Buxoro davlat universiteti


 Induksiya, deduksiya va analogiya metodlarining mohiyati



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/105
tarix12.05.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#86828
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (1)

3.3. Induksiya, deduksiya va analogiya metodlarining mohiyati 
Bu  uch  metod  yangi  bilimlarni  egallashning  asosida  yotuvchi  xulosalarning 
xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qilinadi. 
Induksiya  metodi  bilishning  shunday  yo‘liki,  bunda    o‘quvchining  fikri 
birlikdan  umumiylikka,  xususiy  xulosalardan  umumiy  xulosaga  o‘sib  boradi. 
Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir. Bu metoddan 
foydalanib  biror  qonuniyatni  ochish  yoki  qoidani  chiqarish  uchun    o‘qituvchi 
misollar, masalalar,  ko‘rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.Boshlang’ich 
1-2-sinflarda ko’proq mashg’ulotlar tushunarli induktiv tarzda kiritiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy bog‘liq holda deduksiya 
metodidan ham keng foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarning yangi o‘qitish dasturi 
talablariga  o‘tishi  munosabati  bilan  deduksiya  metodidan  foydalanish  chegaralari 
ancha  kengaydi.  Odatdagi  metodika  deyarli  induktiv  metoddan  foydalanishni, 
deduktiv metoddan foydalanishning cheklanganligini uqtirib turardi. 
Deduksiya  metodi  bilishning  shunday  yo‘liki,  bu  yo‘l  umumiyroq  bilimlar 
asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.   
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga 
o‘tishdir. 
Induktiv  va  deduktiv  xulosalarga  misollar  keltiramiz.  Birinchi  sinf 
o‘quvchilariga  yig‘indi  bilan  qo‘shiluvchi  orasidagi  bog‘lanishni  tushuntirish 
uchun bolalarni xulosaga induktiv yo‘l bilan olib kelamiz.  ko‘rsatmalilikdan (har 
xil doirachalardan) foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi topiladi (1 +2 
=3)  


Shundan keyin 1 ta qizil doiracha (birinchi qo‘shiluvchini  ifodalovchi) surib 
qo‘yiladi, bunda bolalar 2 ta  ko‘k doiracha ya’ni ikkinchi qo‘shiluvchi qolishiga 
ishonch  hosil  qilishadi.  (3  –  2  =  1)  Shundan  keyin  3  ta  doirachadan  2  ta    ko‘k 
doiracha  (ikkinchi  qo‘shiluvchini  ifodalovchi)  ayirilsa,  1  ta  qizil  doiracha,  ya’ni 
birinchi  qo‘shiluvchi  qolishiga  ishonch  hosil  qiladilar  (3  –1  =2).  Shundan  keyin 
boshqa  sonlar  hamda  boshqa    ko‘rsatmali  materiallar  bilan  bir  qatorda  shunday 
mashqlar  bajariladi  va  bolalarning  o‘zlari  ushbu  umumiy  xulosani  ifodalashadi: 
agar yig’indidan birinchi qo‘shiluvchi, ayirilsa, ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo’ladi, 
agar yig‘indidan ikkinchi qushiluvchi ayirilsa, birinchi qo‘shiluvchihosil bo’ladi.
 
Bolalar tomonidan induktiv yo‘l bilan chig‘arilgan xulosa 5,6,7,8,9 sonlarini 
ayirish qaralayotganda deduktiv mulohazalar yuritish uchun foydalaniladi. 
Analogiya  – 
shunday  xulosaki,  bunda  predmetlar  ba’zi  belgilarining 
o‘xshashligi      bo‘yicha  bu  predmetlar  boshqa  belgilari      bo‘yicha  ham  o‘xshash, 
degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya  “xususiydan xususiyga boradigan”, 
bir aniq ma’lumotdan boshqa aniq ma’lumotlarga boradigan xulosadir. 
Masalan, uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullarini  ko‘p 
xonali  sonlarni  qo‘shish  va  ayirishga  o‘tkazish  analogiya  usulini  qo‘llashga 
asoslangan.  Shu  maqsadda  metodik  adabiyotlarda    ko‘p  xonali  sonlarni  yozma 
qo‘shish  va  ayirish  bilan  tanishtirishda  shunday  misollarni  yechish  tavsiya 
qilinadiki,  bunda  har  bir  navbatdagi  misol  oldingisini  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan:      
1         126       4752      54752       837      6837       76837 
 +172    + 3246    +43246    - 425    - 2425     - 52425 
Bunday  misollarni  yechgandan  keyin    o‘quvchilarning  o‘zlari    ko‘p  xonali 
sonlarni  yozma  qo‘shish  va  ayirish  uch  xonali  sonlarni  yozma  qo‘shish  va 
ayirishdek bajariladi, deb xulosa chiqaradilar. 
 Yuqorida 
qaralgan 
metodlardan 
(induksiya, 
deduksiya, 
analogiya) 
foydalanishzamirida  analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksiyalash 
kabi aqliy operasiyalar yotadi. Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga 


yo‘naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli analiz deb ataladi.Predmetlar yoki hodisalar 
orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan tafakkur usuli sintez deb ataladi. 
100  sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor, degan savolga javob berishda  
o‘quvchilar  sonni  analiz  qilishadi.  Shu  so‘zlarga  amal  qilishadi  (ya’ni  noto‘la 
analiz o‘tkazishadi), bunday qilish esa  ko‘pincha xatoga, ya’ni xato sintezga olib 
keladi. 
Тaqqoslash  usuli  qaralayotgan  sonlar,  arifmetik  misollar,  masalalarning 
o‘xshash  va  farqli  alomatlarini  ajratishdan  iborat.Matematika  boshlang‘ich  kursi 
taqqoslash usulining qo‘llanilishi uchun katta imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni, 
ifodalar  va  sonlarni  taqqoslash;  ikkita  ifodani  taqqoslash;  masalalarni  taqqoslash 
va h.k.  
Yangi  matematika  tushunchalarni,  qonunlarni  tarkib  toptirishda  bolalar 
umumlashtirishga duch keladilar. 
Umumlashtirish  –  bu  o‘rganilayotgan  ob’ektlardan  umumiy  muhim 
tomonlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat. 
Bugungi amaliy mashg’ulotda talabalarni faollashtirish maqsadida  quyidagi 
savollarga javoblar  olinadi: 
1.
 
Metod nima? 
2.
 
O’qitish metodlari nima? 
3.
 
Qanday o’qitish metodlarini bilasiz? 
4.
 
O’qitish metodlarining darslarda qo’llanilishi haqida fikringiz? 
5.
 
Induksiya, deduksiya va analogiya qanday metodlar? 
 
Ushbu  amaliy  mashg’ulotdan  olgan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarini 
umumlashtirib quyidagi jadvalni to’ldiradilar. 
Bila
Bilmоqchiman 
Bilib оldim 


man 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə