Chizmachilik



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə46/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
cxhizmachilik asoslari

160-rasm.

Agar kesuvchi tekislik detalning simmetriya o‘qlari bilan ustma-ust tushib qolsa, kesuvchi tekislik ko‘rsatilmaydi, faqat o‘q chiziq chiziladi xolos. Detal o‘z o‘qi bo‘yicha simmetrik bo‘lsa, unda detalni to‘liq qirqish shart emas, chunki to‘liq yarimi qirqilsa detalning yaqqolligi yoki uni tushinish qiyinlashadi (162-rasm).


Detalning yaqqolligini yoki ko‘rinishini ko‘proq saqlab qo­lish uchun bajariladigan to‘liq qirqimning yarimi bajariladi, guyoki detalning to‘rtdan biri qirqib olib tashlanadi. Demak, frontal qirqimda detalning yarimi tashqi ko‘rinishi va yarim qirqim birgalikda tasvirlanadi simmetriya o‘qi ularni o‘rtada birlashtirib turadi. Qirqim qaysi tekislikda bajarilishidan qatiy nazar bunday hollarda qirqim doimo simmetriya o‘q chiziq­dan o‘ng tomonda bajariladi (160-rasm, frontal proyeksiyada).
Mahalliy qirqim detalning ayrim joylariga alohida qirqim bajarilib, to‘lqin chiziq bilan chegaralab qo‘yiladi (profil proyek­siyada 161-rasm). Agar qirqimda o‘q chiziqqa qir­ralar to‘g‘ri kelib qolsa, ya’ni ustma–ust tushsa, unda qirra chiziqlari va uning chap yoki o‘ng tomonidan to‘lqin chiziq bilan chegaralanadi. Agar qirra tashqarida bo‘lsa, 163,a-rasmda, ichkarida bo‘lsa, 163-b,rasmdagidek bajariladi.



161-rasm.


b)

a)





162-rasm. 163-rasm.

Mashinasozlik chizmachiligida oddiy qirqimlardan tashqari mu­rakkab qirqim, siniq qirqim, og‘ma qirqim, kombinatsiyalashgan qirqimlar ishlatiladi. Murakkab qirqimda detal bir nechta parallel tekisliklar bilan qirqiladi, 166-a,rasm. Siniq qirqimda kesuvchi tekis­liklar o‘zaro burchak holida qirqiladi (167-b,rasm). Og‘ma qirqim detalda bir necha aylanalar og‘ma o‘qda joylashganda bajarish qo‘lay bo‘ladi (168-rasm).


Kombinasiyalashgan qirqim 169-rasmdagidek bajariladi. Agar detal simmetrik bo‘lmasa bir necha tekisliklar bilan qirqib (A–A; B–B;) ko‘rsatilishi mumkin (167-a,rasm).

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə