Chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 175,86 Kb.
səhifə12/14
tarix23.12.2023
ölçüsü175,86 Kb.
#156650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

Mehr tuyg’usi inson uchun ulug’ ilohiy tuhfadir. Bu tuyg’udan inson o’zini mahrum qilsa, bu dunyoning o’zida do’zax azobi o’rtanishida qoladi.
Chunki inson birovga mehr baxsh etmay, birovdan mehr ko’rmay yashay olmaydi. Riyozat yo’li va mehr tuyg’usi barcha yosh uchun xosdir. Ammo insn oila qurgach, uning hayotida halol rizq bilan turmush o’tkazmoq,
farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish kabi jiddiy sinovlar paydo bo’ladiki bular endi ibrat va ilmning o’zi bilan bo’ladigan savdolar emas. Ilm yo’lida ham riyozat chekiladi, ammo halol rizq bilan ro’zg’or tebratish, solih farzandlar o’stirib, voyaga etkazish bu aslida Borliq haqiqatini amaliy faoliyat jarayonida butun vujudingiz bilan his qilishga
olib keluvchi haqiqiy ma’rifat maktabidir. Insonning 30-40 yoshlik davrlari asosan riyozat bilan o’tsa, haqiqiy beg’araz mehr tuyg’usi odatda 50 yoshlar atrofida shakllanadi, deyish mumkin. Bobo va
buvining nabiraga mehri ayni shu beg’araz mehrning yorqin
namunasidir. O’g’ilqiz meni qariganimda boqadi, parvarish qiladi deb
umid qilish mumkin. Nabiralar deyarli bobobuvilarni boqmaydilar. 
Chunki ularning qo’lidan bir ish kelguncha katta avlod bormiyo’qmi 
Ammo “nabira boladan shirin” deyilishi bejiz emas. Haqiqatan ham 
chol-kampirlarning nabiralarga mehri insonning yangi tug’ilib
kelayotgan hayotga beg’araz muhabbatidir. Albatta, aytganlarimiz oddiy bir hayotiy misol. Asli mehr tuyg’usi nihoyatda ulug’ insoniy
hissiyotdir. U haqda Alisher Navoiydan o’tkazib so’z aytish qiyin.
Xullas, “ma’rifat” Haqiqatni anglab etish yo’li bo’lib, o’zligini anglab etgan
inson Haqni anglab etadi, uni tasavvuf istilohida Orif deydilar, hozirgi tilimizdagi “ziyoli” tushunchasi asli ushbu darajada bo’lmog’i kerak, faqat 
“intelligent” (ya’ni aql sohibi) emas. Ma’naviy barkamollik ham shuning o’zidir. Ibrat, ilm, riyozat,  
Mehr - shaxs ma’naviyatining  
muhim tarkibiy jihati va milliy  ma’naviyatimizga  xos  ma’rifat  yo’llaridn  biri,  insonlarga,  tabiatga, har bir ishga beg’araz  fidoiylik  bilan  
munosabatda  bo’lish. Mehr ma’rifati
1) inson  ko’nglini anglab etish va unga  mehr ko’rgazish bilan
tarbiyalash,  
2) insonning boshqa bir insonga  
bo’lgan beg’araz muhabbati tufayli  
xudbinlik balosidan forig’ bo’lishi  
va Borliq haqiqatini anglab etishi  
(Alisher  Navoiy  talqinida)  
ma’nolarini anglatadi.  



Yüklə 175,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə