Chizma 9 для Шарка indd


Qurilish chizmalarida masshtabni qo‘llash



Yüklə 4,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/56
tarix29.11.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#143079
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)

Qurilish chizmalarida masshtabni qo‘llash
. Qurilish chizmalari kichray-
tirish masshtablari 1:100, 1:200, 1:400 kabilarda chiziladi. kichik bino va fa-
sadlar uchun 1:50, bino elementlari alohida 1:25 da chizilishi mumkin. Turli 
tasvirlar turli masshtablarda chiziladigan bo‘lsa, har bir tasvir uchun alohida 
masshtab yozib qo‘yiladi.
31.2-chizmada bir qavatli binoning chizmasi berilgan bo‘lib, uni o‘qish 
bino planidan boshlanadi. Binoga kirish uch marshli zinadan ko‘tarilib, bino 
oldidagi yopiq ayvon (ravon) orqali dahliz (koridor)ga o‘tiladi. Dahlizdan o‘ng 
tomondagi 14,0 
m
2
li xonaga va undan 10,0 
m
2
li bolalar xonasiga kiriladi. 
Dahlizdan uning chap tomonidagi birinchi eshikdan hojatxona, ikkinchi eshik-
dan oshxonaga va ro‘paradagi eshikdan 10,0 
m
2
li yotoqxonaga kiriladi. Yo-
piq ayvonning chap tomonidan kichik xona – (garderob kiyim-kechaklar)ga, 
o‘ng tomonidagi derazali xona (kladovka)ga kirish mumkin. oshxonada ovqat 
pishirish uchun plita va dudbo‘ron, shamollatish uchun kanal yo‘li tasvirlan-
gan. o‘ng tomondagi katta va kichikroq xonalarga qishda isitish uchun pechka 
o‘rnatilgan. Binoning asosiy tashqi devorlari, asosiy tutash va ichki to‘siq (par-
da) devorlar ingichka tutash chiziqlarda tasvirlangan.
Bino I–I qirqimda bajarilgan bo‘lib, xona, deraza va eshiklarning hamda 
ular oraliqlari o‘lchamlari shartli ko‘rsatilmagan. Binoning fasadi orqali uning 
tashqi ko‘rinishi tasvirlangan.
Qurilish chizmalarida o‘lcham qo‘yishning o‘ziga xosligi.
Qurilish chiz-
malarida o‘lchamlar (belgilardan tashqari) millimetrlarda (
mm
), ba’zi binolar-
ning chizmalarida santimetrlarda (
sm
) ko‘rsatiladi. o‘lcham chiziqlari va chi-
qarish chiziqlari kesishayotgan joyga strelka o‘rniga 45° burchak ostida qisqa 
shtrixlar chiziladi.
o‘lchamlar planlarda, qirqimlarda tashqi tomoni qator berk zanjir 
ko‘rinishida qo‘yiladi. Fasadda binoning balandlik belgilari qo‘yiladi. Xona-
larning ichki o‘lchamlari – maydon 
m
2
da yoki kenglik (uzunlik) va eni 
mm
larda ko‘rsatiladi.
Deraza va eshik o‘rnilarining hamda oraliq devorlarning o‘lchamlari birin-
chi qatorga, qo‘shni o‘qlar har qaysi juftining orasidagi o‘lchamlar ikkinchi 
qatorga, chekka o‘qlar orasidagi umumiy o‘lcham uchinchi qatorga qo‘yiladi 
(31.1-chizma). kimki qurilish chizmalarini yaxshi tushunsa, ularni chizishda
o‘qishda qiynalmasligi mumkin.
1. Qurilish chizmalari qanday masshtablarda chiziladi?
2. Qurilish chizmalarida bino ko‘rinishlari qanday nomlanadi?


87
3. Bino elementlariga nimalar kiradi?
4. Qurilish chizmalariga qanday o‘lchovdagi o‘lchamlar qo‘yiladi?
5. Isitish va sanitariya jihozlariga nimalar kiradi?
6. Bosh plan nima uchun kerak? Plan-chi? Qirqim-chi? Fasad-chi?
o‘qituvchingiz tomonidan tayyorlangan yoki 31.1 va 31.2-chizmalarda be-
rilgan qurilish chizmasini o‘qing. Ba’zi chizma elementlarining shartli grafik 
tasvirlarini chizmachilik daftaringizga chizing.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə