Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

«G‘alayonlar davri». 
Ivan IV Grozniy vafot etgandan so‘ng taxtga
uning o‘g‘li Fyodor Ivanovich keldi. 1598-yili Fyodor ham vafot etdi.
U farzandsiz edi va taxtga voris qoldirmadi. Shu tariqa Rossiyani 700
yil boshqargan ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shunday
sharoitda Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi.
Boris Godunov vafot etgach, Rossiya tarixida notinch, g‘alayonlar
davri boshlandi. Qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi, boyar-
lar ta’siri yana kuchaydi. Shuningdek, chet davlatlar – Polsha va
Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo‘r berib aralasha boshladilar. Pol-
sha, hatto Moskvani egallab oldi. Shunday og‘ir sharoitda Rossiya
vatanparvar kuchlari qishloq oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda
Dmitriy Pojarskiy yetakchiligida xalq lashkarini to‘pladi. Ular
1612-yili Moskva uchun bo‘lgan janglarda Polsha qo‘shinini mag‘-
lubiyatga uchratdi va Moskvani chet el bosqinchilaridan ozod qildi.
Rossiya ichki va tashqi ahvoli og‘irligiga qaramasdan, o‘z musta-
qilligini saqlab qola oldi. Endi Rossiyaning yangi podshosini saylash
masalasini hal etish kerak edi.
1613-yili Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy
xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya pod-
shosi etib sayladi.
Shu tariqa Rossiyada yangi sulola – romanovlar sulolasi taxtga
kelib, ular mamlakatni 1917-yil fevralgacha boshqardi.
Iqtisodiy rivojlanish.
XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alo-
matlar paydo bo‘ldi. Bu, avvalo, tovar, ya’ni bozorda sotish uchun
mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida va manu-
fakturalar vujudga kelishida namoyon bo‘ldi. Bu jarayondan qishloq
http://eduportal.uz


51
xo‘jaligi ham chetda qolmadi. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti – g‘alla
hamma yerda tovarga aylandi.
Rossiyada XVII asrdan boshlab shaharlar ham rivojlandi. Ular
mamlakatning savdo-sanoat markazlariga aylanib bordi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga,
viloyatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga, butunrossiya
yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib keldi. Shu tariqa Rossiya
iqtisodiyotida ham juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, yangi – kapitalistik
munosabatlar shakllana bordi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə