Chizmachilik


-rasm. Soya



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə41/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
cxhizmachilik asoslari

142-rasm.



Soya

Refleks

v)

g)

a)

b)

Yoruglik

Blik

143-rasm.

Har qanday jismning texnik rasmini bajarishda ularning qirralarini yoki chegara qismlarini asosiy qalin chiziqlar bilan emas, faqat yorug‘-soyani shtrixlash usuli bilan ko‘rsatish kerak (145-rasm).


Rasmchilik haqida qisqacha ma’lumot. Texnikaviy rasmchilik aksonometriya nazariyasiga asoslangan bo‘lsa, rasmchilik esa pers­pektiva qoidalariga, ya’ni kuzatuvchiga natura qanday ko‘ringan bo‘lsa, shundayligicha tasvirlashga asoslangan. Rasmchilikni o‘rga­nish uchun demak, perspektiv qisqarishni ham bilish kerak ekan. Parallel chiziqlarning uchrashmasligi bizga yaxshi ma’lum, lekin ular hayotda kuzatilganda albatta ufq (h) chizig‘idagi bir nuqtaga (F) intiladi. Ufq chizig‘i bizning ko‘zlarimiz turgan balandlikdan o‘tuvchi, yer sathiga parallel bo‘lgan ufq tekisligida yotgan chiziqdir. Biz harakatda bo‘lgani­miz uchun ufq chizig‘imiz ham o‘zgarib turadi. Shuning uchun turganimizda stol, stullarning ustki qismini ko‘ramiz. Demak har bir kuzatuvchining o‘z ufq tekisligi va o‘z ufq chizig‘i mavjud ekan. Quyidagi rasmda turli balandlik (N1, N2, N3, N4, N5) da turgan kitobning perspektiv qisqarishi perspektiva qoidalari asosida chizilgan. Bu yerda N3 balandlik bizning ufq tekisligimiz (ko‘z) balandligiga teng (144-rasm).
Perspektiva kurishni yaxshi o‘rganib olib (qo‘llanmadagi materiallar kamlik qilsa, maxsus adabiyotlardan foydalanib), texnikaviy rasmchilikda qilingan ishlar: komponovka, proporsiya (nisbatlash), perspektiva qoidalari asosidagi konstruktiv qurilish va nihoyat yorug‘ soyalarni shtrixlab, jismlarga shakl berish to‘g‘ri bajarilsa, bevosita naturalarga qarab ham rasm chizaverish mumkin. Bu qoidalar rasmchilikning asosini Tashkil qiladi. Ana shu qoidalarni bilgach, nafaqat bir nechta jismlardan iborat natyurmort (ilovadagi rasmlar)ni, hatto konstruktiv tugunlar (ilovadagi rasmlar), interyer (bino va inshoatlarning ichki ko‘rinishi, 145,a-rasm), eksteryer (bino va inshoatlarning tashqi ko‘rinishi, 145,b-rasm)larni ham osongina chizish mumkin bo‘ladi.



Daftar

h –ufq chizigi

F

Н3

Н1

Н2

Н4

Н5

144-rasm.

Nisbatan qiyin naturalarni chizishda katta predmetlar: bino va bino elementlari, konstruksiyalari; jihozlar geometrik jismlar (kub, piramida, prizma, silindr, konus va h. k) va ularning kesilgan qismi deb qaralsa chizish oson kechadi. Yaxshilab kuzatilsa, haqiqatdan ham atrofimizdagi narsalar ana shu geometrik jismlar yig‘indisidan iboratdir (146-147-rasm).





a)




b)




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə