Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti c-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning falsafa fanidan “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” mavzusida


Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi



Yüklə 424,8 Kb.
səhifə11/11
tarix09.04.2023
ölçüsü424,8 Kb.
#104822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
falsafa

Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi.

CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o‘sishi, turli mamlakatlari jtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqalar tobora bo‘rtibroq namoyon bo‘la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o‘rin olib, qizg‘in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.Ko‘rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki o‘rinishlarning o‘ziyoq texnokratik tendensiyalarga zid bo‘lgan, keyinchalik «texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm», asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko‘rilgan holdir.Ko‘pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o‘z o‘tmishdoshlarini shafqatsiz ssientizmda, insonni fan va texnika quliga aylantirishga o‘rinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning yangi to‘lqini yuzaga kela boshladi. Bu to‘lqin ta’sirida paydo bo‘lgan g‘oyalar «aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o‘rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo‘lishining aybdorini topishga o‘rinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo‘yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g‘oyasi ham shubha ostiga olindi. O‘z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag‘riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo‘ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to‘xtatish» taklif qilindi.Rim klubi. YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o‘zining birinchi majlisiga yig‘ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O‘sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki insoniyat o‘zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o‘tirib, gugurt o‘ynayotgani»ni ko‘rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so‘zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o‘sish sur’atlariga doshberishga, insonning har qanday erkaliklarini ko‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O‘sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim» Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug‘ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralariniham nazarda tutadi;


moddiy o‘sish cheksiz darajada davom etishi mumkin emas; ijtimoiy rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendensiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendensiyalar saqlangan holda uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to‘xtamga keldilar. Bundan ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish, tobora ko‘payib borayotgan aholi
sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi.Ma’ruza jahonning ko‘plab tillariga o‘girildi va dunyo bo‘ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish g‘oyasi tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. So‘ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo‘ldi.Bu ma’ruzalar umuminsoniy muammolarning ko‘pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat olimlar va faylasuflar, balkisiyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi.Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson
imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarningo‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga,
olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida
o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan
vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetigava insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to‘g‘risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsada, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum. Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish uncha o‘rinli bo‘lmaydi. Zero, uning bosh vazifasi dunyoqarashnishakllantirish va shutariqa amaliy qarorlar ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsatishdan iborat
Uning vazifasi global muammolarning tabiiy-ilmiyva texnikaviy jihatlarini bevosita o‘rganishdan emas, balki
boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli echimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib,
masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular birbirini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot
avvalo global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Global muammolarni falsafiy anglab etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz.
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilaydigan muayyan mo‘ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o‘zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o‘rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lida jiddiy to‘siq hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaningmazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funksiyasi ayniqsa muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko‘maklashadi.Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o‘rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo‘l ko‘rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo‘lishi tasodif yoki insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qaramaqarshiliklarga to‘la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi.To‘rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendensiyasini, ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishdarajasini falsafiy nuqtai nazardan anglab etish imkonini beradi.Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog‘lamasdan echish mumkin emas.Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o‘sib borayotgan oqimida yanada aniqroq mo‘ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit ko‘rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi. Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendensiyalarini tushunish va anglab etishda ulkan rol o‘ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnikainqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi. Hozirgi davrning global muammolarini o‘rganishga nisbatan falsafiy yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o‘zini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz.
Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining ob’ektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.To‘rtinchidan, global muammolarning echilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global muammolarning boshqa bir qator xususiyatlari ham ko‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan farqli o‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan oldin zimdan va uzoq shakllanadi, echilishiga qarab esa (nazariy jihatdan) quyiroq darajaga tushib, dunyo miqyosida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Ammo tendensiyalarni teskari yo‘nalishda o‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini talab etuvchi o‘ta og‘ir ish bo‘lib, hali bunga erishilganicha yo‘q. Global muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga nafaqat ularning quyiroq darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma’lum emasligining sababi ana shundadir.Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi birbiriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini echish hech bo‘lmasa unga boshqa muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi.Global muammolar tasnifi. Global muammolarning keltirilgan mezonlari va o‘ziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan o‘zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi.Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning o‘ta keskin ziddiyatlarini kompleks o‘rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va ob’ektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash globalmuammolarning tizimli o‘zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga ko‘maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi.Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma’lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi.Hozirgi zamonda global muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning
barchasi ularning keskinlik darajasi va echimininga hamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o‘rtasida qanday sababiy bog‘lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat
hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi:Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi.Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog‘liqmuammolar ya’ni demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi
Yüklə 424,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə