Chilonzor tumani 164- umumiy oʻrta ta’lim maktabida navbatdan tashqari oʻtkazilgan / -sonli pedagogik kengash bayonnomasi



Yüklə 32,66 Kb.
səhifə1/3
tarix12.06.2023
ölçüsü32,66 Kb.
#116839
  1   2   3
PED.KENGASH VARIATIV 2022-2023


Chilonzor tumani 164- umumiy oʻrta ta’lim maktabida navbatdan tashqari oʻtkazilgan / -sonli pedagogik kengash bayonnomasi
O‘tkazilgan vaqti : 2022 -yil – Toshkent shahri
Qatnashdilar: Maktab direktori, maktab ma’muriyati va maktab pedagog jamoasi, kuzatuv kengashi a’zolari, 10-sinf ota-onalari jami: 152 nafar
Chilonzor tumani Xalq ta’limi boʻlimi tasarrufidagi 164-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining 72 nafari yigʻilishda ishtirok etayotganligi, yigʻilishni vakolatli deb hisoblash mumkinligi ma’lum qilindi. Yigʻilishni ochish toʻgʻrisida taklif bildirildi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Yigʻilish kun tartibi boʻyicha taklif kiritilib, 1ta masaladan iborat kun tartibi ma’qullandi.
KUN TARTIBI:
1-masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019—yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 13-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 149-sonli buyrug‘i hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarma boshlig‘ining 2022-yil 1-iyuldagi 212-sonli, Chilonzor tumani xalq ta’limi bo’limi mudirining 2022 yil 28 iyuldagi 163-sonli buyrug‘i asosida 164-maktabning 10-sinflarida variativ o‘quv rejalarini joriy etish.


ESHITILDI:

Kun tartibidagi masala yuzasidan 164-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘IBDO‘ V.V.Nazarova so‘zga chiqib yig‘ilish ishtirokchilarini, yig‘ilishga taklif etilganlarni hamda kun tartibidagi masalalarni tanishtirib o‘tdi.


Shundan so‘ng maktab direktori G.A.Latipova so‘zga chiqdi va yig‘ilishni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida to‘xtalib, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 13-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 149-sonli buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.
Variativ o‘quv reja 2022-2023 o‘quv yilida maktabning 10-sinflarida ochilishini ta’kidladi.
Variativ o‘quv reja quyidagi hollarda joriy qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
- o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa;
- variativ o‘quv reja bo‘yicha tegishli fandan dars berish uchun yetarli malaka va tajribaga ega o‘qituvchilar bo‘lmasa.
Variativ o‘quv rejani joriy qilish maqsadlari:

  • O‘quv jarayonini tashkil etishda o‘quvchining manfaatlarini inobatga olish;

  • O‘quv jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish;

  • O‘quvchilarning individual xohishlariga muvofiq variativ o‘quv rejalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish;

  • O‘quvchilar uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari mavjud fanlarni chuqur o‘rganishlariga sharoitlar yaratish.

Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari V.V.Nazarova so‘zga chiqib, Variativ o‘quv rejani joriy qilishda Tanlov sinfi uchun quyidagi yo‘nalishlar tavsiya etilganligini aytib o‘tdi.


  1. Yüklə 32,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə