Mavzu: Islomdagi mazhablar



Yüklə 53,45 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü53,45 Kb.
#166034
  1   2   3   4   5
Islomdagi mazhablar byAzim



Mavzu:Islomdagi mazhablar
Reja:
I-Kirish
II-Asosiy qism
1.Islom oqimlari va yo’nalishlari.
2. Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar.
3. Mazhablarning paydo bo’lishi.
4.Hanafiylik mo’tadil mazhab.
III-Xulosa
IV-Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqh. sohasida juda koʻp mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta mazhab — hanafiy, molikiy, shofiʼiy, hanbaliy (Mazhablar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhablari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi. Yirik musulmon universitetlarida toʻrtala mazhab boʻyicha alohida dars beriladi. Mazhablar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xolda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) Mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning huquqiy hayotida jaʼfariylik Mazhabi oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan.
Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)
Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huquqiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi. Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Musulmon kishi mazhabda to’rtta mazhabdan birida bo'lishi joiz va shu blan brga mazhablardagi dalillarni yaxshi tushunishi orqali mazhablardagi dalillarning kuchlisiga ergashishi ham joizdir.
Islom oqimlari va yo’nalishlari.
Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
“Yahudiylar 71 firqaga bo‘linganlar. Nasroniylar 72 firqaga bo‘linganlar. Mening ummatim 73 firqaga bo‘linadi. Ularning hammasi zalolatda bo‘ladilar. Faqat savodi a’zam (mutlaq ko‘pchilik) bo‘lgani hamda mening va ashobimning yo‘lida bo‘lganlar bundan mustasno” Payg‘ambar vafoti haqidagi xabar Madina ahli orasida yoyilgach, ansorlar Bani soida saqfasida Xazraj qabilasining sayidi Sa’d ibn Uboda yoniga to‘plandilar. Ayni paytda musulmonlardan birining Abu Bakr oldiga kelib, Bani soida saqfasida ansorlar Rasululloxga xalifa saylash uchun yig‘ilganlarini xabar berishi e’tiborga loyiq. Chunki xuddi shu ma’lumot musulmonlar o‘rtasida xalifa saylash bir qator murakkab ixtilofiy muammolar bilan amalga oshishidan xabar beradi. Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob va Abu Ubayda ibn Jarroxlar Sa’dning betob bo‘lishiga qaramasdan, ansorlarga ma’ruza kilayotgan paytiga etib keldilar. Muhojirlar xalifani Quraysh qabilasidan saylanishini xohlar edilar. Chunki Quraysh qabilasi Arabiston yarim orolida nufuzi yuqori edi. Agar xalifa boshqa qabiladan saylansa, davlat ichida fitna oralashi shubxasiz, chunki muxojirlar birinchilardan bo‘lib payg‘ambarga iymon keltirganlar va Makka mushriklarining azoblarini birga totgan edilar. Ansorlar esa muhojirlardan ko‘ra xalifalikka o‘zlarini xaqliroq deb bilardilar. Ular payg‘ambar qiyin axvolda qolganda unga yordam qilganlar va o‘z shaharlarining to‘rini bo‘shatib bergandilar va u bilan birga mushriklarga qarshi elkama-elka turib jang qilgan edilar. Muhojirlar xalifalikka Quraysh qabilasining nomzodini qo‘yar ekanlar, payg‘ambarning “Imomlik Quraysh xaqqi”, “Imomlik Qurayshdan, qozilik ansordan va azon chaqirish esa xabashdandir” - degan hadislarini dalil qilar edilar. Ular xalifalikka Umar ibn al-Xattob yoki Abu Ubayda ibn Jarroxning nomzodini ko‘rsatardilar. Mazkur xalifalikka nomzodlar orasida Payg‘ambarning urug‘idan xalifa saylanish tarafdorlari ham bor edilar. Ular Ali ibn Abi Tolib, Abbos, Zubayr, Fotima va boshqa Xoshim urug‘ining vakillari edi.

Yüklə 53,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə