Tashkiloti hamda oila hamkorligining ahamiyati



Yüklə 290,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.12.2023
ölçüsü290,81 Kb.
#149904
  1   2   3
7-1 (8) splitPDF Page133-135



“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 7-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
 
133 
TARBIYALANUVCHI HAYOTIDA MAKTABGACHA TA’LIM 
TASHKILOTI HAMDA OILA HAMKORLIGINING AHAMIYATI 
 
Ergasheva Fazilat Xonim qizi 
Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 12-DMTT tarbiyachisi
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi hamda oila 
hamkorligining bola tarbiyasidagi o’rni va roli haqida fikr bildirilgan. Shuningdek
mazkur hamkorlikning jajji farzandlarimiz kelajagiga ta’siri xususida so’z boradi. 
Kalit so’zlar: 
Maktabgacha ta’lim muassasasi, oila, hamkorlik, ta’lim, tarbiya, 
yosh davri, barkamol avlod, ijtimoiy muhit.
 
 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi 
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga 
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni 
voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi”, - deya ta’kidlagani bejiz emas, albatta. 
Bugungi 
kunda 
barchamizning 
asosiy 
vazifamiz 
barkamol 
avlodni 
tarbiyalashdir. Chunki O’zbekistonning ertangi kuni biz tarbiyalab kelayotgan yosh 
avlod qo’lida ekanligi barchamizga ayon. Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, ta’lim-
tarbiya muassasalari, balki mahalla ham ma’suldir. Chunki, farzand tarbiyasi ko‘p 
omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga ham bog‘liq. Ta’lim-tarbiya 
muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Bola tarbiyasida 
oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga katta ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofdagi hayotga 
moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan, 
balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Bugungi kunda barkamol inson tarbiyasi, bola 
tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan 
qurollantirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Milliy madaniyat, bola 
tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo’yicha 
yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan 



Yüklə 290,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə