Bu,
birinchi navbatda, yuqori
texnologiyali sohalarni loyihalashda amalga oshirildi. Davlat nafaqat
mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar
kuch-g’ayratini birlashtirishni ko’zda tutmoqda.
Dostları ilə paylaş: