Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti c-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning falsafa fanidan “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” mavzusida



Yüklə 424,8 Kb.
səhifə6/11
tarix09.04.2023
ölçüsü424,8 Kb.
#104822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
falsafa

. Global jarayonlar tasnifi

Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo‘lgan ikki harbiy-siyosiy blokning qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflanganikki qutblilik xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo‘lsa, sotsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o‘zgardi. So‘nggi yillarda milliy davlatlar faoliyati bilan bir qatorda xalqaro munosabatlarning yangi, «noan’anaviy» sub’ektlarining faolligi va ta’siri ham ancha o‘sdi. Bu sub’ektlar o‘z soni, moliyaviy imkoniyatlari va siyosiy ta’siriga ko‘ra ayrim davlatlar bilan bemalol bellasha oladi. Xalqaro munosabatlarning mazkur sub’ektlari orasida eng muhimlari hukumatlararo tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlar hisoblanadi. «YAshillar», «muqobillar», antiglobalistlar kabi ijtimoiy harakatlar ham keng dovruq qozondi.Globallashuvning serqirraligi madaniyat, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yasash bilan birqatorda axloq, xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlarga munosabat va mo‘ljallarda ham muhim o‘zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda o‘zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko‘paydi. Jahon hamjamiyati yangi ming yillik chegarasidan o‘tib, o‘z tarixiy rivojlanishining butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqich jahon ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarining tarqoqligi va parokandaligidan ularning birligi, yaxlitligi, yagonaligi va globalligiga o‘tish bilan tavsiflanadi.Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyattabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi. SHuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech qachon bo‘lmagan. Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya’niyashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Er deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo‘ydi. Bu to‘laanglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdirAyni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo‘lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas.


Yüklə 424,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə