7.3.Qishloq xo’jaligida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini
davlat tamonidan qo’llab-quvvatlanadigan faoliyat turlari va
rag’batlantirish usullari.
Respublikaning bozor iqtisodiyotigao’tishjarayonida yangi moliyaviy
siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan amalga oshirilmoqda.
Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatni boshlanishi davlatning yaqindan
turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib borishi
mumkin. Jumladan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
rag’batlantirish to’g’risida»gi 1995 yil 25 dekabrda qabul qilingan
Qonunda kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashda banklarni
rolini oshirib borishga alohida e’tibor berilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati
banklar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat
136
xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan
xizmatlarga haq to’lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta’minlash, turli
toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy
munosabatlar ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to’lash, transport,
kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning barcha turlari banklar orqali, o’z
navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar
orqali amalga oshadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha bank va banklar bilan
bo’ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon
xo’jaligini muhim xo’jalik yuritish qismi bo’lgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog’langanligi
bugungi kunda hammaga ma’lum bo’lib qoldi. Shuning uchun ham
rivojlangan mamlakatlarda bank tizimini rivojlangan bo’lib, tadbirkorlarni
aktiv iqtisodiy faoliyat ko’rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi
korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko’rsatadi.
Bank operatsiyalari passiv va aktiv operatsiyalardan iborat bo’lib,
passiv operatsiyalar pul mablag’larini ma’lum biror yo’nalishga safarbar
etishga qaratilgan. Banklar passiv operatsiyalar orqali jamg’armalarni va
vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni ishlab chiqarishga safarbar etib
foyda oladi. Aktiv operatsiyalar turli xarakterdagi kreditlarni berish
operatsiyalari bilan bog’liq bo’lib, quyidagi elementlar bo’yicha
turkumlanadi:
1. Muddatlari bo’yicha kreditlar 1 yillik, 5 yillik va 7-10 yilga
mo’ljallangan bo’lishi;
2. Kreditlarni hajmi bo’yicha kichik, o’rta, yirik miqdorda har bir
mijozga individual va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda
amalga oshiriladi;
3. Ayrim turlari bo’yicha maxsus kafolatni talab qilmaydigan, garov
evaziga berilmaydigan kreditlar;
4. Kreditorlarni turlari bo’yicha ya’ni davlat, tijorat, xususiy va boshqa
turlari bo’yicha berish;
5. Zayomni turlari bo’yicha yuridik shaxslar va hokazalarga berish;
137
6. Vaqtinchalik foydalanish uchun investitsiya, iste’mol uchun,
qarzlarni to’lash asosan eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun
beriladigan kreditlar.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egaligining kichik va
xususiy tadbirkorlik shakli korxonalari o’z faoliyatida turli banklar bilan
muomalada bo’ladilar. Bu jarayon avvalo oldingilaridan farq qilgan holda
ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar asosan korxonalar
orqali bank o’z faoliyatini olib borganligi bilan xarakterlanadi. Tadbirkorlik
faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik
korxonalar faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarishga o’z
imkoniyatlarini safarbar etib boradilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning banklar bilan bo’ladigan
operatsiyalarida, xususiy tadbirkor o’z jamg’armasini respublikaning turli
banklarida o’z hisob raqamida saqlashi, kredit va kassa operatsiyalarini
bajarish huquqiga ega hisoblanadi. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi
munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul
o’tqazish yo’li bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Banklar tadbirkor hisob
raqamida pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni saqlashini kafolatlab beradi. Banklar
tadbirkorlar va mijozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda pul egasi
tomonidan topshiriqqog’ozi bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat
davomida keyingi operatsiyalar bajarilishi zarur.
Mulk egalari hisobiga pul o’tkazish shahar ichida 4 ish kunida, violyat
ichida 5 ish kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar
bu qonun shartlari bo’zilsa mijozga yillik foiz miqdorida bank jarima
to’laydi. Bank mijozlarning arizasiga binoan ularga tegishli operatsiyalarni
bajaradi. Banklar tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan
kiritilgan o’zgarishlarni, qoidalarni ayniqsa hisoblar bo’yicha naqd pulsiz
tarzdagi operatsiyalar bo’yicha o’zgarishlar to’g’risida tadbirkorni xabardor
qiladilar. Tadbirkorlar bilan bank o’rtasidagi kredit berish bo’yicha
bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma
asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Respublika
qonunlarini chuqur o’rganib, unga rioya qilishi lozim.
138
Bozor iqtisodiyotida kichik biznes korxonalarining iqtisodiy faoliyati
valyuta operatsiyalari bilan bog’liqlik bo’lib, Valyuta operatsiyalari valyuta
kursi bo’yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi.
AQSh dollari valyuta kotirovkasida baza sifatida xalqaro maydonda qabul
qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi kurs bo’yicha AQSh dollariga
solishtirilib boriladi. Valyuta kursi o’zgarib turadi. Valyuta kursini o’zgarib
turishi har kuni ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun banklar kursni bank
faoliyat boshlash vaqtidagi yoki yopilishi vaqtidagi kurslar bo’yicha hisob-
kitob ishlarini olib boradi. Valyuta kursini o’zgarib borishi haqida har
haftada matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarni iqtisodiy
faoliyatida muhim hisoblanadi. Valyuta operatsiyalarida asosiy o’rinni
kredit, qimmatli qog’ozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va
sotish kabilar egallaydi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq bo’lgan
faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va
zamonaviy texnologiya xarid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
korxonalarida xizmatni sifatini oshirishga, ishlab chiqarish sohasida sifatli
tovarlar ishlab chiqarib, uning realizatsiyasidan katta foyda olish
imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Yuqoridagilardan tashqari bank tizimida
ko’plab operatsiyalar olib boriladi.
Shulardan: factoring - (inglizcha factor - vositachi so’zidan olingan)
savdo - komission operatsiyalarning bir turi bo’lib, aylanma mablag’larni
kreditlash bilan bog’liq. Factoring xaridorning debitorlik qarzlarini inkassa
qilish bo’lib, qisqa muddatli kreditlash va vositachilik faoliyatining bir
turidir. Factoring o’z ichiga quyidagilarni oladi:
a) xaridorning debitorlik qarzlarini undirish (inkassalash);
b) unga qisqa muddatli kredit berish;
v) uni operatsiyalar bo’yicha kredit olish bilan bog’liq
tavakkalchilikdan ozod qilish.
Factoringning
asosiy
maqsadi
shartnoma
orqali
aniqlangan
mablag’larni zudlik bilan yoki ma’lum bir muddat mobaynida olishdir.
Natijada sotuvchi xaridorning to’lov qobiliyatiga bog’liqlikdan qutuladi.
Bank xaridor bilan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan paytda
to’lovlarning kafolati haqidagi shartnoma to’zadi. Xuddi shunday
shartnoma xaridor va sotuvchi bilan ham bir vaqtda to’zilishi mumkin.
139
Ushbu ishni bankning omiling bo’limi bajaradi. Factoring bo’yicha
sotuvchi va bank orasidagi munosabatlar shartnoma orqali boshqariladi.
Shartnoma to’zishdan oldin bank sotuvchi va xaridorning to’lov
qobiliyatini ma’lum bir usullar asosida tekshiradi va buning asosida
factoring operatsiyalari bo’yicha imkon bo’lgan mablag’ miqdorini
aniqlaydi. Demak, xuddi shu mablag’ miqdori doirasida xaridorga tovar
etkazish amalga oshirilishi mumkin. Ushbu miqdordan ortig’i katta
tavakkalchilik asosida bo’lishi mumkin. Bu mablag’ doirasida bank
sotuvchiga xaridor nomidan to’lovlarni amalga oshirib turadi. Shartnoma
ochiq yoki yopiq (konfidentsial) bo’lishi mumkin. Ochiq shartnomada
debitor o’zining factoring operatsiyasida ishtirok qilishi to’g’risida
ma’lumot beradi, yopiq turdagi shartnomada esa debitorlarga omiling
shartnomasi mavjudligi haqida ma’lumot berilmaydi. Factoring
quyidagicha amalga oshiriladi.
Bank yoki factoring bilan shug’ullanuvchi tashkilot sotuvchidan
xaridorning debitorlik qarzini sotib oladi (albatta, o’zi uchun iloji boricha
foydali shart-sharoitlarda) va sotuvchiga xaridor qarzining 70 - 80 foizini 2
- 3 kun ichida to’lashni amalga oshiradi. Qolganini esa shart - sharoitga
muvofiq ravishda bir qancha muddatdan so’ng to’laydi. Endi bank yoki
factoring bilan shug’ullanuvchi tashkilot xaridordan qarzni undirib olish
huquqiga ega bo’ladilar. Ular xaridorning qarzini arzonga sotib olganliklari
tufayli uning haqiqiy qiymatini undirganda ma’lum miqdorda foyda olishga
erishadilar. Factoring xizmatining bahosi xizmat turiga, mijozning
moliyaviy ahvoliga va boshqa iqtisodiy omillarga o’zviy bog’liq bo’ladi.
Factoring uchun to’lov miqdorini aniqlaganda tomonlarning kredit foizi
darajasi va to’lov muddati bo’yicha kelishuvlari mavjud bo’lishi kerak.
Forfetlashtirish - (frantsuzcha a forfay - to’laligicha, umumiy
miqdorda) bank yoki moliyaviy kompaniya tomonidan eksportni
kreditlashning bir turi bo’lib, unda tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha
veksel va boshqa qarzdorlik bilan bog’liq hujjatlar sotib olinadi.
Forfetlashtirish ko’pincha juda qimmat mashina va mexanizmlarni o’zoq
muddatli (odatda 7 yilgacha) kreditlashda qo’llaniladi.
Ochiq hisob bo’yicha kredit - eksport - import operatsiyalarida ochiq
hisob bo’yicha hisob - kitob ma’nosini ham bildiradi. Bunday kreditlar
140
doimiy mijozlar (kontragentlar) orasidagi o’zaro hisob - kitoblarda
qo’llaniladi. Bu usul bir xil tovarlarni ko’p martalab yetkazilganda
maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin. Uning ma’nosi quyidagicha: sotuvchi
xaridorga tovarni jo’natadi va uning manzilgohiga ushbu tovar bilan
bog’liq hujjatlarni ham jo’natadi. Bunda u qarzni xaridor nomiga ochilgan
hisobning debetiga yo’naltiradi. Kontraktda kelishilgan muddatlarga
asosan, xaridor o’zining ochiq hisobdagi qarzini to’lashni amalga oshiradi.
Xaridor uchun ochiq hisob usuli kredit olishning va hisob-kitobning juda
qulay
usulidir,
chunki
bunda
yetkazilmagan
tovarni to’lash
tavakkalchiligining oldi olinadi va ushbu kreditni ishlatganlik uchun hech
qanday foiz olinmaydi. Ikkala tomon galma - galdan sotuvchi va xaridor
sifatida ish yuritsa, ularning bir - biridan ko’ngli qolmaydi.
Overdraft - (inglizchasiga - overdraft) bankdagi mijozning hisob
raqamidagi manfiy balans. Bu qisqa muddatli kreditning maxsus turi bo’lib,
mijozga ma’lum miqdordagi mablag’ uning bankdagi qoldig’idan ko’ra
ko’proq kattalikda beriladi. Demak, bunday operatsiya natijasida manfiy
balans hosil bo’ladi, ya’ni mijoz bankdan qarzdor bo’lib qoladi (debit
saldosi). Overdraftning maksimal miqdori, kredit berish sharti, uni qoplash
usuli va kredit foizi haqida bank va mijoz orasida maxsus shartnoma
to’ziladi. Bu qarzni to’lash uchun mijoz hisob raqamiga kelib tushayotgan
barcha mablag’lar jalb qilinadi. Shuning uchun kredit hajmi mablag’lar
kelib tushishi bilan o’zgarib boradi va bu uni oddiy qarz berishdan
farqlaydi.
Depozit - (inglizcha Depositum - saqlash uchun berilgan narsa) pulni
yoki qimmatli qog’ozlarni saqlash uchun bankka topshirilishini bildiradi.
Ular bankning qarz berilishi mumkin bo’lgan kapitalni (fondni) tashkil
qilishning, omiling operatsiyalari o’tkazishning, investitsiyalar qilishning
va boshqa bank tadbirlarining manbasidir. Shuning uchun ham depozit
uchun bank tomonidan ma’lum miqdorda foiz to’lanadi. Depozitlar talab
qilingunicha va ma’lum muddatga qo’yilgan bo’lishi mumkin.
Auktsionlar (kim oshdi savdosi) orqali pulni bankka joylashtirish -
ushbu ish respublika fond birjasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda banklararo kreditlarni, depozit va tijorat kreditlarini joylashtirish
amalga oshiriladi. Bunday auktsionlarda fuqarolar va yuridik shaxslar
141
ishtirok etishi mumkin. Albatta, ushbu auktsionda qatnashuvchilar ma’lum
bir malaka darajasiga ega bo’lishlari lozim (masalan, brokerlar va
moliyaviy bozorda ishlay oladigan mo’tahassislar).
Report - (frantsuzcha report) bunda qimmatli qog’ozlarning yoki
valyutaning egasi ularni birjada keyinchalik ma’lum muddatdan so’ng
yuqoriroq narxda (kursda) qayta sotib olish majburiyati bilan bankka
sotadi. Sotuv va qayta sotib olish narxi orasidagi farq kredit uchun to’lovni
anglatadi. Ushbu farq report deb ham ataladi. Report qimmatli qog’ozlar
yoki valyutaning kursini ko’tarishga mo’ljallangan. Ushbu ish bilan valyuta
kursini ko’tarishdan manfaatdor bo’lganlar shug’ullanadilar.
Deport - (frantsuzcha deport) reportga qarama - qarshi bo’lgan
jarayonni bildiradi. Deport qimmatli qog’ozlar yoki valyutaning kursi
kamayishi hisobiga foyda olishni nazarda to’tadi.
Valyuta arbitraji - valyutalarning oldi - sotdisi bilan bog’liq operatsiya
turi bo’lib, valyuta kurslari orasidagi farqdan foydalangan holda ma’lum
miqdorda foyda olishni ko’zda to’tadi. U vaqt bo’yicha, fazo bo’yicha
tashkil qilinishi va oddiy yoki murakkab ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Vaqt bo’yicha valyuta arbitraji vaqt o’tishi bilan valyuta kurslari o’zgarishi
oqibatida foyda olishni nazarda to’tadi. Fazoviy valyuta arbitraji esa
berilgan valyuta kursining har xil bozorlardagi farqidan foydalangan holda,
foyda olishni ko’zlaydi. Oddiy valyuta arbitraji ikki xil valyuta bilan
ishlashni, murakkab valyuta arbitraji esa bir necha tur valyutalar bilan
ishlashni bildiradi.
Foiz (foiz) arbitraji - bir necha xil valyuta turlari bilan ish olib
boradigan korxonalar o’z valyuta zaxiralarining shunday to’zilmasini
tanlab oladilarki (yoki o’zgartiradilarki), bunda har xil valyutalar orasidagi
foiz stavkasida farqi mavjudligi sababli iloji boricha ko’proq foyda olish
imkoniyati paydo bo’lsin.
LIDZ and LEGZ - (inglizcha leads and legs - o’tib ketish va orqada
qolish) valyuta operatsiyalarining bir turi bo’lib, u moliyaviy va boshqa
turdagi foyda olish maqsadida hisob - kitob muddatlarini o’zgartirish
(tezlatish yoki cho’zish) bilan bog’liq. Lidz va legz tomonlar orasidagi
kontrakt sifatida tashkil qilinib, to’lov muddatlari va shartlarini
o’zgartirishni ko’zda to’tadi. U tashqi savdoda valyuta kurslari va foiz
142
miqdori katta miqdorda o’zgarishi ko’zda tutilganda, valyuta bo’yicha
chegaralanishlar bo’lishi mumkin bo’lganda, soliq stavkasi o’zgarilishi
nazarda tutilganda va shu kabi boshqa hollarda qo’llaniladi.
Transfert (frantsuzcha - transfert - ko’chirish, o’zatish, o’tkazish) ikki
xil ma’noga ega:
1. Bir moliyaviy tashkilotdan yoki bir mamlakatdan ikkinchisiga
mablag’ o’tkazish;
2. Nomlangan qimmatli qog’ozlarni bir mulkdordan ikkinchisiga
o’tkazish.
Shuning uchun ham transfert operatsiyalari va transfert xizmatlari
degan tushunchalar mavjud.
Transfert operatsiyalari pul mablag’larini o’tkazish bilan bog’liq
operatsiyalardir. Bu xildagi operatsiyalar o’z tarkibiga transfert to’lovlarini
qamrab oladi (davlat tomonidan fuqarolarga to’lanadigan barcha to’lov
turlari - pensiyalar, subsidiyalar, ishsizlarga to’lanadigan to’lovlar, bolalar
uchun to’lovlar va hokazo). Valyuta transfertlari tashqi iqtisodiy aloqalar
bilan bog’liq bo’lib, ularning asosida chet el tashkilotlari yoki firmalari
bilan hujjatlar orqali tasdiqlanmagan va tegishli ravishda aniqlanilmagan
kelishuvlar yotadi.
Trast operatsiyalari (inglizcha trust - ishonch, o’z zimmasiga olish,
mas’uliyat, javobgarlik, ishonch bo’yicha boshqaruv) banklar, moliya
kompaniyalari va investitsion fondlarning mulkni boshqarish va shunga
o’xshash boshqa xizmatlar bilan bog’liq ishonch operatsiyalari jumlasiga
kirib, ular mijozlar topshirig’i bilan va ularning talablari orqali amalga
oshiriladi. Bu turdagi kompaniyalar kichik va o’rta biznesni rivojlantirishda
katta ahamiyat kasb etadi. Ular endigina rivojlanayotgan korxonalarni o’z
qaramog’iga olib, ularning tezlik bilan Rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Trast - kompaniyalar mustaqil yordamchi tashkilotlardir.
Ijara mol - mulkni ishlatish huquqini sotib olishdir. Masalan, bino,
xona, jihoz, korxona, yer, tabiiy resurslar va boshqa turdagi mol - mulkni
arenda/ijaraga olish mumkin. Bunda bu narsalar tovar maqomini oladi.
Arenda/ijaraning mohiyati bir tomonning ikkinchi tomonga yuqorida
keltirilgan tovar turlarini ijara shartnomasi asosida, kelishilgan narxlarda va
ma’lum muddatga berishidir.
143
Lizing (inglizcha lease - arenda) - o’zoq muddatli ijaraning bir turi
bo’lib, u asbob - uskuna, jihozlarni, transport vositalarini, yoki ko’chmas va
boshqacha turdagi mulk turlarini ma’lum bir muddatga ishlatish uchun
berishdir. Buxgalteriya hisobida lizingni moliyaviy ijara turiga mansub deb
hisoblanadi.
Lizingning ikki: moliyaviy lizing; operatsion lizing turi mavjud.
Moliyaviy lizing (financial leasing) kontraktning davom etish
muddatida arenda/ijaraga topshirilgan jihoz/mulkning to’la amortizatsiya
qiymatini yoki uning katta bir qismini va arendaga beruvchi uchun foyda
to’lashni ko’zda to’tadi. Ijara shartnomasi tugagandan so’ng arendator
quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: 1. Lizing ob’ektini arenda
beruvchiga qaytarish, 2. Arenda uchun yangi shartnoma to’zish, 3. Lizing
ob’ektini qoldiq bahosi bo’yicha sotib olish.
Lizingda arendaga oluvchi uchun ma’lum bir majburiyatlar ham
bo’lishi mumkin. Ob’ektni ko’rsatilgan muddatda sotib olish yoki unga
boshqa sotib oluvchini yoki arendaga oluvchini topish singari majburiyatlar
bunga misol bo’la oladi.
Operatsion lizing (operation leasing) mulkning amortizatsiya davridan
kam bo’lgan muddatga to’ziladi. Shundan so’ng ob’ekt o’z egasiga
topshiriladi va u yana arendaga berilishi mumkin. Lizingning ikki xil usuli:
bevosita yoki to’g’ridan - to’g’ri lizing;qaytarma lizing (qaytib berish sharti
bilan).
Bevosita yoki to’g’ridan - to’g’ri lizingda lizing firmasi harid
qilinadigan mulkni 100 foiz moliyalashtiradi. Texnika vositasi
ishlatuvchiga bevosita keladi va u butun arenda muddati davomida lizing
firmasi bilan hisob - kitob qilib boradi. Qaytarma lizing esa oluvchining
asosiy vositalarini garovga qo’ygan holda qo’shimcha moliyaviy resurslar
olishni anglatadi. Uning mohiyati shundaki, lizing firmasi lizing oluvchidan
uning mol - mulkini sotib oladi va buni uning o’ziga ijaraga beradi. Bu
turdagi lizing jihozning barcha foydali xizmat muddatiga kiradi va unga
egalik huquqi lizing oluvchiga o’tishini nazarda to’tadi. Demak, tashkilot
bu turdagi lizingda lizing firmasiga o’z mol-mulkini garovga qo’yadi va
natijada moliyaviy resurslarga ega bo’ladi.
Lizing shartnomasi quyidagi shartlar asosida tuziladi:
144
1. Lizing muddati asosiy fondlarning xizmat muddatiga teng
bo’lganda;
2. Lizing to’lovi asosiy fondlarning qiymatini, kredit uchun foizni va
komission to’lovlarni o’z ichiga oladi;
3. Lizingga olingan jihoz uchun tavakkalchilikni (sinish, avariya,
bo’zilish) lizingga oluvchi o’z zimmasiga oladi;
4. Asosiy fondlar lizing firmasining mulki hisoblanadi;
5. Lizing muddati tugagandan so’ng, shartnoma asosida asosiy fondlar
lizing oluvchining mulki bo’lib qoladi.
Mahsulot yetkazib beruvchilar uchun lizing firmalari bilan hamkorlik
qilish mahsulot bozorining kengayishiga va yangi ilg’or texnologiyalarni
ishlatishga imkon beradi, bu esa o’z navbatida korxonaning moliyaviy
barqarorligini va kreditga layoqatliligini oshiradi.
G’aznachilik-Davlat buyujetining ijrosini va davlatdaromadlari va
xarajatlari hisobini olib borilishi hamda, davlat xarajatlarini moliyaviy
resurslarni yetarli bo’lishini ta’minlash uchun ma’sul bo’lgan maxsus
organdir. Davlat buyujetining g’azna ijrosi Davlat buyujetining barcha
daromadlarini yagona g’azna hisob varag’iga kiritishdan, davlat
buyujetining xarajatlarini shu xisobvaraqdan to’lashdan iborat. Yagona
g’azna hisobvarag’i G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank
hisobvarag’i bo’lib, unga davlat buyujeti mablag’lari hamda buyujet
tashkilotlarining buyujetdan tashqari mablag’lari kiritiladi.
Injiniring (inglizcha engineering) korxona va boshqa turdagi ob’ektlar
yaratish uchun mo’ljallangan injenerlik maslahatlari berishdir. Injiniring
biror - bir ob’ekt qurish yoki yangilik yaratish uchun ajratilgan kapitalning
samaradorligini oshirish uchun juda yaxshi quroldir. U xizmatlar
eksportining ma’lum bir usuli deb hisoblanilishi ham mumkin (masalan,
bilimlarni berish, texnologiya o’zatish yoki tajriba almashinish). Injiniring
alohida texnik - texnologik izlanishlarni amalga oshirish, texnik - iqtisodiy
hujjatlar tayyorlash, biznes - reja yozish, loyiha bilan bog’liq hujjatlar
tayyorlash, ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnologik jihozlarni ishlatish
va tayyor mahsulotni sotishni uyushtirish bo’yicha amaliy ishlarni o’z
ichiga oladi.
145
Transting (lotincha trans - nimadir orqali) - tadbirkorlik faoliyatiga jalb
qilingan boshlang’ich kapitaldan olingan foydani qimmatli qog’ozlar
bozoriga jalb qilgan holda ikkilamchi daromad olishni tashkil qilishdir. U
quyidagi holda amalga oshiriladi:
fuqarolardan pul mablag’lari yig’iladi;
yig’ilgan mablag’ga biror - bir turdagi foyda keltira oladigan ishlab
chiqarish yoki savdo tashkiloti tashkil qilinadi;
ushbu ishlab chiqarish yoki savdo tashkiloti tomonidan olingan
foyda hisobiga ushbu ishda ishtirok etayotganlar uchun aktsiya yoki boshqa
foyda olish mumkin bo’lgan qimmatbaho qog’ozlar sotib olinadi. Zarar
ko’rish ehtimolini kamaytirish uchun bir qancha hissadorlik jamiyatlarini
aktsiyalari sotib olinadi.
Shunday qilib, kompaniya o’zining bu ishga ajratgan mablag’idan ikki
tomonlama foyda olish imkoniga ega bo’ladi: bir tomondan ishlab
chiqarish yoki savdo tashkilotining foydasi ulushini va ikkinchi tomondan,
aktsiyalarga dividendlarni oladi.
Frenchayzing - tovar belgilariga yoki texnologiyalarga litsenziyalar
berish yoki sotish bilan bog’liq faoliyat turi. Bozorda katta obro’-e’tiborga
ega bo’lgan firma (frenchayzor) unchalik taniqli bo’lmagan firmaga
(frenchayziat) o’zining texnologiyasini va tovar belgisini ishlatgan holda
faoliyat ko’rsatish huquqini sotadi va buning uchun ma’lum miqdorda
haq/foyda oladi. Demak, frenchayzingning asosiy tamoyili frenchayzor
«nou - xau»sining frenchayziat kapitali bilan birgalikda bo’lishiga
erishishdir. Frenchayz - biznes bilan shug’ullanishga ruxsat beruvchi
litsenziya, ma’lum bir qiymatga ega bo’ladi. Frenchayzor - boshqa firmaga
o’zining tovar belgisi asosida ish yuritish huquqini beruvchi firma bo’lib, u
buning uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya oladi. Frenchayziat -
frenchayzordan uning tovar belgisi asosida faoliyat yurgizishga ruxsat
olgan firma. U tovar bilan bog’liq sifat standartlariga rioya qilishni o’z
zimmasiga olishi lozim bo’ladi.
Kichik
biznes
va
tadbirkorlik
korxonalari
O’zbekiston
Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan
soliqlar to’g’risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’moli
146
mollari ishlab chiqarishni rag’batlantirish maqsadida soliq tizimini
takomillashtirish to’g’risida”gi Qarorlariga muvofiq, davlat va mahalliy
byudjetlarga soliq to’lashi ko’satib o’tilgan. Bu soliqlarni joriy etishdan
ko’zlangan maqsad, davlat ijtimoiy kafolatlarining tadbirkorlik faoliyatini
tartibga solishdan, tabiiy boyliklardan tejab - tergab foydalanish va atrof -
muhitni muhofaza etishni rag’batlantirishdan iborat.
Davlatning byudjeti xarajatlarini soliq to’lovlari orqali ta’minlanadi.
Soliqlar 5 turga ko’ra guruhlanadi.
1.
Soliq solish ob’ektiga ko’ra – daromad solig’i, mulk solig’i,
xarajat solig’i.
2.
Soliq yig’ib olish usuliga ko’ra:
Dostları ilə paylaş: |