Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari Vobkent tuman



Yüklə 192,1 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü192,1 Kb.
#138185
  1   2   3
maqola 5


Maktabgacha ta’limda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish usullari

Vobkent tuman ……………………
………………………………..,
……………………………………..


Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimini qayta tashkil etish jarayoni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani tashkil etish, innovatsion jarayonlar, maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, faoliyatini takomillashtirish, yangi sifat darajasiga ko‘tarish,“Pedagogik texnologiya” tushunchasi va uning amaliyotda tadbiq qilinishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy jarayonlar, qo‘llanadigan metodlar, usullar, texnologiyalar, ularning shakllari haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: Innovatsiya, texnologiya, tarbiya, integrativ yondashish, qobiliyat, kamolot, muhit, ijtimoiy muhit, irsiyat, intellektual qobiliyat, komillik, faoliyat, rivojlantirish, ko‘nikma, innovatsion jarayon, yondashuv, psixologik-pedagogik yondashuv, salohiyat.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta’lim tizimini qayta tashkil etish jarayoni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani tashkil etishga yuqori talablar qo‘yadi va bu jarayonga yangi, yanada samarali psixologik-pedagogik yondashuvlarni izlash, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarining kuchaytiradi. Jamiyat rivojlanishining bugungi darajasidagi innovatsion jarayonlar, birinchi navbatda, bolaning qobiliyatlarini ochishning boshlang‘ich bosqichi sifatida maktabgacha ta’lim tizimiga ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, faoliyatini takomillashtirish, yangi sifat darajasiga o‘tishni innovatsion texnologiyalarsiz, ularni rivojlantirmay turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Maktabgacha ta’limdagi innovatsiyalar ta’limiy-pedagogik jarayonlarda muntazam qo‘llaniladigan, ob’ektning ya’ni bolaning menligiga, shaxsiga, uning maxsus qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi metodlar, usullar, shakllar, vositalar, texnologiyalarni belgilaydi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonlarida keskin o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim mazmuni murakkablashib bormoqda. Yaratilayotgan dasturlar, loyihalar maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish, o‘zini anglashga, hissiy-irodaviy qobiliyatlarni shakllantirishga qaratmoqda. Bunday taraqqiyotlar esa pedagogning oldiga ulkan vazifa qo‘yadi. Zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan, kasbiy salohiyatli, bilimli va turli xil vaziyatlarga integrativ yondashish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatlarda, mashg‘ulotlardan tashqari erkin faoliyat jarayonlarida, sayr va ekskursiyalarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish – bola shaxsini zamonaviy ijtimoiy-madaniy hayot asosida kamol toptirish, ma’lum bir ijobiy natijaga erishishga qaratilgan ta’lim berish usullari, vositalari tizimidir. Yuqorida sanab o‘tilgan ushbu jarayonlarni tubdan o‘zgartirishi, noan’anaviy tarzda tashkil etish, sifatli va maqsadli qilishi hamda mazmunan boyitishda pedagogik innovatsiyalarning o‘rni muhim sanaladi. Bizga ma’lumki, innovatsion texnologiyalar ta’limiy jarayonda o‘zining samaradorligini isbotlagan ilg‘or ijodiy texnologiyalar va ta’limning stereotipli elementlarini o‘zida mujassam etadi. “Pedagogik texnologiya - o‘qitish shakllari, usullari, tarbiya vositalarining maxsus majmuasi va joylashuvini belgilovchi psixologik-pedagogik munosabatlar majmui, bu pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy qurolidir” deb ta’rif beradi Pedagogik texnologiyalarni o‘rgangan olim B.T.Lixachev.
Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan insonlarning bir-biriga o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda bilimlarni o‘qitish va o‘zlashtirishning yaxlit jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli usuli.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasini uch jihat bilan ifodalash mumkin.
1. Ilmiy: pedagogik texnologiyalar – pedagogika fanining o‘qitish maqsadi, mazmuni va usullarini o‘rganuvchi va rivojlantiruvchi hamda pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi qismi;
2.Tavsiflovchi: jarayonning tavsifi (algoritmi), rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish uchun maqsadlar, mazmun, usullar va vositalar majmuasi;
3. Protsessual: texnologik (pedagogik) jarayonni amalga oshirish, barcha shaxsiy, instrumental va uslubiy pedagogik vositalarning ishlashi.
Pedagogik texnologiya bu – ta’limiy o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar, qoidalar tizimi va tamoyillar sifatida, real o‘quv jarayoni sifatida, o‘qitishning eng oqilona, yetakchi usullarini tadqiq qiluvchi fan sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Texnologiya aniqligi, natijadorligi, barqarorligi, takrorlanuvchanligi, ko‘plab "agar"larning yo‘qligi bilan metodlardan, usullardan ajralib turadi. Texnologiyalar usullardan tarkib topgan bo‘lishi mumkin yoki aksincha, o‘qitish usullari tarkibiga ma’lum texnologiyalarni kiritish mumkin.


Pedagogik texnologiya – pedagog mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan bola shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko).



Yüklə 192,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə