Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Yarim tayyor go‘shtli mahsulotlar



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Yarim tayyor go‘shtli mahsulotlar 
Go‘shtli yarim fabrikatlar - bu har xil go‘sht turlaridan oshpazlikda 
ishlatishga tayyorlab qo‘yilgan masalliqdir. Bularga aholining talabi katta. Go‘sht 
turiga qarab mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shtli yarimfabrikatlar, shuningdek parranda 
go‘shtli yarimfabrikatlar bo‘ladi.


Go‘shtdan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanish usuliga 
qarab sof, urvoqqa belangan va qiymalangan turlarga bo‘linadi. Yarim tayyor 
mahsulotlarni tayyorlash jarayonida kesish, to‘qmoqchada urish, paychoqlarini bir 
oz kesish, urvoqda belash, ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash
marinadlash kabi ishlov berish jarayonlaridan o‘tkaziladi. Kesish go‘sht to‘qimasi 
holatiga qarab to‘g‘ri burchak yoki 40-45° burchak ostida kesiladi. Bunda 
porsiyalangan bo‘laklar yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi va deformatsiyalanishi kam 
bo‘ladi.
To‘qmoqchada urish.
Bo‘laklarga bo‘lingan go‘sht oldindan suvga 
bo‘ktirib qo‘yilgan to‘qmoqcha bilan uriladi. Bunda go‘shtdagi birlashtiruvchi 
to‘qima g‘ovakligi oshadi, go‘sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday 
tekislashib, bo‘lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’sir etish 
imkoniyati yaratiladi.
Paylarni bir oz kesish.
Paylari bir necha erdan kesiladi. Bundan maqsad 
porsiyalangan go‘shtga issiq ishlov berganda u o‘z shaklini saqlab qolishini 
ta‘minlashdir. Go‘shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug‘lanishini 
kamaytirish maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq 
ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Go‘shtni 
urvoqqa belashdan avval lezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga 
yaxshi yopishadi.
Shpiglash.
Go‘shtning ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash 
shpiglash deyiladi. Shpiglash natijasida go‘shtning sharbatdorligi, ta’mi va 
xushbo‘yligi oshadi.
Marinadlash.
Go‘shtlar porsiyalangan yoki mayda kesilgan holda 
marinadlanadi. Natijada go‘shtning birlashtiruvchi to‘qimalari yumshaydi, uning 
ta‘mi va xushbo‘yligi oshadi. Yarim tayyor mahsulot tayyorlashga tozalangan 
go‘sht bo‘lagi ishlatiladi. Yarim tayyor mahsulotlar yirik bo‘lak, porsiyaga 
bo‘lingan bo‘lak, mayda kesilgan bo‘laklarga ajratiladi. Yarim tayyor mahsulot 
tayyorlashda pushtimag‘iz uch qismga yo‘g‘on (bosh), o‘rta va ingichka (dum) 


qismlariga bo‘linadi. Har bir pushtimag‘izning har bir qismidan o‘ziga xos yarim 
tayyor mahsulot tayyorlanadi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə