Buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/60
tarix10.02.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#100607
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (2)

Uyga vazifa
: Boshlang’ich sinflarda o’tkaziladigan ikki turdan iborat 
matematik olimpiada ( Bilimlar bellashuvi ) uchun savollar tayyorlash va 
o’tkazilish taxminiy sxemasini tuzish. 
Matematik konkursning o’tkazilish tartibi ishlanmasini ishlab chiqish. 
Namuna 
 
“Matematika – fanlar shohi” mavzusida tadbir senariysi. 
 
Tadbir o‘tkazilayotgan joy bayramona ruhda bezatiladi.
Devorda al-Xorazmiy surati aks ettirilib, uning atrofida matematika faniga 
doir so‘zlar yoziladi. Tadbir quvnoq musiqa sadolari bilan boshlanadi. Sahnaga 
milliy kiyingan ikki nafar o‘quvchi chiqib keladi.
1- boshlovchi:
Assalom, yurtimizning bilimga boy maskani! 
Assalom, ey ilm-u fanning sohib-u davronlari! 
Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari, 
Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari! 
2- boshlovchi:
Matematik tadbirda bo‘ling deymiz siz shodon,
Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror. 
Qiziq topshiriq, misol sizga bo‘lsin armug‘on, 
Bobomiz al-Xorazmiy ruhi bo‘lsin madadkor! 
1- boshlovchi:
Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, bilimga chanqoq 
o‘quvchilar! 
2- boshlovchi:
— Bugungi bayram tadbirimizni hisob-kitob ilmi — 
matematika faniga bag‘ishladik. 


1- boshlovchi:
— Tadbirimiz rang-barang she’r va quvnoq topshiriqlarga 
boy. 
2- boshlovchi:
— Qani, aziz tengdoshlar! Matematika fani bizga nimalarni 
o‘rgatar ekan? 
(Shu payt sahnaga 4- sinf o‘quvchilari chiqadi. Matematika fani haqida she’r 
o‘qib eshittiradi).
1- o‘quvchi:
— Matematika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib bilim, fan 
ma’nosini beradi. U aniq mantiqiy mushohada, hisoblash amallari bilan 
shug‘ullanadigan fandir. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə