Mavzu: Islomdagi mazhablar



Yüklə 53,45 Kb.
səhifə5/5
tarix30.12.2023
ölçüsü53,45 Kb.
#166034
1   2   3   4   5
Islomdagi mazhablar byAzim

Shofeiy mazhabi. Shofeiy mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon SHofeiydur. U 150/767 - 204/ 820 yillar davomida hayot kechirdi. Nasabi payg‘ambarning amakisi bo‘lmish Hoshim ibn Muttalibga borib taqaladi. Shofeiy nomi bobosi Shofi’ ismi bilan bog‘liqdir. Zahabiy aytishicha, Imom Shofeiy (r.h.) Falastinning G‘azo mintaqasida tug‘ilgan. Ikki yoshligida otasi vafot etadi va onasi uning oliyjanob naslini saqlab qolish niyatida Makkaga qarindoshlar oldiga olib ketadi va u erda to Qur’onni yod olib, arab tili va she’rlarini mukammal o‘rgangunicha yashab qoladi. SHundan so‘ng u sahroga - Huzayl qabilasiga yuboriladi. Bu qabila esa o‘zining suxanzabonligi va she’riy an’anasi bilan mashhur edi. Keyinchalik Madinaga borib Imom Molik davrasida fiqhni o‘rgandi. Imom Shofeiy (r.h.) ilm o‘rganishga judayam qiziquvchan edi. O‘z davridagi taniqli olimlarning so‘zlarini rivoyat qilgan. Molik ibn Anas, Muhammad ibn SHayboniy, Muhammad ibn Xolid al-Jundiy, Muslim ibn Xolid az-Zanjiy, Marvon ibn Muoviya, ulug‘ imomlardan biri bo‘lmish Vake’ ibn Jaroh kabi ko‘plab olimlar SHofeiyga ustozlik qildilar. Makka qorisi Ismoil ibn Qustantindan Qur’onni tajvid bilan o‘qishni o‘rgandi. Ilm talabida ko‘p safar qilar edi. Yosh paytlarida mashhur olim So‘fyon bin Uyayna majlisida o‘tirar edi. Undan tafsir yoki fatvo haqida biror masala so‘rab kelishsa, Shofeiyga o‘girilib: “Mana shu yigitdan so‘ranglar! ”, der edi. Shofeiy Imom Molik vafotidan so‘ng Yamanda faoliyat olib boradi. “Aliychi”larga xayrixohlikda ayblanib, Iroqqa xalifa Horun ar-Rashid saroyiga olib kelinib so‘roqqa tutiladi. U o‘zini mohirona himoya qilishi va Imom A’zam shogirdi Muhammad ibn Hasan SHayboniy homiyligiga olgani tufayli omon qoladi. Shofeiy hadis va fiqh borasida ulkan darajalarga erishdi. Ilm izlab juda ko‘p marta safar qildi. Hamidiy aytadi: “Bir gal SHofeiy YAmandan kelganida yonida 20 ming dinor bor edi va Makka tashqarisiga chodir qurib, to ana shu 20 ming dinorni ehson qilib, sarflagunlaricha o‘sha erda yashadi”. U tilamchini yoki u kishidan biron narsani so‘raganni rad qilishdan hayo etardi. Rabi’ aytadi: “Imom Shofeiy (r.h.) undan biron narsa so‘ragan kishidan hayo qilar edi va u so‘ragan narsasini berib yuborishga shoshilardi. Ul zotni kishilar haqini biladigan, ularga husni xulq bilan muomala qiladigan judayam odobli kishi sifatida bilar edik”. Shofeiy o‘zining ilm olishi haqida shunday degan: “Men Qur’ondan, hadisdan, nahvdan yoki shunga o‘xshash boshqa ilmlardan biror narsani o‘rganadigan bo‘lsam, bu o‘rganish jarayonida hamisha odob - axloqqa rioya qilar edim, Madinaga kelgunimcha bu mening odatim edi. Unda men Imom Molikni ko‘rdim. Ul zotdek ilmni ulug‘laydigan, haybatli kishini uchratmagan edim. Odob - axloqqa bo‘lgan ahamiyatim shu darajada oshdiki, Imom Molik darslarida ul kishi varaq shitirlashini eshitmasliklari uchun kitobni nihoyatda muloyimlik bilan varaqlar edim”. Imom Shofeiyning ustozlari ko‘p bo‘lgani kabi shogirdlari ham ko‘pdir. Undan Imom ibn Hanbal, Imom Hamidiy, Abu Ubayd, Abu Savr, Robi’ al-Murodiy, Imom Za’faroniy kabi ko‘plab ilm peshvolari ta’lim olganlar. Ishoq ibn Rohavayh aytadilar: “Makkada Ahmad ibn Hanbal menga: “Bu yoqqa kel, men senga hali ko‘zlaring o‘xshashini umuman ko‘rmagan bir kishini ko‘rsataman”- deb, meni Imom SHof’eiyni oldiga olib bordi. Demak, Ishoq ibn Rohavayh SHofeiydan ta’lim olgan, Ahmad ibn Hanbal esa uning eng ulug‘ shogirdlaridandir.

Xulosa
Dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab, shunday deyish mumkinki, Olloh bizning qalbimizda, yuragimizdadir. Islom huquqi dunyosi bilan yanada chuqurroq tanishtirishga, olingan ilm sirlarini oʻzlaridan keyingi avlodga toʻgʻri talqin va tashviqot qilib etkazishlari uchun ilk qadamlardan biri boʻlib, xizmat qiladi degan umiddamiz.Ma'lumki fiqh musulmon huquqshunosligi xalqimiz ma'naviy merosining ajralmas bir qismi sifatida asrlar davomida Movarounnahr xalqlari hayotida muhim rol o'ynagan. Diyorimizda keng tarqalgan fiqh nafaqat diniy-huquqiy muammolarni, balki xalqimizning butun turmush tarzini oʻz ichiga olgan. Shu sababli davlatimiz huquq tizimi tarixini shariat, musulmon huquqisiz tasavvur etib boʻlmaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. – T.: Toshkent islom universiteti, 2009.
2. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al–Buxoriy. Al–Adab al–mufrad. – T.: O‘zbekiston, 1990.
3. At–Termiziy. Sahih at–Termiziy / A. Abdullo tarjimasi.
– T.: G‘. G‘ulom nomli “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993.
4. At–Termiziy. SHamoili Muhammadiya / Sayid Maxmud Taroziy Alixonto‘ra tarjimasi. – T.: “Mehnat” nashriyoti, 1991.
5. Islom: ensiklopediya. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.
6. Muhammad Xuzariy. Nur–ul yaqin. – T.: CHo‘lpon–Kamalak, 1992.
7. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jaev H., Rahimjonov D., Komilov M., Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. – T.: Mehnat, 2004.
8. Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Arabchadan Abdulloh shayx Ismoil Maxdum o‘g‘li tarjimasi. – T.: Movarounnahr, 1995.
9. Hasanov A., Komilov N., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov Q. Islom tarixi. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot–matbaa birlashmasi, 2008.
10. Hasanov A.A. Qadimgi Arabiston va ilk islom. Johiliya asri. – T.: Toshkent islom universiteti, 2001



Yüklə 53,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə