Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Zemstvo sobori
ni chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi.
Sobor yangi qonunlar to‘plami – 
Sudebnik
tuzish haqida qaror qabul
qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni jinoyat va nojo‘ya qil-
mishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. Dvoryanlardan ming
nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berildi. Davlat lavozim-
larini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar egallashi tartibiga ham
chek qo‘yildi.
Boyarlar uchun aholidan yig‘iladigan soliqlar bekor qilindi. Joy-
larda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari – 
zemstvo
lar tuzildi.
Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘ti-
shini yiliga bir kun – 26-noyabr bilan cheklab qo‘ydi.
Oprichnina.
Boyarlar hokimiyatiga zarba berish maqsadida
1565-yilda Ivan IV mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib oldi. Bu
yerlar 
oprichnina
(ajratib olingan) deb ataldi. Oprichnina o‘z qo‘shi-
niga ega bo‘ldi. U podshoning o‘z raqiblarini jazolash quroliga aylan-
tirildi. Mamlakatda shafqatsiz terror, qatl va surgun davri boshlandi.
Shuning uchun Ivan IV 
«Grozniy»
(shafqatsiz, dahshatli) laqabi bilan
ataldi.
Oprichnina Rossiyada feodal tarqoqlik qoldiqlariga qarshi kuchli
zarba berdi. Ammo u mamlakat xo‘jaligiga katta talafot yetkazdi. Na-
faqat boyarlar, balki o‘n minglab oddiy odamlar ham qurbon bo‘ldi.
4 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


50
Bu esa jamiyatning turli qatlamlarida oprichninadan norozilikni ku-
chaytirdi. Natijada, Ivan IV 1572-yili oprichninani bekor qilishga
majbur bo‘ldi.
Bu davrda Rossiya hududi bosqinchilik urushlari olib borish hiso-
biga sharqqa va janubga tomon kengayib bordi. Chunonchi, XVI asr-
ning ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon (Astraxan) va Sibir xonlik-
lari bosib olindi. XVI asr oxiriga kelib, Rossiya hududi qariyb ikki
barobar kengaydi.

1547-yili – ...

1549-yili – ...

1565–1572-yillarda – ...

XVI asr ikkinchi yarmida – ...

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə