Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti c-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning falsafa fanidan “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” mavzusida


Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati



Yüklə 424,8 Kb.
səhifə3/11
tarix09.04.2023
ölçüsü424,8 Kb.
#104822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
falsafa

Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati

XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkanhududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. SHutariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.SHunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «Evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi»1. SHu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siriga va G‘arbiy Evropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan er kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi.Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi.Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi.Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi.SHunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar o‘rtasida keskin kurash va ta’sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu pirovardda Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik sayyoraning birorta ham yirik davlatiga urushdan yoki hech bo‘lmasa uning ta’siri va oqibatlaridan butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e’tiboran tarix faqat Evropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, SHarqtarixi bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya’ni tom ma’nodagi jahon tarixiga ham aylanganidan dalolat beradi.1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va turli davlatlarning urushdan keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy belgilari:


Yüklə 424,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə