Chervyakli uzatmalar


Tishli g’ildiraklarning konstruktiv ko’rinishlari



Yüklə 3,19 Mb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü3,19 Mb.
#146196
1   2
Mustaqil ish Chervyakli uzatmalar.

Tishli g’ildiraklarning konstruktiv ko’rinishlari.
Ayrim hollarda silindrik, konus tishli g’ildiraklardan tashqari turli shaklga va
tish shakliga ega bo’lgan gildiraklar ham qo’llaniladi, ular materiali hamda konstruktiv
xususiyatlari bilan bir biridan farqlanadi. Tishli g’ildirakning konstruktiv shakli va o’lchamlari uning tishlariga ta’sir etadigan zo’riqishlarga qog’liq, g’ildirakni tayyorlashda qo’yilgan talablar, ularni montaj qilishni hamda ishlatishni qulayligi, osonligi, yengil bo’lishini taqazo etadi. Tishli g’ildiraklar shtamplash(qoliplash), prokatlash(chig’irlash), quyish va payvandlash usullarida tayyorlanadi. Tishli g’ildiraklarni tayyorlashda po’lat, cho’yan, bronza va har xil polimer (plastmassalar) materiallardan foydalaniladi. Kichik diametrli silindrik tishli g’ildirak odatda yaxlit disk shaklida bo’lib, valga o’rnatish uchun teshik ochilgan bo’ladi (12-rasm, d va e). Agar g’ildirakning diametri yetarlicha katta bo’lsa, disk maxsus spitsa (kegay)lar bilan almashtiriladi.
Spitsalarning shakli turlicha bo’lishi mumkin. Spitsalarning ko’ndalang kesim shakli ham turlicha bo’lishi mumkin: yumaloq, ovalsimon, to’g’ri to’rtburchak, dvutavrsimon, krest(but)ga o’xshash (12-rasm, a).
Katta diametrga ega bo’lgan g’ildiraklar, montaj qilishni va ularni tayyorlash
texnologiyasini soddalashtirish maqsadida, boltlar yordamida biriktiriladigan ikkita
yarim gildiraklar ko’rinishida ham tayyorlanadi (12-rasm, a).
A gar konstruktsiyada ichki ilashishni qo’llash kerak bo’lsa, katta g’ildirak ichki
tishlar bilan yasaladi (12-rasm, b). Valni berilgan ma’lum bir burchakka burishda tishli
sector qo’llaniladi (12-rasm, c). G’ildirak tishlari to’g’ri (12-rasm, a, b, c), qiyshiq (12-rasm, d), shevronli (archasimon) va egri chiziqli (12-rasm, e, f). Umumiy terminlar, tishli uzatmalar elementlarining ta’rifi va belgilanishi GOST 16530-83 (ST SEV 3295-81) da belgilab qo’yilgan.


To’g’ri silindrik tishli g’ildirakning tasvirini chizish.
Tishli g’ildirakning chizish, g’ildirakning asosiy elem entlarining o’lchamlarini
hisoblashdan boshlanadi.
Berigan:
modul m = 8 mm,
tishlar soni z =30,
valning diametri DB =36 mm.
Bo’luvchi aylananing diametri d=mz=8∙30=240 mm,
tish cho’qqilarining diametri da=d+2ha=m(z+2)=8(30+2)=256 mm,
botiqlik diametri df=d–2hf=m(z–2,5)=8(30–2.5)=220 mm.
Chapdan ko’rinishini chizish uchun umumiy markazga ega bo’lgan uchta
aylanalarni chizamiz; da=256 mm, d=240 mm, df=220 mm (13-rasm).
Strelkalar bilan belgilangan tutashtirish chiziqlari yordamida frontal qirqimda
tishning chegaralarini aniqlaymiz.
G’ildirak elementlarining qolgan o’lchalarini hisoblaymiz:
tishli g‘ildirakning eni b=6m=6∙8=48 mm;
tish gardishining qalinligi e =2,5m =2,5∙8=20 mm;
g‘ildirak diskining qalinligi k=3m=3∙8=24 mm;
gupchakning tashqi diametri – dst=1,6 DB=1,6∙36=52 mm.

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə