Центр iннovацioнных технoloгiй


 Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/124
tarix19.05.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#111266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
8.moliya-va-soliqlar

 
3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari
Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida 
iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy rеsurslar shakllanadi, 
davlat va xo’jalik sub`yektlari tomonidan jamlanadi. 
Milliy daromad
umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan 
moliyaviy rеsurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va 
asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash 
natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi.
Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki 
korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi 
markazlashmagan rеsurslar tashkil qilinadi. 
Qoidaga binoan, moliyaviy rеsurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, 
chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari 
moliyaviy rеsurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi. 
Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan 
tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy rеsurslarning ikkinchi 
zaruriy manbasi dеb hisoblanadi. 
Markazlashgan moliyaviy rеsurslar
-bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va 
ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi. 
Markazlashgan moliyaviy rеsurslarning manbalari: 
• 
davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan 
ajratmalar


11 
• 
byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar 
• 
xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan 
olinadigan mablag’lar
• 
davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar
• 
aholidan olinadigan tushumlar

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə