Chirchiq davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti


Ilmiy tadqiqotlar olib borishning asosiy usullari



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə7/8
tarix10.04.2023
ölçüsü62,96 Kb.
#104987
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi

2.3. Ilmiy tadqiqotlar olib borishning asosiy usullari
Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ma’lum bir sistemaga va oldindan
ishlab chiqilgan rejaga asosan olib boriladi. Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan
maqsadga erishish aniq bir tadqiqot olib borish uslubiga tayangan holda va
unga asosan amalga oshiriladi.
Umuman tadqiqotlar olib borishda juda ko‘plab usullardan foydalaniladi.
Ulardan ayrimlari turli xil fan sohalarida foydalanilishi mumkin. Masalan,
matematik usullar, fanning turli sohalarida qo‘llanilsa, tenzometrik o‘lchash –
mexanikada, sistemali yondashuv, termodinamik usul – energetikada va
h.k.. Aniq usullar aniq bir obyektning mohiyatini o‘rganish, ko‘zlangan
ilmiy va amaliy muammoni yechish bilan bog‘liq tadqiqot obyektining
xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan,
energotexnologik jarayonlarda energiya tejamkorlik muammolarni yechishda
energetik balans tenglamasiga va energiyani saqlanish qonuniga asoslaniladi.
Elektromagnit jarayonlarini o‘rganishda Maksvel tenglamalar sistemasi va
elektrodinamika qonunlaridan foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab
chiqish va nazariy tomondan sistemalashtirishdan iborat inson faoliyati
sohasi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– ilmiy tushunchalar, tamoyillar va aksiomalar, ilmiy qonunlar,
nazariyalar va farazlar, empirik ilmiy faktlar, uslublar, usullar va tadqiqot
yo‘llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;
– bilimlarning mazkur tizimini yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan
insonlarning ilmiy ijodi;
– insonlar ijodining ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va ilmiy faoliyat
sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani.
Tadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi, ular o‘rganiladi va
sistemalashtiriladi, umumlashtiriladi, ma’lum bo‘lganlarni tushuntirish va
yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi ilmiy bilimlar mantiqiy
tuzilgan sistemalarni yaratish uchun ayrim qonuniyatlarni ochishdan iborat
bo‘ladi.
Tamoyil (postulat)lar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang‘ich holati
hisoblanadi, bular sistemalashtirishning boshlang‘ich shakli bo‘lib, ta’limot,
nazariya va h.k. (masalan, kvant mexanikasidagi Bor postulati, Yevklit
hodisasi aksiomalari va b.)lar asosida yotadi.
Ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shakli bo‘lib
ta’rif hisoblanadi. U mavjud obyektlar, jarayonlar va hodisalarni umum-
lashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon
beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tizimida ilmiy qonunlar muhim tarkibiy qism bo‘lib hisob-
lanadi, bular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va
takrorlanuvchi obyektiv ichki bog‘liqlikni aks ettiradi. Odatda ilmiy qonunlar
umumiy tushunchalar, kategoriyalar jumlasiga kiradi. Olimlar ilmiy natija
(ijobiy yoki salbiy)ga erishish vositasi sifatidagi daliliy materiallarga yetarlicha
ega bo‘lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar. Faraz ilmiy
taxmin bo‘lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli
ilmiy nazariya bo‘lish uchun asoslanishi lozim.
Fan masalalarni hal qilish omili bo‘lib, nazariyalar ishlab chiqish,
borliq obyektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va h.k.lar
hisoblanadi. Bular ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridir.
Umumiy usullar uch guruhga bo‘linadi:
– empirik tadqiqot usullari (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment);
– nazariy tadqiqot usullari (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.);
– empirik va nazariy tadqiqot usullari (tahlil va sintezlash, induksiya
va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash va b.).
Kuzatish – bilish usuli. Bunda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz
amalga oshiriladi. Mazkur holda faqat obyektning xossasi, uning o‘zgarish
tavsifi qayd etiladi va o‘lchanadi (masalan, elektr ta’minoti liniyani yil
mobaynida taqsimlash transformatoridan ajratib qo‘yilish sonini kuzatish,
elektr motorning bir yil mobaynida ishdan chiqish sonini kuzatish va
boshqalar). Tadqiqot natijalari real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari
va munosabatlari (bog‘liqliklari) xususida bizga ma’lumot beradi.
Bu natijalar sub’yektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog‘liq emas.
Qiyoslash – bilishning keng tarqalgan usuli, «barcha narsalar qiyoslan-
ganda bilinadi» tamoyiliga asoslanadi. Masalan,tuli seriyali elektr motorlarni
ishga tushish toki bo‘yicha taqqoslash. Qiyoslash natijasida bir qancha
obyektlar uchun umumiy va xos bo‘lgan jihatlar aniqlanadi. Bu ma’lumki,
qonuniyatlar va qonunlarni bilish yo‘lidagi birinchi qadamdir.
Qiyoslash samarali bo‘lishi uchun ikki asosiy talabga amal qilinishi
zarur:
– birinchidan, bunda o‘rtasida muayyan obyektiv umumiylik bo‘lishi
mumkin bo‘lgan obyektlargina taqqoslanishi kerak;
– ikkinchidan, obyektlarni taqqoslash ahamiyatli (bilish vazifasi sifatida)
xossalar, belgilar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim.
Qiyoslashdan farqli o‘laroq, o‘lchash bilishning ancha aniq vositasi
hisoblanadi. Bu usulning qimmati shundan iboratki, atrof borliqdagi obyekt-
lar haqida yuqori aniqlikka erishiladi. Ilmiy bilishning empirik jarayonida
o‘lchash, kuzatish va qiyoslashdagiga o‘xshashdir.
Eksperiment, empirik tadqiqotning yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullaridan
farqli o‘laroq ancha umumiy ilmiy qo‘yilgan tajriba hisoblanadi. Bunda
faqat kuzatib va o‘lchabgina qolinmay, balki obyekt yoki tadqiqot obyekti-
ning o‘zi mavjud bo‘lgan sharoit muayyan tarzda o‘zgartiriladi. Masalan,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish jarayoni eksperimental o‘rganilganda
quritish vaqti davomiyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quritish agentini
harorati, namligi va tezligi o‘zgartirilib jarayon o‘rganiladi.
Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarni boshqa yoki bosh-
qalarga ta’sirini aniqlash mumkin. Kuzatishdan farqli o‘laroq eksperiment
tajriba takrorlanishini ta’minlaydi, obyekt xususiyatini turli sharoitlarda
tadqiq etish va obyektni «sof holda» o‘rganishga imkon beradi.
Empirik tadqiqot usullari ilmiy bilishda muhim ahamiyatga ega. Ular
faqat farazni dalillash uchun asos bo‘libgina qolmay, balki ko‘pincha yangi
ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarning manbayi hamdir.
Empirik va nazariy tadqiqotlarda tahlil va sintez, deduksiya va induksiya,
abstraktlash kabi universal usullar keng qo‘llaniladi.
Tahlil usulining mohiyati tadqiqot obyektini fikran yoki xayolan tarkibiy
qismlarga ajratib uning xossalari va xususiyatlarini alohida ajratib o‘rga-
nishdan iboratdir. Masalan, elektr uskunalarning ekspluatatsion samara-
dorligini oshirish muammosiga oid tadqiqotlarda ularning puxtaligi, buzil-
masdan ishlashligi, ta’mirlashga yaroqliligi masalalari alohida o‘rganiladi
va natijalari asosida umumiy xulosalarga (yechimlarga) kelinadi. Mazkur
holda obyektning ayrim unsurlarining mohiyati, ularning bog‘liqligi va
o‘zaro ta’siri o‘rganiladi.
Tahlildan farqli o‘laroq sintez tadqiqot obyektini yaxlit bir butun sifatida
qismlarining birligi va o‘zaro bog‘liqligida bilishdan iboratdir. Masalan,
mahsulotlarni quritish jarayoni davomiyligini o‘rganishda unga ta’sir
ko‘rsatuvchi faktorlar issiqlik agenti temperaturasi, namligi, tezligi ta’sirlarini
alohida o‘rganib ularni umumiy ta’siri haqida xulosa qilish. Analizdan
keyin sintez o‘tkaziladi va ma’lum bir gipotezalar yaratiladi.
Tahlil va sintez usullari bir-biri bilan bog‘liq va ilmiy-tadqiqot vaqtida
biri ikkinchisini to‘ldiradi. Ular o‘rganilayotgan obyektning xossasi va
tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda turli shakllarda qo‘llanilishi mumkin.
Empirik, unsuriy-nazariy, tuzilmaviy-genetik tahlil va sintez mavjuddir.
Empirik tahlil va sintez obyekt bilan yuzaki tanishishda qo‘llaniladi.
Bu holda obyektning ayrim qismlari ajratiladi, uning xususiyatlari aniqlanadi,
oddiy o‘lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalarni qayd etish amalga
oshiriladi. Tahlil va sintezning bunday shakli tadqiqot obyektini o‘rganishga
imkon beradi, lekin bularning mohiyatini ochish uchun kamlik qiladi.
Tadqiq etilayotgan obyekt mohiyatini o‘rganish uchun gumanitar-nazariy
tahlil va sintezdan foydalaniladi.
Tadqiq etilayotgan obyekt mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun
tuzilmaviy genetik tahlil va sintez imkon beradi. Tahlil va sintezning
bunday shaklida tadqiqot obyekti mohiyatining barcha tomonlariga asosiy
ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim unsurlar ajratiladi.
Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda mantiqiy
xulosalashda o‘ziga xos «tahlil va sintez» hisoblanadi. Deduksiya umumiydan
xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. Masalan, temir, qalay
va misning issiqdan kengayishi tajribada aniqlanib, unga asoslanib barcha
metallar issiqdan kengayadi, degan xulosaga kelishdir. Bu usul matematika
va mexanikada umumiy qonunlar yoki aksiomalarda xususiy bog‘liqliklar
chiqarilayotganda keng qo‘llaniladi. Deduksiyaga qarama-qarshi bo‘lib
induksiya hisoblanadi. Bu ikki usul ham tahlil va sintez usullari singari
ilmiy-tadqiqotda bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.
Empirik va nazariy tadqiqotlarda yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullardan
tashqari abstraktlashtirish usuli ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy abstraksiyalash
– obyektni mavhumlashtirish, uning ichki jarayonlarini hisobga olmay
moddiy nuqta yoki sodda shaklda o‘rganishdir. Bu usulning mohiyati
shundaki, tadqiq etilayotgan obyekt ahamiyatsiz tomonlari, qismlaridan
ajratib olishdan iboratdir, bu uning mohiyatini ochib beruvchi xossalarini
ajratish maqsadida qilinadi.
Abstraksiyalash yordamida boshqa hodisa kontekstidan fikran ajratilgan
fikrlashning umumlashtirilgan natijalari shakllanadi, bu ular o‘zaro bog‘-
liqligini kuzatishga imkon beradi. Abstrakt fikrlash ijodiy yondashishning
zaruriy shartlaridandir.
Matematik abstraktlash ilmiy-tadqiqot – formallashtirish usulining asosi
hisoblanadi. Formalizatsiyalash – tadqiqot olib borilayotgan (o‘rgani-
layotgan) obyektni, jarayonni, voqelikni matematik ifodalar bilan tasvirlash
yoki matematik abstraksiyalashdir. Mazkur holda obyektning e’tiborli
tomonlari (xossasi, belgisi, bog‘liqligi) matematik termin va tenglamalarda
ifodalanadi, bular bilan keyinchalik ma’lum qoida bo‘yicha amallar bajariladi.
Modellashtirish – tadqiqot obyektining ayrim xususiyatlari va belgilarini
o‘rganish uchun unga o‘xshash analogik qulay obyektda (modelda) o‘rganish
usuli bo‘lib texnika, energetika sohasida fizik va analitik usullar ko‘proq
qo‘llaniladi. Modellashtirish fizik va matematik bo‘ladi. Model ko‘rsatkich-
larini tahlil qilib obyekt haqida xulosaga kelinadi. Buning mohiyati tadqiqot
obyekti (asli)ni uning asosiy xossalarini ifodalovchi sun’iy sistema (model)
bilan almashtirishdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotdagi modellashtirish haqida
kitobning 3 bobida to‘liq to‘xtalib o‘tiladi.
Nazariy tadqiqot ko‘pincha mavhumdan konkretga borish usuliga
asoslanadi. Mazkur holda bilish jarayoni ikki nisbatan mustaqil bosqichga
ajraladi.
Birinchi bosqichda konkretdan uning abstrakt ifodalangan haqiqiysiga
o‘tiladi. Tadqiqot obyekti qismlarga ajratiladi va ko‘plab tushuncha va mulo-
hazalar yordamida tavsiflanadi, ya’ni u fikriy qayd etilgan mavhumlar maj-
muyiga aylanadi. Bu – abstraksiya darajasida tadqiqot obyektining tahlilidir.
Keyinchalik, bilishning ikkinchi bosqichida abstraktdan konkretga borish
amalga oshiriladi. Bunda tadqiqot obyektining yaxlitligi tiklanadi (sintez),
lekin tafakkurda.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, yuqorida ko‘rib o‘tilgan ilmiy bilish usullari
qoidaga ko‘ra birgalikda, bir-birlarini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi.
Bilish mantiqi ahamiyatli bo‘lgan, barqaror takrorlanuvchi va ayrimlikni
aniqlash jarayoni sifatida tasavvur etiladi, bu o‘rganilayotgan obyektni bosh-
qalardan farqlaydi.
Bilish jarayonida tirik mushohadadan abstrakt fikrlashga va undan ama-
liyotga o‘tish umumiy texnologiyasiga rioya etish muhimdir.
Shunday qilib, fan sohasi to‘xtovsiz rivojlanayotgan bilimlar insonlar
va muassasalarning ana shu ijodiyotni ta’minlovchi ilmiy ijodlarini o‘z
ichiga oladi. Ilmiy bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishning
oliy shakli bo‘lib nazariya hisoblanadi. U ilmiy tamoyillar va qonunlar,
tadqiqot usullarini ifoda etadi. Tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi:
– empirik tadqiqotlar (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment usullari);
– nazariy tadqiqot (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.) usullari;
– empirik va nazariy tadqiqotlar (tahlil va sintez, induksiya va deduksiya,
modellashtirish, mavhumlashtirish va b.) usullari.
Olimlar ilmiy natija (ijobiy yoki salbiy)ga erishish vositasi sifatida
yetarlicha faktik materiallarga ega bo‘lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan
foydalanadilar, bu o‘z navbatida tajribada sinab ko‘rish va nazariy asoslashni
talab etadi.


Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə