Chizmachilik



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə43/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
cxhizmachilik asoslari

Detal chizmasi – detal tasviri va uni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ifodalaydi.
Yig‘ish chizmasi – yig‘ish birligi tasviri va uni yig‘ish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Umumiy ko‘rinish chizmasibuyumning konstruksiyasini, uni asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning tiklash prinsipini aniqlaydi.
Nazariy chizma – buyumning geometrik shaklini aniqlaydi, unda tarkibiy qismlar joylashidining koordinatalari beriladi.
Gabarit chizma – buyumning soddalashtirilgan tasviri va gaborit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlarini o‘ziga mujasamlashtiradi.
Butlash (montaj) chizmasi – buyumning soddalashtirilgan tasviri va uni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni beradi.
Sxema – Buyumlarning tarkibiy qismi va ularning o‘zaro bog‘lanishi shartli belgilar ko‘rinishda tasvirlanadi.
Spetsifikatsiya – yig‘ish birligi, kompleks yoki komplektning tarkibini aniqlovchi hujjat.
Tushuntirish xatibuyumning tuzilishi, uning ishlash prinsip yozib tushintirilgan hujjat bo‘lib, unda ishlanmada qabul qilingan va texnik – iqtisodiy takliflar asoslab beriladi.
Texnik shartlar – buyumga qo‘yilgan talablar, uni tayyorlash, kontrol qilish, qabul qilish va sotish uchun qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan hujjat.
Original – asl chizmani tayyorlash uchun xizmat qiladigan chizma.
Asl nusxa – mas’ul shaxslarning asl imzolari bilan tasdiklangan va ko‘plab nusxa kuchirish uchun mo‘ljallangan chizma.
Dublikat – asl nusxani takrorlovchi chizma bo‘lib, nusxa ko‘chirish uchun xizmat qiladi.
Nusxalar – asl nusxa yoki dublikatlar bilan bir xil bo‘lgan hujjat bo‘lib, ular bevosita ishlab chiqarishda ishlatish uchun mo‘ljallangan.


7.2. Ko‘rinishlar, kesimlar va qirqimlar




Ko‘rinish – detal tomonlarining tasvirlari. Asosiy ko‘ri­nishlar detalning 6 ta tomonini kubning 6 ta tomoniga tasvirlashga aytiladi (148-rasm). Frontal tekislikdagi ko‘rinishi asosiy (bosh) ko‘rinishi deyiladi, chunki detalning eng muhim jihatlarini yoki ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘lgan tomoni shu ko‘rinishda tasvirlanadi. Chizma qog‘ozida muhim ko‘rinish­lariga joy topilmasa, ko‘rinish tomonidan strelka qo‘yib, uning ustiga “A” harfi yoziladi va qog‘ozning bo‘sh joyiga joylashtirish mumkin, uning ustiga
A ko‘rinishdeb yozib, tagiga chizib qo‘yiladi (149-rasm).
Qo‘shimcha ko‘rinish qachonki detalning ayrim joylari asosiy ko‘rinishga tushmay qolganda uning o‘lcham va shaklini buzmay ko‘rsatish uchun ishlatiladi. 150-rasmda detalning bir qismi og‘ma holatda bo‘lganligi sababli gorizontal proyeksiyasida o‘z haqiqiy ko‘rinishida proyeksiyalanmaydi. Shuning uchun detalga qaraladigan tomonidan strelka qo‘yilib ustiga B harfi yoziladi va shu yo‘nalish bo‘yicha o‘sha ko‘rinish tasvirlanib, ustiga “B–ko‘rinish” deb yozib qo‘yiladi. Agar tasvir qaraladigan yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘risida joylashtirilsa qo‘shimcha hyech narsa yozilmaydi (151-rasm). Qiya holatdagi ko‘rinishni, to‘g‘ri holatda tasvirlasa “Burilgan” deb yozib qo‘yiladi (152-rasm).




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə