Byudjet soliq sektori va uni tartibi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə4/10
tarix23.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#157849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BYUDJET SOLIQ SEKTORI VA UNI TARTIBI

Operatsion kamomad/
ijobiy saldo
yoki

an’anaviy kamomad/
ijobiy saldo

foiz to‘lovlarining inflyasion qismi

Operatsion kamomad/
ijobiy saldo

an’anaviy kamomad/
ijobiy saldo

foiz to‘lovlarining real qismi

Kamomadni moliyalashtirish.
Davlat budjeti kamomadining makroiqtisodiy holatga ta’siri kamomadni moliyalashtirish хarakteri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqorida ko‘rsatilganidek, kamomadni quyidagi to‘rtta manba hisobiga moliyalashtirish mumkin: Markaziy bankdan qarz olish yoki emission moliyalashtirish, bank sektoridan qarz olish, bank bo‘lmagan sektordan qarz olish, tashqi dunyo sektoridan qarz olish yoki valyuta zahiralaridan foydalanish.
Keng ma’noda olib qaraganda, yuqorida ko‘rsatilgan barcha moliyalashtirish manbalari makroiqtisodiy disbalansga olib keladi: inflatsiyaga ta’sir qiluvchi ortiqcha pul massasi shakllanadi; tashqi qarz muammosini keskinlashtirib yuboruvchi haddan tashqari tashqi qarz hajmining oshib ketishi sodir bo‘ladi; valyuta zahiralari tugab, valyuta inqiroziga olib keladi; haddan tashqari ichki qarzlarning oshib ketishi real foiz stavkalari va davlat qarzini keskin oshishiga olib keladi. Biroq, amalda moliyalashtirishning muqobil usullari va ularning oqibatlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar juda murakkab bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat budjeti kamomadining salmoqli qismi naqd pulga aylanib, inflatsiyaning asosiy manbaiga aylanadi. Hukumatning real resurslarni pul emissiyasi hisobiga nazorat qilish qobiliyatini ba’zan ”emission daromad” deb nomlashadi. Ushbu tushuncha “inflatsion soliq” tushunchasi bilan uzviy bog‘langan.
Inflatsion soliq va emission daromadning ba’zi oqibatlari.
Hukumat xarajatlarni boshqa sektorlardan soliq tushumlarini oshirish, qarz olish yoki pul emissiyasi hisobiga moliyalashtirishi mumkin. Pul emissiyasi hisobiga olingan emisson daromad hukumat xohlagan miqdorda qog‘oz pullar chiqarish monopol huquqiga egaligidan kelib chiqadi. Pulni bosib chiqarishga ketgan xarajatlar nominal kupyura hisobiga sotib olinadigan resurslar qiymatidan ancha past bo‘lganligi sababli, hukumat pul bosib chiqarish evaziga emission daromad oladi. Hozirgi sharoitlarda banklar ham pul yaratib, daromad olish imkoniyatiga egalar. Demak, emission daromadni mamlakatdagi pul emitentlarini yalpi real resurslarining summasi sifatida aniqlash mumkin. Shartli ravishda emission daromadni (S) quyidagicha yozish mumkin:
yoki ,
bu yerda yoki foizlarda nominal pul zahiralarining o‘sishi, va .
Shunday qilib, emission daromadni boshqa sektorlardagi nominal pul qoldiqlarining (ДM) narх darajasi (R) orqali o‘zgarishi sifatida, yoki foizlardagi nominal pul hajmining () o‘sish sur’atini real pul hajmiga (m) ko‘paytirish orqali aniqlash mumkin.
Davlatning emisson daromadi (Sg) tabiiy ravishda faqat davlatning zahira pullari emissiyasini va yuqoriroq samarali pullarni (N) ifodalagani uchun umumiy emission daromaddan ancha kam bo‘ladi.
yoki ,
bu yerda , ya’ni foizlarda zahira pullarining qo‘shimcha o‘sish sur’ati.
Emissiya daromadini (S) “sof emissiya daromadi” va “inflatsion soliq” qismlarga ajratish mumkin:

yoki
S = real pul qoldiqlarining o‘zgarishi + inflatsiya darajasi *
* real naqd pul qoldiqlari hajmi,
yoki
S = sof emission daromad + infyatsion soliq,

  • m – emission daromadning bir qismi bo‘lib, real naqd pul qoldiqlarining o‘zgarish summasini anglatadi. U real iqtisodiy o‘sish yoki pulga talabning maqbul tarzda o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi;

  • emission daromadning inflatsion soliq qismi inflatsiya sur’atiga teng bo‘lib, soliq stavkasini (D) boshqa sektorlardagi naqd pulning real hajmiga (m), ya’ni soliqqa tortish bazasiga ko‘paytmasiga teng. Inflatsiya nolga teng bo‘lgan sharoitlarda inflatsion daromad ham, tabiiyki nolga teng bo‘ladi, ammo emission daromad naqd pullar real qoldiqlarining o‘sishi to‘хtab qolmasa, hamon kelib tushib turadi.

Aholining real pul qoldiqlariga talabi o‘zgarmasa, emission daromad inflatsion soliqqa teng bo‘ladi.
Boshqa sektorlar to‘laydigan inflatsion soliq hukumat to‘playdigan soliqdan ancha katta bo‘ladi. Boshqacha aytganda, davlatning budjet kamomadini qoplashda inflatsion soliq usulidan foydalanish siyosatini olib borishi natijasida boshqa sektorlarning majburiy xarajatlari hukumatning oladigan real resurslariga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Shu ma’noda inflatsion soliq juda samarasiz hisoblanadi.
Inflatsiya sur’atlari tezlashganda naqd pullarning real qoldiqlariga talab pasayadi, chunki boshqa sektorlar yuqori inflatsiya sharoitlariga moslashishga harakat qiladilar. Bunda ular shu jumladan, yuqori darajada soliqqa tortiladigan milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish usullaridan ham keng foydalanadilar.
Yuqori darajadagi inflatsiya sharoitlarida naqd pulning real qoldiqlarini qisqarishi inflatsion soliq bazasining qisqarishiga teng bo‘ladi. Soliqqa tortish bazasining bu tarzda qisqarishi hukumatni oldingi davrdagidek soliqni yig‘ib olishi uchun inflatsiyani (soliq stavkasini) oshirishga majbur qiladi.
Grafik ko‘rinishida emission daromad tarzidagi tushumlarni teskari o‘girilgan U-shaklida chizish mumkin. Inflatsiya oshib borgan sari emission daromad ham oshib boradi, ammo ma’lum bir nuqtada u maksimumga erishadi, undan so‘ng inflatsiyani oshib borgani bilan daromadlar pasayib boraveradi.
Ko‘pchilik sanoati rivojlangan mamlakatlarda emission daromadning maksimal miqdori YaIMning 1-2 foizini tashkil qiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa u 510 foizni tashkil qiladi.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə