Chizmalarda geometrik yasashlar


Kurs ishinin dolzarbliligi



Yüklə 126,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix30.12.2023
ölçüsü126,09 Kb.
#165481
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Ismailova G.

Kurs ishinin dolzarbliligi
Hayotimizda chizmaning o'rni juda kattadir. 
Hozirgi ishlab chiqarishni chizmalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Narsalarni 
texnikada qabul qilingan tasvirlash usullari ko'p asrlar davomida yaratilgan.Ishlab 
chiqarishda biror buyumni, masalan, mashina va mexanizmlarning detallarini 
yasash hamda ularni yig'ish, shuningdek, bino hamda inshootlar nqurish uchun 
ularning chizmalari bo'lishi zarur. Chunki chizmalarsiz buyumlarni yasab 
bo'lmaydi.
Ishning maqsad va vazifalari 
Respublikamizdagi kasb-hunar kollejlarida 300 ga yaqin kasblar va 
mutaxassisliklar bo`yicha kichik mutaxassislar tayyorlanmoqda. Chizmachilik 
kursining boshqa fanlar bilan aloqalari, kasb-hunar kollejlari talabalarini politexnik 
tarbiyalashda va ularning kasbiy faoliyatida katta o`rin egallaydi. Shuning uchun 
ham kasb-hunar kollejlarining ko`pchilik mutaxassisliklarida chizmachilik fani 
alohida fan sifatida o`quv jarayoniga kiritilgan. Kasb-hunar kollejlarida tayyor-
lanadigan mutaxassisning malakaviy tavsifnomasiga asosan chizma-chilik kursi 



quyidagi talablarga javob berishi zarur bo`ladi: Shu maqsaddan kelib chiqqan 
holda quydagi vazifalarni belgilaydi: 
1) kasb-hunar kollejlarida o`rganiladigan chizmachilik kursidagi materiallar 
umumta‟lim maktablaridagi chizmachilik kursi materiallarini takrorlamasligi zarur; 
2) kurs oliy o`quv yurtlarida o`rganiladigan “muhandislik grafikasi” yoki oliy 
o`quv yurtlaridagi chizmachilik kursining “qisqartirilgan varianti” shakliga kelib 
qolmasligi kerak; 
3) kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislik malakaviy 
tavsifnomasiga asosan kursda o`rganiladigan materiallar mazmuni bevosita kasbiy 
faoliyatga taalluqli bo`lishi zarur; 
4) kurs ilg`or metodika, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslan-gan holda 
talabalar va o`qituvchi foydalanishi uchun qulay, ravon tilda yozilgan bo`lishi 
kerak; 
5) talabalarga o`rgatiladigan bilimlar hajmini belgilashda ularning grafik 
savodxonligini talab darajasiga chiqarishda asosiy e‟tiborni individual grafik 
topshiriqlar soni va variantlarning yetarli bo`lishini ta‟minlashga qaratish kerak; 
6) chizmachilik kursining mazmuni va nomlanishi mutaxassislik yo`nalishi va 
malakaviy tavsifnoma talablariga mos bo`lishi kerak. 

Yüklə 126,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə