Chervyakli uzatmalar



Yüklə 3,19 Mb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü3,19 Mb.
#146196
  1   2
Mustaqil ish Chervyakli uzatmalar.


Chervyakli uzatmalar.
Reja:

  1. Uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Tishli g’ildiraklarning konstruktiv ko’rinishlari.

  3. To’g’ri silindrik tishli g’ildirakning tasvirini chizish.


Uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar.
Turli mashina va mexanizmlarda aylanma harakat bir valdan ikkinchisiga turli xil detallar yordamida uzatiladi, bu detallarning jamlanmasi uzatma deb ataladi. Uzatmalar o’zlarining harakatiga qarab, ishqalanish (friktsion, tasmali) va ilashmali uzatmalarga bo’linadi.


Friktsion uzatmalar parallel vallar orasida joylashgan bo’lib, bir birini ma’lum


kush bilan siqib turuvchi ikki silindrik katokdan tashkil topgan (1-rasmdagi A). Agar vallar kesishadigan bo’lsa, konussimon friktsion katoklar qo’llaniladi (1-rasmdagi B). Aylanma harakat yetaklovchi katokdan yetaklanuvchiga ular orasida paydo bo’lgan ishqalanish kuchi yordamida uzatiladi.

Agar vallar orasidagi masofa nisbatan katta bо‘lsa, u holda aylanma harakat tasma yoki zanjir vositasida uzatiladi. Tasmali uzatmalar tasma orqali bog’langan yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan tashkil topgan bo’ladi (2-rasm). Shikivlarga tortib kiydirilgan bir yoki bir nechta tasmalar aylanma harakatni bir shkivdan ikkinchisiga uzatadi. 2-rasm.

Zanjirli uzatmalar - zanjirlar orqali bog’langan yetaklovchi va yetaklanuvchi tishli


g`ildiraklardan tashkil topgan bo’ladi (3-rasm).



Tishli uzatmalar parallel vallar orasida joylashgan bo’lib, silindrik tishli tashqi ilashmali (4-rasm, a) yoki ichki ilashmali (4-rasm, b) gildiraklarlardan tashkil topgan bo’ladi. Vallarning geometrik o’qlari kesishganda konussimon tishli g’idiraklar qo’llaniladi (5-rasm).

Reykali uzatmalar aylanma harakatni ilgarilanma (yoki teskarisi) harakatga aylantirish uchun xizmat qiladi u silindrik tishli g’ildirak va tishli reykadan tashkil topgan


Chervyakli uzatma vallarning o’qlari kesishmagan hollarda qo’llaniladi. Uzatma chervyak (trapetsiyasimon yoki boshqa turdagi rezbali vint) chervyak tishli g’ildirakdan tuzilgan (7-rasm). Xrapli mexanizmi (to’siqli mexanizm) tishli g’ildirak (xrapovik) va maxsus detal (kuchukcha)dan tuzilgan bo’lib, kuchukcha xrapovik tishlari orasiga kirib

aylanma harakatni bir tomonlama bo’lishini ta’minlaydi (8-rasm).



Tishli g’ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi haqida ba’zi ma’lumotlar Tishli g’ildiraklarni metal qirquvchi stanoklarda nusxa olish usuli yoki silliqlash (egish) usullarning birida tayyorlanadi. Nusxa olish usulida tayyorlashda tishlar orasidagi botiqliklar maxsus barmoqsimon (9-rasm, a) va disksimon (9-rasm, b) frezalar yordamida bajariladi.

Silliqlash usulida tayyorlanganda katta aniqlikka erishish mumkin (10-rasm)

Tishli uzatmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu uzatish g‘ildirak tishlarining о‘zaro ilashishidan hosil bо‘ladi. Tishli g‘ildiraklar aylanma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Shuning uchun tishli g‘ildiraklardan biri yetakchi, ikkinchisi yetaklanuvchi hisoblanib, bunda ikkalasining tishlari bir-biriga mos kelishi shart. Yetakchi va yetaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya’ni bir xil tezlik bilan harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bо‘lgan bir xil tishli g‘ildiraklar о‘rnatiladi. Agar yetaklanuvchi val yetakchi valga nisbatan sekinroq aylanish kerak bо‘lsa, u holda yetaklanuvchi valga tishlarning soni kо‘proq bо‘lgan tishli g‘ildiraklar о‘rnatiladi yoki aksincha. Bu yerda tishlarining soni kam bо‘lgan g‘ildirak shesternya, tishlarining soni kо‘proq bо‘lgani tishli g‘ildirak deyiladi.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallarning diametrik о‘qlari о‘zaro parallel bо‘lsa, u vaqtda aylanma harakat silindrik tishli g‘ildiraklar yordamida uzatiladi. Agar yetakchi va yetaklanuvchi vallarning diametrik о‘qlari о‘zaro kesishsa (tо‘g‘ri yoki о‘tmas burchak ostida), u holda harakat konussimon tishli g‘ildiraklar orqali uzatiladi. Mabodo vallarning diametrik о‘qlari о‘zaro ayqash (kesishmaydigan) bо‘lsa, aylanma harakat vint (chervyak) va chervyak g‘ildiragi orqali uzatiladi. Bordi-yu shesternyaning aylanma harakatini ilgarilanma harakatga о‘zgartirish lozim bо‘lsa, u vaqtda mexanizmga reyka о‘rnatiladi. Tishli g‘ildirak va shesternyalar tishlarning soni har xil bо‘lishiga qaramay, ularning modullari bir bо‘ladi.
Tishli g‘ildirakning tasnifi quyidagicha:
 tishlarning profiliga binoan:
-evolventasimon tishli;
-qavariq va botiq tishli (Novikov ilashmasi va sikloidali tishli).
 tishning turiga qarab:
-tо‘g‘ri tishli;
-qiyshiq tishli;
-shevronli;
-qiyshiq chiziqli;
 val о‘qlarining о‘zaro joylashishiga nisbatan:
-silindrik uzatmalar : tо‘g‘ri tishli; qiyshiq tishli; shevronli tishli;
- konussimon uzatmalar: tо‘g‘ri tishli; qiyshiq tishli; aylanma tishli; vintli;
chervyakli; gipoidli uzatmalar;
 g‘ildirakning aylana bо‘yicha tezligi:
- 0,5 -3 m/s gacha sekin harakatlanuvchi uzatma;
- 3 … 15 m/s gacha – o`rtacha harakatlanuvchi uzatma;
- 15 m/s dan katta bo`lsa tez harakatlanuvchi uzatma;
 himoyalanish darajasi bо‘yicha:
-ochiq joylashgan;
-vaqt-vaqti bilan moylanib turadigan;
-yopiq;
-doimo moylanib turadigan;
 ilashish usuli boyicha:
-ichki ilashmali;
-tashqi ilashmali;
-reykali ilashmali.
 o`zgartirib berish usuliga ko`ra:
-aylanma harakatni ilgarilama harakatga о‘zgartiruvchi;
-aylanma harakatni qaytma harakatga о‘zgartiruvchi bо‘ladi.
Tishli g’ildirakning asosisiy pametrlaridan biri- bo’luvchi aylana hisoblanadi uning diametrini d harfi bilan belgilanadi. Pt — ilashish qadami, bo’luvchi aylana yoyi bo’yicha ikki qo’shni tishlar orasidan o’lchab olingan yoy uzunligi, yani bo’luvchi aylana bo’ylab Pt masofa o’lchab qo’yib chiqilsa, u bo’luvchi aylanani z (tishlar soni) qisimga bo’ladi.
Tishli g’ildirak uchun bo’luvchi diametr har doim bir xil bo’ladi.
Bo’luvchi aylana tish balandligi h ni o’zaro teng bo’lmagan ikki qismga bo’ladi:
– tish kallagining balandligi – ha;
tish oyog‘ining balandligi – hf.
Tish gardishini tishlar cho’qqisining diametri (tishlarning tashqi diametri)– da va botiqlik diametri df ajratib turadi. Chizmalarda tish cho’qqilarining yuzasi va yasovchisini asosiy tutash chiziq bilan, cho’kish (botiqlik) yuzasi va yasovchisini tutash ingichka chiziq bilan,

bo’luvchi aylanani esa ingichka shtrixpunktir chiziq bilan ko’rsatiladi.(11-rasm, a)






Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə