Byudjet soliq sektori va uni tartibi


Daromadlar va xarajatlar tasnifi. Budjet balansi tushunchasi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə2/10
tarix23.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#157849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BYUDJET SOLIQ SEKTORI VA UNI TARTIBI

1. Daromadlar va xarajatlar tasnifi. Budjet balansi tushunchasi
Umuman olganda, davlat boshqaruv idoralari bajaradigan barcha operatsiyalar daromadlar va xarajatlar turlari bo‘yicha tasniflanadi. Asosiy tasnif iqtisodiy хarakterga ega bo‘lib, yalpi daromadlar va yalpi xarajatlar, joriy va kapital daromadlar va xarajatlarning yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Bu kategoriyalarning ichida soliqlar хo‘jalik faoliyatining soliqqa tortiladigan turiga ko‘ra guruhlansa, xarajatlar – ularning nima maqsadlarga mo‘ljallanganligiga ko‘ra, masalan, mudofa va maorif guruhlariga ajratiladi. Budjetni tahlil qilishda iqtisodiy tasnif funksional tasnifga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega.
Budjet balansining an’anaviy tushunchasi. Agar davlat idoralarining operatsiyalariga naqd pul harakati nuqtai nazaridan qaralsa, yalpi tushum har doim yalpi to‘lovlarga teng bo‘ladi va shuning uchun davlat idoralarining budjet hisoblari qaysidir ma’noda doimo balanslashgan bo‘ladi. Ammo, agar tahlil va qarorlar qabul qilish zarurligidan kelib chiqsak, bir tomondan asosiy e’tiborni tushumlar va grantlar, ikkinchi tomondan sof kreditlashni inobatga olgan holda xarajatlar orasidagi tafovutga qaratish maqsadga muvofiqdir. DMSda berilgan budjet balansining an’anaviy ta’rifida budjet balansi yalpi daromadlar bilan yalpi xarajatlar orasidagi farq sifatida хuddi shunday holatni ifodalaydi:
Umumiy kamomad/ijobiy saldo = (daromad + olingan transfertlar) –
(xarajatlar + qarzni to‘langandan so‘ng qolgan kreditlar).
Bu moddalar ”chiziq ustida” joylashadi. Qolgan barcha moddalar ”chiziq tagida”gi “moliyalashtirish” deb nomlanadigan moddalar tarkibiga kiradi va ular quyidagicha ifodalanadi:

Umumiy kamomad ijobiy saldo

Moliyalashtirish (qarzlar–
amortizatsiya)

naqd pullarning sof ko‘payishi.

Shunday qilib, davlat idoralarining davlat budjeti kamomadi daromadlar va grantlar summasidan oshiqcha sarflangan xarajatlar va sof kreditlash yig‘indisining bir qismi hisoblanadi. Budjet balansining bunday an’anaviy ta’rifi davlat idoralarining moliyaviy holatiga hamda u pul-kredit sohasi, ichki talab va to‘lov balansiga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur berganligi sababli g‘oyat katta ahamiyatga ega.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə