Chirchiq davlat pedagogika universitei gumanitarfanlari fakulteti manbashunoslik fanidan ma



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə14/49
tarix30.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#165447
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
manbashunoslik fanidan maruzalar

Qadimgi Turk manbalari.

VI asr о‘rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda о‘zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) hukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk xoqonligiga bо‘linib ketdi. Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) Suy imperiyasi bilan kо‘p urushdi va о‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu (620-630- yy.) davrida ham bu kurash davom etdi. О‘sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar kо‘paydi, mehnatkash xalqning ahvoli og‘irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk xoqonligi ustidan о‘z hukmronligini о‘rnatilshga muvaffaq bо‘ldilar. Lekin kо‘p о‘tmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon (Qutlug‘ qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi Tо‘nyuquq boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G‘arbiy turklar yana mustaqillikni qо‘lga kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida G‘arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bо‘linib ketdi va keyinchalik uning о‘rniga Uyg‘ur xoqonligi tashkil topdi. G‘arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birmuncha qudratli edi. U11 asrning о‘rtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bо‘lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjо‘y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi shaharlarning о‘sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bо‘ldi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, G‘arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda kо‘pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. G‘arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi yillari 10 toifaga bо‘lingan. Masalan, Chu daryosining о‘ng tarafida istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning sо‘l sohilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Kо‘p о‘tmay bu toifalar о‘zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu о‘zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qо‘shinlari bundan foydalanib, 658 yili G‘arbiy turk xoqonligi yerlariga bostirib kirdilar, lekin uni tamoman bо‘ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffaq bо‘ldi. Biroq katta yer egaligi, о‘zaro kurashlar va shimoldagi qо‘shni xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat tamoman qorliqlar qо‘liga о‘tdi. Ular 766 yili Suyabni bosib oldilar va uni о‘z poytaxtlariga aylantirdilar. G‘arbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bо‘lib, 15ga yaqin mustaqil hokimliklardan, Sо‘g‘dda yuechji xalqidan chiqqan jabg‘u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg‘onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi Sо‘g‘d, Xorazm, Toxariston, Farg‘ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan, uning tog‘li va chо‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug‘ullangan.
Qadimgi Turk manbalari
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir hamda Mо‘g‘ilistonda, Oltoy hamda О‘zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga ega. Bu yozuvlarning yetti guruhi – Lena – Baykalbо‘yi bitiklari, Yenisey, Mо‘g‘uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, О‘rta Osiyo bitiklari ma’lum. Bu bitiklar О‘zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini о‘rganishga yordam beradi.
Yenisey bitiklari
Yenisey bitiklari mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan 1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ma’lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan toshga о‘yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma’lumotlar birinchi marta о‘tgan asrning birinchi choragida “Sibirskiy vestnik” jurnalida e’lon qilindi. 1889 yili fan olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar.
Mо‘g‘ulistondan topilgan bitiklar
Mо‘g‘ulistondan topilgan bitiklar orasida Tо‘nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon va Ongin muhim о‘rin tutadilar.
Tо‘nyuquq bitigi Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish xoqonning (681-691-yy.) maslahatchi sarkarda Tо‘nyuquqqa atalgan va 712-716 yillari yozilgan. 1897- yili rus olimi D.A.Klemens (1848-1914) va uning xotini Yelizaveta Klemenslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899 y.), V.Tomsen (1922 y.), X.Sheder (1924 y.), D.Ross (1930 y.) hamda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi о‘rganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida G‘.A.Abdurahmonov hamda A.Rustamov tomonidan о‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan (1982 y.). Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716-734 yy.) inisi Kul tegin (731- yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mо‘g‘ulistonning Kosho Saydan vodiysida Kо‘kshin О‘rxun daryosi bо‘yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrinsev (1842-1894 yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V.Radlov (1891 y.), A.Xeykel (1892 y.), V.Tomsen (1896 y.), P.M.Melioranskiy (1897 y.), X.Sheder (1924 y.), S.YE.Malov (1951 y.), G.Aydarov (1971 y.)lar tomonidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. G‘.A.Abdurahmonov va A.Rustamov tomonidan о‘zbek tiliga qilingan qisqacha tarjimasi (1982 y.) ham bor. Bilga xoqon bitigi. Kul tegin bitigidan 1 km janubi-g‘arbda - Kо‘kshin О‘rxun daryosi havzasida topilgan bu obida 735 yili bitilgan. Uni V.V.Radlov, S.YE.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan о‘rganilgan va chop etilgan. Ongin bitigi Mо‘g‘ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan va kimga atalganligi aniq ma’lum emas. Ba’zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qо‘yilgan (735 y.), boshqa fikrga kо‘ra Qopag‘on xoqonga (691-716-yy.), yana bir ma’lumotga (J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda о‘lgan) sharafiga qо‘yilgan. Obida 1892 yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J.Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan nashr qilingan. Bulardan tashqari, Qarabalsag‘un shahri (Ulan-Batordan taxminan 400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xayto Tamir, CHо‘yren, Beyshin-Udzur, Bayan-Xо‘ngur va boshqa joylardan topilgan yozuvlar ham muhimdir. Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Qо‘shog‘och hamda tog‘li nohiyalaridan topilgan bitiklarni aytib о‘tish mumkin. Bular О‘rxun-Yenisey bitiklaridan farqli о‘laroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyayev hamda D.D.Vasilyev tomonidan e’lon qilingan. Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi g‘orlarga joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida о‘rin tutadi. Bitiklar V.Tomsen tarafidan chop qilingan. Qozog‘iston hamda Qirg‘izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- yillarida topilgan) hali chuqur о‘rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidagi (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqо‘rg‘on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota, Tolg‘ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston hududidan topilgan bitiklarning ba’zilari S.Sodiqov, M.YE.Masson, CH. Jumag‘ulov hamda G.Karag‘ulovalar tomonidan e’lon qilingan. Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Farg‘ona, Oloy vodiysi hamda Janubiy О‘zbekiston va Tojikiston hududidan, ya’ni Bekobod, Isfara, Marg‘ilon, Farg‘ona, Andijon, Quvasoy, О‘sh, О‘zgand, Kofirnihon, shuningdek Sо‘g‘ddan ham topilgan va A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Y.A.Zadneprovskiy tarafidan о‘rganilgan. Umuman, qadimiy turk runik yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda juda qimmatli manbadir.


  1. Yüklə 0,69 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə