Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Reformatsiyaning boshlanishi.
Jamiyatdagi umumiy norozilik sha-
roitida G‘arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun
harakat boshlanib, bu jarayon 
Reformatsiya 
(
reforma – 
islohot) deb
ataldi. Yangi davr boshlarida tarqoq knyazliklardan iborat bo‘lgan
Germaniyaning ichki ishlarida hal qiluvchi rolga katolik cherkov da’-
vo qilardi. Germaniyada juda katta yerlar, hatto butun boshli sha-
harlar ham katolik cherkoviga qarashli edi. Indulgensiya sotuvchi
ruhoniylar va cherkov soliqlarini yig‘uvchilar butun Germaniya bo‘y-
lab kezib yurardi.
O‘rta asrlarda katolik cherkovi qaysi omillar sababli o‘zining qudratiga erishgan
edi?
Reformatsiya 
1517-yili
Germaniyaning Vittenberg universiteti
ilohiyot fani professori Martin Lyuterning 
«95 tezislar»
deb ataluvchi
indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan boshlandi. Aslida faqat ilmiy
munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis ti-
http://eduportal.uz


19
liga tarjima qilinib, butun Germaniyani hayajonga
soldi. M. Lyuterning bu qilmishi Rim papasining
jahlini chiqardi. U M. Lyuterni Vorms shahar
sudiga chaqirdi. Papa M. Lyuterdan o‘z g‘oyala-
ridan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga
bo‘ysunishdan va indulgensiyalarning sotilishini
ma’qullashdan bosh tortib, sudda yorqin nutq
so‘zladi. M. Lyuterning suddagi nutqi xalqni to‘l-
qinlantirib yubordi. Uning tarafdorlari o‘z mazhabi
va cherkovini tashkil qildilar. Ular 
lyuteranlar
deb
ataldi.
XVI asrda Yevropada Reformatsiya
Martin Lyuter
http://eduportal.uz


20
Yevropada 
Reformatsiya
– katolik cherkovni isloh qilish jarayoni
shunday boshlandi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə