Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi


SIM ZAGOTOVKALARNI BUKISH, to’g’rilash va REJALASН



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə25/28
tarix26.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#101537
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
5 – sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni (1)

SIM ZAGOTOVKALARNI BUKISH, to’g’rilash va REJALASН.


Ishning maқsadi.
O’quvchilarda simlarni bukish, to’g’rilash va rejalashga doir meҳnat malakasini takomillashtirish.
Slesarlik o’quv ustaxonasi mashғulotlarida turli simlardan foydalanilishi misolida O’quvchilarga simlar ҳar xil maқsadda ishlatilishi, bunda simlarning egilish, bukilish va to’ғrilanish xususiyatlarimuҳim aҳamiyatga ega ekanligi aytiladi. Simlardan ҳar xil shaklli buyumlar yasalishiga misollar keltiriladi.
Jumladan, maktab o’quv ustaxonasida simlardan ko’rsatmali қurollar, fizika o’quv xonasida o’tkaziladigan tajribalar uchun turli asboblar tayyorlash mumkinligi uқtiriladi.
Simlarni bukish va to’g’rilash ishlari avval o’rganilganini ta’kidlab, endi simlarni uchida halqa ҳosil қilish bilan shuғullanilishi aytiladi. Simlarning uchida halqa ҳosil қilish operastiyalari 1.40- rasmda ko’rsatilgan.



1
.40 – rasm. (Simli halqa yasash)

Simlarning diametri katta bo’lsa, ulardan yumaloқ jaғli ombur bilan halqa yasab bo’lmaydi. Bunda simning kerakli halqa diametrining o’lchamiga teng opravkaga sim o’raladi. Buning uchun bolғadan foydalanish ҳam mumkin.
SIMDAN TAYYORLANADIGAN BUYUMLAR


Prujina tayyorlash.
Prujinalar geometrik ko’rinishiga қarab stilindrik, konusli va spiral shaklidagi prujinalarga, ishlashiga қarab esa cho’zilib ta’sir etadigan prujinalarga bo’linadi.
Цilindr shaklidagi prujina ikki xil o’lchanadi. Agar prujina shtokka yoki sterjenga kiygiziladigan bo’lsa, uning ichki diametri o’lsanadi, prujina yasalgan vaқtda unga loyiқ diametrli opravka tanlash uchun ҳam prujinaning ichki diametrini bilish kerak. Agar prujina truba ichiga yoki biror teshikka joylashadigan bo’lsa, uning tashқi diametri o’lchanadi.
Prujina tayyorlashda uning қadamini ҳisobga olish lozim. Prujinani қadami va uning uzunligi bir-biridan farқ қiladi.
Prujinaning қadami deyilganda, ikkita o’ramining prujina o’qi bo’yicha o’lchangan o’rta chiziқ o’qlari orasidagi masofani, boshқacha қilib aytganda, prujina erkin ҳolatda turganda bitta o’ramning boshi bilan uchi o’rtasidagi masofani tushunamiz.
Prujinaning uzunligi deyilganda, prujinaning uchlari orasidagi masofani tushunamiz.
Pryjina tayyorlash uchun quyidagi formulani keltiramiz:


Bu erda:
L - simning uzunligi;
D - prujinaning o’rtacha diametri;
P - kuch;
d - simning diametri;
n - prujinaning o’ramlari soni;
R - prujina radiusi;
G - bir o’ramga to’ғri keladigan kuch;
f - bitta o’ramning uzunligi.
Prujinaning o’ramlar sonini ҳisoblaganda uning faqat ishlaydigan o’ramlarigina sanaladi. Siқilib etadigan va uchlari siқilmaydigan қoldirilgan prujinaning ishlaydigan o’ramlari soni aniқlanganda o’ramlarning umumiy sonidan ikkita o’ramini, ya’ni prujinaning ҳar tomonidan bitta o’ramini chiқarib tashlash kerak. Prujina o’ramlari va ularning ko’rinishlari 1.42–rasmda ko’rsatilgan.
Sinash ma’lumotlari quyidagi jadvalga yoziladi.


Simlarning xossalariga doir ma’lumotlar




Namunaning nomi



Simlarning xossalari

Kattikligi

Plastikligi

elastikligi

Xossalarni taqqoslash uchun belgilar

namunaning urilgandan keyingi ulchami

namunaning singunicha necha marta bo’tilgani

egilgan namunaning dast­labki holatiga kaytmay kolgan paytdagi chetlarining oraligi

1










2










3










Amaliy ish bajarishda qo`llaniladigan turli xil markadagi po`latlarning mexanik xossalari, kesish rejimlari, metrologik va boshqa ma`lumotlar to`g`risidagi axborotlar ilova jadvallarida keltirilgan.


Texnologik xaritalardagi ish chizmalarida yasaladigan buyumlarning texnologik qulayligi, y`ani buyumdan foydalanish sharoiti va texnik talablarning bajarilishi, uning yuqori sifatda chiqishi,qiyin ishlarning minimalligi va o`quv ustaxonalari sharoitida tayyorlash mumkinligi kabi alomatlari nazarga olingan.
Kasb-hunarga tayyorlash darslarida o’quvchilarni materialga qo`lda va mexanik ishlov berish texnologiyasi asoslariga o`rgatish bilan chegaralanamiz. O’quvchilarni progressiv ish usullari, ish o`rinlarini ratsional tashkil qilish bilan tanishtirishga katta ahamiyat beramiz. Bu vazifalarni hal etishda moslamalardan foydalanish pedagogik va iqtisodiy nuqtai-nazardan maqsadga muvofiqdir. Mos-lamalardan foydalanish o`quv ustaxonalarida quyudagi imkoniyatlarni yaratadi :

  • yuqori sifatli detallar tayyorlashni ;

  • ancha murakkab yoki sermehnat operatsiyalarni bajarishni ;

  • yasaladigan detallarda o`zaro almashinishni ta`minlashni ;

  • dastgohlarning texnologik imkoniyatlarini kengaytirishni ;

  • ishni mexanizatsiyalash ustunligini namoyish qilishni.

Moslamalardan foydalanishning ijobiy tomonlaridan biri bu texnologik imkoniyatlarning kengayishidir.Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun ishlarni mexanizatsiyalashning rolini tushuntirar ekanmiz, bu moslamalardan foydalanishni misollarda ko`rsatamiz. Chunki moslamalarni qo`llanilishi – bu mehnatni mexanizatsiyalash yo`lidagi dastlabki qadamdir.
Shunday qilib, o’quvchilarni progressiv ish usullari, ish o`rinlarini ratsionalizatsiyalash va xususan moslamalarni qo`llanishi bilan tanishtirish kasb ta`limi saviyasini oshiradi, o`quvchilarning mehnat qilish malakasi va mahoratini rivojlantirish imkonini beradi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə