|
![](/i/favi32.png) Central asian journal of education and innovationCAJEI0346
Page 27
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 3, Part 2 March 2023
www.in-academy.uz
axloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki
oilada maktab ta’limiga tayyorlash, unga qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va
malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish, bola hayotining
dastlabki davrlaridan boshlaboq ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa, ya’ni ota-ona
uchun ham qarz ham farzdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 30-sentyabrdagi PQ-3955-son
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil, 21-noyabr 2-MX
sonli buyrug‘i asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ish boshladi.
Kuzatuv kengashi raisi ota-onalardan, kengash kotibi maktab o‘qituvchilaridan, a’zolari
MTT pedagoglari, ota-onalar, mahalla vakillaridan tashkil topdi. Bu esa MTTning yanada
ravnaq topishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Kuzatuv kengashi MTTda bo‘ladigan ta’lim-tarbiya
jarayoni, uning moddiy texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan qo‘shimcha xizmat
turlari, bolalarni sifatli ovqatlantirishni, MTTdagi joriy ta’mirlash ishlarida, hattoki, MTT
rahbarini saylashda o‘z tavsiyasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalladagi kam ta’minlangan
oilalarni o‘rganib chiqib, ularning farzandlariga MTTda ta’lim-tarbiya olish imkonini yaratdi.
Bola tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga qattiq ta’sir ko‘rsatadi, uni
atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib
qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish
masalan, yumshoq o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynashi uchun o‘yinchoqlar
yasash, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov
shartlarini umumiy ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilish va ma’qullab olish kerak. Faol
ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham
maslahatlariga quloq tutmoq lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun
bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning
natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning
xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib
borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish kerak. Ota-onalarni maktabgacha ta’limga
jalb etish maqsadida turli xil to‘garaklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari,
guruhiy va umumiy ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga
sazovor holatlardir.
“Bolani qanday sevish kerak?”, “Bola hayotida kitob”, “Bugun biz nima bilan
shug‘ullandik”, “Ota-onalar burchagi”, “Maslahat va tavsiyalar”, Ko‘chma papkalar va
boshqalar”. Bundan tashqari ruhshunoslar tomonidan tashkil etilgan testlarga murojaat etish
ham foydadan holi emas. Masalan, “Biz qanday ota-onamiz?” (Test) “Farzandimizning
nihoyatda qiziquvchanligi” (Test).
Maktabga borish bola hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davri hisoblanadi. Mazkur davr
bilan bolaning rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bolaning oldingilardan farq qiladigan
faoliyat shakllarini o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarning
boshqa uslubini o‘rnatish, fiziologik jihatdan o‘zgarishi ham talab etiladi.
Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning tayyorgarligi qanday bo‘lishi kerak degan
|
|
|