Page 28
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 3, Part 2 March 2023
www.in-academy.uz
muhim savol yuzaga keladi.
Bolalarni maktabga muvoffaqiyatli o‘qishi uchun ularni fanlar bo‘yicha
mazmunli
tayyorgarligi muhim emas. Chunki uni haddan ziyod yuklatish o‘qishga bo‘lgan xohishni
susayishiga olib keladi.
Asosiysi, uni psixologik jihatdan maktabga tayyorgarligi,
bilishga
qiziqishi, o‘zini nazorat qila olish malakalarini, kommunikativ va ijodiy qobilyatlarini, nutqini,
xotirasini, diqqatini, tafakkurini rivojlanishining ma’lum darajasini shakllantirish lozimdir.
Ko‘rib turibmizki, bolalarni maktabga tayyorlash katta
yoki tayyorlov guruhlarida
emas, balki uning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan kunidanoq boshlanishi lozim. Agar
aniqroq aytadigan bo‘lsak, uni oldinroq ham boshlash lozim. Chunki bolaning diqqati,
qiziquvchan va ba’zi bir topshiriqlarni mustaqil qilishi qiyin bo‘lganidek,
uni qisqa muddat
ichida birgalikda qandaydir vazifalarni yechishga, kelishishga o‘rgatish
ham mushkul bir
vazifadir.
Bolalarni maktabga chiqishda ularning yuqori imkoniyatlari va muvafaqqiyatini
qanday ta’minlash mumkin?
Birinchi navbatda maktabga tayyorgarlik jarayonida o‘quv
faoliyatining maqsadli
yo‘nalishini o‘zgartirish lozimdir. Bola tafakkurini shakllantirishning bu bosqichida mazmunli
komponentlardan holi o‘laroq, rivojlantiruvchi komponentlar ustun turishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchilari va pedagoglarining hizmatlari har bir bolani
faoliyatga yo‘naltira olishga, predmet va hodisalarning hususiyatlarini tahlil qila olishga, ya’ni,
predmetlarni ko‘rsatilgan belgisi bo‘yicha tarqatish, farqini va umumiy hususiyatlarini ajrata
olishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Xulosa: Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bolani maktab ta’limiga
tayyorlashda MTT,
maktab, mahalla, oila hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga
erishish va oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar:
1.
“Bolangiz maktabga tayyormi?” O‘z. Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi,
Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.
2.
O‘.Otavaliyeva. Bola tarbiyasida bog‘cha va oila hamkorligi. T.:1994-y.
3.
Z.G’ofurov, S.Toshev. Ma’naviyat saboqlari. Qarshi. 1999-y.
4.
MTTda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash
bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.
5.
Buronova, S. (2021). Mahalla, oila va maktabgacha ta’lim
tashkiloti hamkorligining
ahamiyati. Maktabgachata’limjurnali.