Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Sortlarga ajratish
. Sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar va boshqa 
masalliqlar sortlarga ajratilganda ularning orasidagi vaxa bo‘lganlari, chirigan, qurt 
egan, ezilib ketgan va umuman eyish uchun yaroqsiz bo‘lib qolganlari ajratib 
tashlanadi. Don mahsulotlaridagi tosh va cho‘plarni terish, go‘shtdagi parda, bez 
va qon qoldiqlarini olib tashlash ham sortlarga ajratishga kiradi. Magazin va 
do‘konlarda sotiladigan har qanday mahsulotlar sortlarga ajratib sotiladigan 


bo‘lganliga uchun bunday mahsulotlarni tovalab o‘tirmasdan, yuviladiganini 
yuvish, archiladiganini archish uchun ajratish kifoya qiladi.
Yuvish.
Masalliqqa qarab taom retseptlarida (sovuq suv bilan, iliq suv bilan, 
issiq suv bilan, qaynoq suv bilan deb) aniq ko‘rsatilgan. Ishqalab yuvish, chayish, 
ivitish kabi usullarni ham teplili retseptlarda uchratasiz.
Archish.
Asosan sabzavot, meva va ba‘zi poliz ekinlariga xos tayyorlash 
usulidir. Archishda maxsulotning po‘sti va po‘stiga yopishgan xaslar tovalanadi. 
Ba‘zi sabzavot va mevalarning po‘stida foydali moddalar juda ko‘p bo‘ladi, 
shuning uchun ularni archimay, tozalab yuvib ishlatsa ham bo‘laveradi. 
Masallig‘ni archiganda etini qalin qilib kesib tashlamaslikka e’tibor berish lozim. 
Archishni yengillishtirish qilib, ya‘ni to‘g‘ri bajarish uchun masalliqlarni 
quyidagicha qilib, ya’ni sabzi, turp, bodiring va shu kabi masalliqlarni o‘zunasiga - 
uchidan bandi tomoniga qarab archiladi. Olma, sholg‘om kabi dumadoq yoki 
yalpoq maxsulotlar halqa qilib bandi tomonidan uchiga qarab archiladi. Ba‘zi 
maxsulotlar, masalan, shaftoli va po‘sti bilan pishirilgan kartoshka pichoqsiz 
archiladi. Ba‘zi bir maxsulotlarning faqat bandi bilan uchi kesiladi xolos, masalan, 
ko‘k piyoz, rediska va shu kabilar.
Chopish (qiymalash)
- Bu usul bilan asoan go‘sht tayyorlanadi. Buning 
uchun maxsus chopqi yoki oshpichoq va qiyma-taxta bo‘lishi kerak. Go‘shtni 
chopganda u juda mayda qismlarga bo‘linib, mushak va yog‘ hujayralari 
birikmasidan iborat massa - qiyma hosil bo‘ladi. Qiymalanayotgan go‘sht qismlari 
bir-biriga yaxshi ilashishi uchun suv yoki namakob bilan oz-oz ho‘llab turiladi. 
Go‘sht myasorubkada qiymalansa ancha osonlashadi va qiyma poqiva chiqadi. 
Ba’zi taom uchun, sabzavotlar ham qiymalanadi, cho‘nonchi: sho‘rvaga karam, 
somsaga piyoz va hoqazo, ammo, bu mahsulotlarni muyasorubkadan o‘tkazib 
bo‘lmaydi, ovqatni bemava qilib quyadi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə