Chirchiq davlat pedagogika instituti


Navoiy asarlarida “Majoz tariqi” va



Yüklə 175,86 Kb.
səhifə13/14
tarix23.12.2023
ölçüsü175,86 Kb.
#156650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

Navoiy asarlarida “Majoz tariqi” va 
Tavhid mohiyatining yangicha  talqini masalalari 
Ilohiy kitoblar orqali insoniyatga ayon etilgan tavhid haqiqati tasavvuf 
ta’limoti tufayli inson ruhining mulkiga
aylandi. Buyuk co‘fiy shayxlari avvalo 
insonga o‘zligini anglab etishni o‘rgatdilar.
Tasavvuf tarixiy takomil jarayonida 
turli bosqichlarni bosib o‘tib, XIV asr Naqshbandiya tariqati timsolida yana solikni 
xalqqa, hayotga qaytardi, faqat endi so‘fiy o‘zligini, Haqni anglab etgan, dilini 
xudbinlik zangidan poklab, “Haqiqat asrorining ganjinasi”ga aylantirgan holda 
hayotga qaytib keldi. U endi o‘z shaxsiy manfaatlari uchun emas, balki Haq uchun, 
xolis Alloh yo‘lida moddiy hayot voqeligida faol qatnasha boshladi. Abdurahmon 
Jomiy, Xoja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam kabi ulug‘ so‘fiy shayxlari siyosiy va 
ijtimoiy hayotda yuksak mavqe kasb etdilar. Maxdumi A’zam siyosatga oid qator 
risolalar yaratdi. 
Sobiq sho‘rolar davrida marksistlar o‘zlaridan oldin o‘tgan barcha insonlarni, 
ular qanchalik ulug‘ bo‘lmasin, baribir dunyoqarashi cheklangan deb hisoblab
keldilar. Sobiq sho‘rolar davrida o‘tmish allomalarning butun “xizmati” kelajakda 
yaratilajak “dialektik materializm” nazariyasiga qanchalik muvofiq fikr 
yuritganliklari bilan belgilandi. Agar nomuvofiq bo‘lsa, demak, “reaksion”. 
Ular nazarida, o‘tmishning eng “progressiv” allomalari ham, ayniqsa SHarqdan
bo‘lsa, “sinflar kurashining” mohiyatiga etib bormagan. Jumladan,”sotsialistik realizmnazariyotchilari Alisher Navoiy tafakkurini ham bu qusurdan xoli
emas, deb hisoblashgan. U “zolim podshohlar” va “riyokor shayxlar” 
ni qoralagani nihoyatda “progressiv” hodisa sanalsada, ammo jamiyatdagi 
ikki muxolif sinf, deylik, feodallar va dehqonlar orasidagi “murosasiz ziddiyat”ni to‘g‘ri ochib bera olmagani buyuk shoir tafakkuridagi noqislik sifatida baholangan. Aslida aqlimizni peshlab, insonlar jamiyatini Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz tushunganidek tushunsak edi allaqachonlar ko‘p muammolarimiz echilgan bo‘lur edi. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merostuganmas xazinadir. Ularda nafaqat bir inson, balki butun insoniyat o‘tmishi, buguni va kelajagi yaxlit namoyon bo‘lgan.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashini voqelik mohiyatining o‘zak qonuni 
sifatida idrok etilishi barcha narsa-hodisalar mohiyatini juftlikda ko‘rib, ularni 
albatta bir-biri bilan cheksiz kurash holatida tasavvur qilishga olib keladi. 
Nazariyada, albatta, zid tomonlar bir -birini taqozo qilishi tan olinadi, ammo inson 
faol zot, u bir ishni boshlasa, nihoyasiga etkazmay qo‘ymaydi: hayotning mohiyati 
kurashmi - demak, kurashni boshlab, oxirigacha olib borish kerak, ya’ni muxolifni 
butkul mahv etish (yo‘q qilib tashlash) kerak. Agar muxolif tomon kurashni 
hayotning mohiyati deb bilmasa, badtar bo‘lsin, uni engish qaytaga osonroq.
Fuqarolar jamiyatining asosiy xususiyati - ijtimoiy uyg‘unlikdir. Ijtimoiy 
uyg‘unlik esa insonlarning bir-birini tushunishi bilan bo‘ladi. Kommunistik 
g‘oyaning eng katta kamchiligi ham turli ijtimoiy toifalar tabiatidagi o‘ziga 
xosliklarni anglab etishga hafsala qilmay, murakkab voqelikni faqat ikki sinf 
orasidagi ayovsiz kurash sifatida talqin etganligi bo‘ldi.
Asli hayotda sinflar emas, turli ijtimoiy toifalar mavjud. Ularning har biri 
jamiyatda o‘z aniq maqom va mavqeiga ega. Shunga yarasha har birining
tabiati, ehtiyojlari, burch va vazifalari, o‘z ma’naviy olami mavjud. Alisher 
Navoiyning “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” asarlariga murojaat qilsak, bunga 
yaqqol ishonch hosil qilamiz. 
“Lison ut-tayr” badiiy asar, shu sababli undagi g‘oya ilmiy tahlil emas, 
ramziy ishoralar vositasida bayon etilgan. O‘ttiz qush (Simurg‘) timsoli 
jamiyatdagi ijtimoiy toifalarning ko‘pligi va rang-barangligiga ishora. Ular 
barchasi bir bo‘lib, yaxlit voqelikni tashkil etadi. Navoiy “Mahbub ul-qulub” da bu 
qarashni bevosita, ochiq ijtimoiy tahlil orqali ifodalagan. Unda o‘sha davr 
jamiyatiga xos qirq toifaga ta’rif beriladi va ularning turli jihatlari mukamma
tavsiflanadi. Har birining tabiatidagi fazilat va qusurlar xolis ochib tashlanadi.

Turkiy tildagi mumtoz adabiyot ijtimoiy masalalarga doimo jiddiy e’tibor 


berib kelgan. Biz toshbitiklar va Yusuf Xos Hojib asaridan buni yaxshi bilamiz. 
Ammo Nizomiy “Xamsa”sidan boshlangan badiiy tafakkurning murakkab 
izlanishlari ijtimoiy mavzuni - davlat, jamiyat va shaxs ma’naviyati orasidan 
uyg‘unlik masalasini benihoya teran tahlil qilib berdi va bu tahlil Alisher Navoiy 
ijodiga kelib aytish mumkinki, bir millat yoki mintaqa emas, xatto jahon ahl
ma’naviyati rivojida butkul yangi, yuksak kamolot bosqichini mukammal 
namoyon qildi. Navoiyning butun merosi devonlaridagi g‘azal, qit’a, qasida, 
tarje’band va soqiynomalar, dostonlari va nasriy asarlari, ilmiy ijodi - barchasi 
yaxlit bir manzara - Navoiy davridan bir necha asrlar keyin - bizning zamonamizda 
voqelikka aylanishi mumkin bo‘lgan Yangi bir ijtimoiy - ma’naviy uyg‘unlikdan 
bashorat qiladi. Qonun ustuvorligiga asoslangan, haqiqiy fuqarolar jamiyati desa 
arziydigan, tom ma’noda ijtimoiy adolat va xalq hokimiyati amal qilayotgan, 
davlat, jamiyat, xalq ma’naviyatining yuksak uyg‘unligi asoslari bundan 500 yil 
ilgari shu daraja yorqin tasavvur etilgani va badiiy ifodalab berilgani insonni 
hayratga solmay iloji yo‘q.
Navoiy yaratgan uyg‘un jamiyat manzarasi qanday belgilarga ega? 
Avvalo, bu manzara xayoliy (utopik) emas, voqe’ asosga qurilgan manzaradir. 
Ikkinchidan, bu manzara moddiy tenglik va behisob to‘kinchilik holati emas, 
ma’naviy voqelikdir. Uchinchidan, Navoiy yaratgan ijtimoiy-ma’naviy uyg‘unlik 
manzarasi zo‘rlik, muayyan kichik bir guruhning zo‘ravonligi yo‘li bilan 
joriy etilgan majburiy tenglik jamoasi emas, umumbashariyatning cheksiz 
adashuvlar, og‘ir mashaqqat va iztiroblararo necha asrlar davomida
asta-sekin va ixtiyoriy erishgan ma’naviy kamolot holatidir. 
Unda hali ham adashuvlar, qiyinchiliklar, iztiroblar, yo‘qotishlar bo‘lishi
mumkin, ammo bahamjihatlik, insonlarning bir-birini tushunishga intilishi
oxir-natijada g‘olib chiqish ehtimoli kengaygan, shunga muvofiq ma’naviy
muhit shakllangan. Bu jamiyatda mulkdor ham bor, mulksiz 
ham, ammo har ikkovi ham o‘z ixtiyori bilan ushbu holatni kasb etgan. 
Bu jamiyatning har bir a’zosi o‘zligini anglab etgan, o‘z mavqeiga ega: davlat 
arbobi ham, olim ham, dehqon ham, savdogar ham; go‘dak ham, keksa ham; erkak 
ham, ayol ham. Hech kim bir-biriga xasad qilmaydi, qo‘lidan kelmagan yumushga 
da’vo qilmaydi, o‘z yukini boshqaga ag‘darmaydi, ko‘tara olmaydigan yukni 
elkaga olishga behuda urinmaydi. 
Chunki insonlarda borliqning Oliy Haqiqatini tushunish bor, unga cheksiz 
intilish bor, nafaqat aql, balki butun vujud bilan, butun ehtiros bilan anglab etilgan 
imon, e’tiqod bor. Bu e’tiqod barchada bir xil tusda emas, ya’ni yagona 
mafkuraning yalpi hukmronligi tarzida emas, balki o‘zaro mehr, bir-birini 
tushunish va Haqqa intilishdagi samimiyat zaminida shakllangandir. Rioya, 
andisha, mehr-oqibat, hilm (muomalada halimlik), sabr-toqat va Oliy Haqiqat 
oldidagi mas’uliyat hissi ushbu e’tiqodning mevalaridir. Bu jamiyat kishilari 
go‘zallikka intiladilar, ammo poklikka xiyonat etmaydilar; fidoiylikka ular
qodir, ammo mutaassiblik ularga begona; har bir kishiga yuksak ehtirom
bilan yondoshadilar, ammo hech kimga tilyog‘lamalik qilmaydilar; har bir
shaxs o‘z qadrini biladi, ammo takabburlikni bilmaydi; ular har biri o‘z e’tiqodiga sodiq, ammo birovni nodon deb o‘ylamaydi, ular qalbida ehtiros jo‘sh 
uradi, ammo ular ehtiroslarning quli emas; ular aqlli, ammo makkorlikdan or qiladilar. Bunday xislatlarni cheksiz sanash mumkin, ammo Navoiy yaratgan bu manzarani yaqqol
ko‘rish uchun nima talab etiladi, shoir o‘zi bu darajada bashoratga qanday erisha 
olgan? - degan savol tug‘ilishi mumkin. Sababi bitta - barcha salaflari singari 
Alisher Navoiy ham o‘zidan oldin yaratilgan buyuk ma’naviy merosni 
imkoni darajasida mukammal o‘zlashtirgan, faqat aqli bilan emas, butun 
vujudi, borligi bilan, mehru samimiyati bilan o‘zlashtirgan, but imon, e’tiqod bilan Haqiqatni izlagan va Haqiqat unga yuz ochgan. Bu Allohning inoyati insonning samimiyati, o‘zligini anglashga cheksiz intilishi tufaylidir. Kimki ixlos bilan, imon va e’tiqod bilan, ezgu niyat bilan milliy va umumbashariy ma’naviy merosni o‘rganishga, uning mag‘zini anglab etishga urinsa, inshoolloh, unga ham Haqiqat jamoli nasib bo‘lgusidir. Ko‘pincha biz inson yaratuvchi deb gapiramiz, asli yagona yaratuvchi, ya’ni yo‘qdan bor qiluvchi Alloh taolodir, insonga esa Alloh yaratgan moddiy ashyolarni qayta ishlab o‘zgartirish qobiliyati berilgan. Navoiy nazdida, dunyoni obod qilishning ibtidosi ziroatdadir. “Mahbub ul-qulub”ning bosh va suyukli 
qahramonlari, bizning tasavvurimizga ko‘ra, shoh va cultonlar, munajjim va 
voizlar emas, balki dehqon va darveshdir: “Dehqonki, dona sochar, erni yormoq bila rizq yo‘lin ochar...”Dunyoga dil ko‘zi bilan qarashni o‘rgangan
shoir dehqonni Odam atoga, o‘zgalarni uning qaramog‘idagi farzandlarga o‘xshatadi, olamning obodligini dehqon mehnatidan deb hisoblaydi. Tabiatdagi juda ko‘p jonzotlar ham dehqon mehnati samaralaridan bahramand bo‘ladilar. Chorvador va bog‘bon ham asli shu toifadan. Shoir ta’kidicha, ular insonlar jamiyatining asos zamirini tashkil etuvchi toifadir. Bu toifaning yana bir buyuk fazilati - insonlar va tabiat orasidagi muvozanatni saqlashda ko‘rinadi. 
Qadim ajdodlarimizning “Avesto” kitobida tabarruk hisoblangan zamin 
ayolga qiyos etiladi, uni erkalash, parvarish etish ulug‘ va muqaddas yumush
sifatida dehqon zimmasiga yuklanadi. Ajdodlarimiz o‘zligini tanigandan boshlab er, suv va olovni ulug‘laganlar va dastlabki ikkisini pok saqlash , ezgu niyatlarda istifoda etish dehqon uchun ham huquq, ham mas’uliyat sanalgan. 
Mutafakkir adib jamiyatdagi yana bir toifaga - darveshlarga ham alohida mehr 
ko‘rgazgan. Afsuski, mustaqillikkacha o‘tgan 70 yil davomida Navoiy asarlaridagi 
ayrim mafkurachilarga ma’qul kelmagan jihatlar ko‘plab nashrlardan ayovsiz 
qirqib tashlanardi. Jumladan, “Darveshlar zikrida” deb nomlangan 1-bo‘limning 
40-fasli ham shoirning 15-jildli “Asarlar” to‘plamidan “tushib” qolgan. Holbuki, Navoiy bu toifa misolida haqiqiy ziyoli qiyofasini yaratadi. Haqiqiy ziyoli, ya’ni darvesh elga faqat ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, insonlar diliga poklik, mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘ularini singdiradi:


 
“Ichi tashi bilan muvofiq, balki arig‘roq (pokroq), botini zohir bila 
musoviy (teng muvozanatda), balki yorug‘roq...” Albatta, moddiy va 
ma’naviy qiyofa doim mutanosib bo‘lavermaydi: “Darvesh to‘ni yirtuq, andoq turur kim, ganj (xazina) makoni buzuq”.

Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar hukmdorni faylasuf bo‘lishga da’vat qilgan 


bo‘lsalar, Navoiy o‘z asarlarida Husayn Boyqoroni “darvesh-shoh“ bo‘lishga 
undagan. O‘sha zamonda darveshlar deganda ko‘proq so‘fiylar, tasavvuf ahli 
tushunilgan. Ularning yaratuvchiligi, avvalo ruhiy ogohlik, ma’naviy poklik 
timsollarini o‘zliklarida tirik tajassum etishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. SHu bois ular
ma’no (ya’ni, Haq mohiyatidan ogohlikka intilish) va safo (poklikka,
ma’naviy qusurlarni engib o‘tishga jahd qilish) ahli sifatida ulug‘langanlar. Alisher 
Navoiyning asl darveshlar - ma’no va safo, ziyo va ishq ahli - haqidagi mukammal 
kitobi “Nasoimul-muhabbat min shamoimul-futuvva”dir.


Xulosa
Inson agar Haq yolida astoydil urinsa, ko‘p ish qo‘lidan kcladi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar cmas, qusurlar ham bor. Ma,salan, g'aflat, shahvatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qattoli — xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona cmas. Shunga qaramay, dunyoning kokpgina mamlakatlarida www.ziyouz.com kutubxonasi jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga crishgan. H ar bir inson o‘z huquqi va mas'uliyati m e’yorlarini muayyan o'lchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitär tuzum davrida ayni shu mc’yorlaming asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma’naviy ncgizlariga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli oikalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo‘ysundirgan quram a mamlakat aholisini millatsiz, ma'naviyatsiz, mustaqil o‘y-fikrsiz “konv munizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukm dorlik orzusida bo'lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqm ay ijro ctuvchi ulkan tnexctnizmning “parrak” va “vinteha”lariga aylantirish niyatida edi. Va darhaqiqat, okz m anfur niyatlaiini ancha-muncha amalga oshirib ulgurdi. XX asrning 70-yillariga kclib, aytish mumkinki, «Sovct Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqcan «m anqurtlar saltunati» shakllandi. Kcyinchalik 0 ‘zbckiston Rcspublikasi Oliy majlisining birinchi yig‘ilishida Prczidcnt I. Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: "Bu tuzum o'z xalqining tarixini, uning ruhi vu urfodntlmini, o 'z tivlod-njdodinibiimuydigan manqurtinrsu tayanarcdi". Ular yo‘q cm as cdi, hayotimizda mavjud cdi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo'ysundirish asosan o ‘shalarga ishonib topshirilgan cdi. Allohga bcadad shukrlar boklsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to ‘liq tushib qolmadi.


Yüklə 175,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə