Chizma 9 для Шарка indd



Yüklə 4,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/56
tarix29.11.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#143079
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Chizmachilik. 9-sinf (2014, I.Rahmonov)

24.8-chizma.
24.9-chizma.


61
25-§. AJRALADIGAN REZBALI BIRIKMALARNING 
CHIZMALARI
Texnikada rezbali birikmalar ko‘p ishlatiladi. Ular boltli, shpilkali 
va vintli birikmalar hisoblanib, shartlilik qo‘llanilgan va soddalashtirilgan 
ko‘rinishda chizish mumkin.
Boltli birikma. 
Birikmada boltning uzunligi biriktiriladigan detallar qa-
linligiga bog‘liq. Biriktiriladigan detallardan birining qalinligi 
a = 
25 
mm
, ik-
kinchisining qalinligi 

= 35 
mm
berilgan bo‘lsa, ularga shayba qalinligi 
h

gayka balandligi 

va gaykadan boltning rezbali uchi chiqib turadigan zaxira 
k = 
0,25

lar yig‘indisidan iborat, ya’ni bolt uzunligi 
l

a + b + h 

H + k 
(25.1-chizma, 
a
)
.
Misol. 
Biriktiriladigan detallardan birining qalinligi 
a = 
25
 mm
, ikkinchi-
siniki 
b
= 35 
mm 
va boltning rezbasi 
d = 
24
 mm
berilgan bo‘lsin. Boltli birikma 
chizmasini chizing.
1. simmetriya o‘qi chiziladi. Unda aniqlangan bolt uzunligi belgilanadi. 
Boltning kallagi balandligi 

uning uzunligiga kirmaydi, uni
 l
dan tashqariga 
qo‘yiladi. 
l
oralig‘ida biriktiriladigan detallar qalinligi 

va 
b, 
shayba qalin-
ligi 
h, 
gayka balandligi 

va
 k 
o‘rinlari ingichka yordamchi chiziqlarda bel-
25.1-chizma.


62
gilab chiqiladi. Biriktiriladigan detallar teshigi 
d
o

1,1 
d = 
26
 mm
da chiziladi. Boltli birikma-
ning ustdan ko‘rinish o‘rni aniqlanadi va u joy 
ingichka chiziqda belgilanib, biriktiriladigan 
detallar chegarasi ham ingichka chiziqda chizi-
ladi (25.1-chiz ma, 
a
)
.
2. Bolt, shayba va gaykalar chiziladi. Ustdan 
ko‘rinishida gayka va shayba chiziladi (25.1-
chizma, 
b
)

Ustdan ko‘rinishda bolt uchi tasvi-
ri chiziladi, ya’ni rezba sterjenda o‘yilganligi 
ko‘rsatiladi.
3. gayka va bolt faskalari chizilib, chizma 
taxt qilinadi (25.1-chizma, 
d
)

Yig‘ish chizma-
larida bolt, gayka, shaybalar qirqimga tushsa 
ham standart talabiga ko‘ra ular qirqilmay tas-
virlanadi.
Biriktirilayotgan detallar kesim yuza lari-
ning shtrixlari bir-biriga qarama-qarshi chizi-
ladi. Yig‘ish chizmalarida ikki xil detal yonma-
yon to‘g‘ri kelib qolsa ham ularning kesim yuza lari bir-biriga qarama-qarshi 
qilib shtrix lanadi.
Ikkita detal bir-biriga tegib tursa, ularning umumiy chegarasi bitta chiziqda 
tasvirlanadi. Bolt sterjeni bilan biriktiriladigan detallar teshigi orasida tirqish 
(zazor) bo‘lganligi uchun ikkala detal oralig‘ida umumiy chegara chizig‘i bolt 
sterjenigacha chiziladi.
Yig‘ish chizmalarida o‘lchamlarning eng kerakligi qo‘yiladi. Boltli bi-
rikmada rezbaning o‘lchami hamda biriktirilayotgan detallarning qalinligi 
ko‘rsatiladi.
Boltli birikmani ikkita ko‘rinishda sodda lashtirib tasvirlash mumkin (25.1-
chizma, 
e
)
.
1. Boltning uzunligi qanday aniqlanadi?
2. Yig‘ish chizmalarida boltli birikmani qanday tasvirlash mumkin?
3. Bolt, gayka va shaybalar qirqimga tushsa ham ular qirqilib ko‘rsatiladimi? 
nima sababdan?
4. Yig‘ish chizmasida qirqimga tushgan yonma-yon joylashgan detallarning 
kesim yuzalari qanday shtrixlanadi?
5. Bir-biriga tegib turgan detallarning umumiy chegarasi qanday tasvirlana-
di?
1.
 d =
30 
mm
, biriktiriladigan detallarning qalinligi 
a = 
25 
mm
va 
b = 
35 
mm
bo‘lgan metrik rezbali boltli birikmani chizing.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə