C# dasturlash tili Tarixi



Yüklə 355,46 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü355,46 Kb.
#136816
1   2   3   4   5   6   7
1 mavzu. Tayyor. (2)

Eslab qoling, identifikator raqamdan boshlanishi mumkin emas. Demak, 12x identifikatorning nomi bo‘la olmas ekan. Garchi C#da identifikatorning nomi sifatida kalit so‘zlarni ishlatib bo‘lmasada, ularning oldiga @ belgisini qo‘yish bilan, uni ham identifikatorning nomi sifatida kalit so‘zlarni ham ishlatish mumkin bo‘ladi. Masalan, @for identifikator hisoblanadi. Aslida bu holatda for identifikator hisoblanadi, @ belgisi esa hisobga olinmaydi. Istisno tarzida maxsus maqsadlar uchun zarur bo‘lmasa, kalit so‘zlarni boshlang‘ich @ belgisi bilan ishlatish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, @ belgisini ixtiyoriy identifikator nomidan oldin qo‘yish mumkin, lekin uni maxsus zaruriyatsiz ishlatish tavsiya etilmaydi.
Identifikatorlarni alfavit harflaridan hosil qilish qoidasini qarab chiqamiz.

  • identifikatorning birinchi simvoli harf yoki “_” simvoli bo`lishi kerak;

  • keyingi simvollar harf, raqam va “_” simvolidan iborat bo`lishi mumkin;

  • identifikator uzunligi(simvollar soni) chegaralanmagan;

 C# da “_” simvolini identifikatorning birinchi simvoli sifatida ishlatish mumkin.
C# Izoh
Ba`zan dastur kodida shunday matnlarni yozishga to`g`ri keladiki, bu matnlar dastur kodini o`quvchi uchun mo`ljallangan izoh bo`lib, u kompilyator tomonidan inobatga olinmaydi. C# da buni ikki yo’l bilan bajarish mumkin:
/*simvollarni izohini boshlaydi.*/simvollari izohni tugatadi. Bu ko`p qatorli izohlarni hosil qilishda, dasturning bir qismini tahrir qilishda foydalanish mumkin. /* */ izohlar ichma-ich bo`lmaydi.
//simvollarni izohini boshlaydi. Izoh o`zi boshlangan qator oxirida tugaydi. Bu usul qisqa izohlarni hosil qilishda foydali.
namespace UzbekDevs
{
internal class Program
{
static void Main(string[] args)
{
double a, b;
Console.Write("a=");// Bu kod a ni ekranga chiqarib beradi
a = double.Parse(Console.ReadLine()); // Bu a ni kompyuterga o'qityapmiz
Console.Write("b=");// Bu kod b ni ekranga chiqarib beradi
b = double.Parse(Console.ReadLine()); //Bu b ni kompyuterga o'qityapmiz
double c = a + b; // Qo'shish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a+b=" +c);
double d = a - b; // Ayirish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a-b=" + d);
double e = a * b; // Ko'paytirish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a*b=" + e);
double f = a / b; // Bo'lish amalini bajaramiz
Console.WriteLine("a/b=" + f);
Console.ReadKey(); 
}
}
}
Mana bu misol orqali izohlar to’g’risida sizga ma’lumot berdik.Bu yerdan ko’rinib turibdiki, izoh komplatsiya qilinmas ekan.Endi sizga vazifa ushbu kodni natijasini o’zingiz olasiz.Natijani olish qanaqa bo’ladi? Siz birinchi dasturni komplatsiya qilasiz tugmasi orqali.Keyin a va b larga qiymat berasiz.Qiymat berganingizdan so’ng, tugmasini bosasiz va natija chiqadi. Biz sizga shunga o’xshash masalalarni o’zingiz mustaqil yechishni maslahat beramiz.Shunda sizda ko’nikma hosil bo’ladi. 

Yüklə 355,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə