Mavzu: Islomdagi mazhablar


Mazhablarning paydo bo’lishi va ular orasidagi farqlar



Yüklə 53,45 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü53,45 Kb.
#166034
1   2   3   4   5
Islomdagi mazhablar byAzim

Mazhablarning paydo bo’lishi va ular orasidagi farqlar.
Mazhab so‘zi arabcha “yo‘l, yo‘nalish” ma’nosini bildirib, istilohda esa “biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvosiga ergashish” ma’nosini bildiradi. Ilk islom davrida mazhablar ko‘p bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasidan 4 yirik mazhab: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik, hanbaliylik ajralib chiqqan. Bu to‘rt mazhab ikki aqidaviy ta’limot: moturidiya va ash’ariya bilan birgalikda “Ahli sunna val jamoa” deb ataladigan sunniylik yo‘nalishini tashkil etadi. Hanafiy mazhabi. Hanafiylik asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobitdir. U hijriy 80-150 milodiy 699- 767 yillarda hayot kechirgan. Ko‘fa shahrida voyaga etgan. Zirikliy “Al–A’lom” kitobida Imom A’zamning otasi Sobit haqida quyidagilarni qayd etgan: “Sobitning otasi Zutiy Ali (r.a.)ning oldiga boradi va unga hadya berib, o‘g‘li Sobitning haqiga duo co‘raydi. Ali ibn Tolib uning va avlodlarining haqiga baraka tilab duo qiladi”. No‘mon ibn Sobit Ko‘fa shahrida ilm ahllari orasida voyaga etdi. Bilimi chuqur inson sifatida tanildi. O‘z kasbi orqasidan kun kechirar edi. CHunki otasidan unga katta boylik meros qolgan edi va uni tijoratga sarf etib, daromadini ilmu ma’rifat yo‘lida sarf etardi. Abu Hanifa yoshlik chog‘idayoq Qur’oni karimni yodladi va uning ma’nolarini fahmlashga intildi. Keyinchalik mantiq va kalom ilmi bilan shug‘ullanib, bu borada atrofdagilardan o‘zib ketdi. U Hammod ibn Abu Sulaymon (r.h.) bilan uchrashganidan so‘ng fiqh ilmiga qiziqadi va Hammoddan 18 yil davomida tahsil oladi. Umri davomida 55 marta haj qildi. Har bir hajda ko‘plab ilm ahllari bilan muloqotga kirishdi. Imom A’zam (r.h.) ustozlarining adadi 4000 ga etishi manbalarda qayd etilgan. Ulardan 8 tasi sahoba, 39 tasi tobe’in edi. Hofiz as-Solihiy esa "Uqud al-juman" kitobida: “Imom Abu Hanifa sakkiz sahobiy va bir ayoldan hadis rivoyat qilgan”, deydi va ularning nomlarini keltiradi. Anas ibn Molik, Amr ibn Horis, Abdulloh ibn Anis, Abdulloh ibn Horis, Ibn Juz’ az-Zubaydiy, Jobir ibn Abdulloh, Abdulloh ibn Abu Avfo, Voila ibn Asqo’, Oysha bint Ajrad (r.a.). “Bag‘dod tarixi” kitobida keltirilishicha, Abu Hanifa hukmdor Abu Ja’far Mansur huzuriga kirganida uning oldida o‘tirgan Iso ibn Muso hukmdor Mansurga: "Bugungi kunda dunyoning eng etuk olimi ushbu Abu Hanifadir", dedi. SHunda Mansur Abu Hanifaga: "Ey No‘‘mon! Ta’limni kimdan olgansan?”, dedi. U: "Umarning izdoshlari orqali Umardan, Alining izdoshlari orqali Alidan, Abdullohning izdoshlari orqali Abdulloh ibn Mas’uddan oldim. Ibn Abbos davrida er yuzida undan ko‘ra olimroq kishi yo‘q edi (ya’ni, ibn Abbos shogirdlaridan ham ta’lim olganliklarini aytmoqchilar)", dedi. Shunda Abu Ja’far Mansur: "Haqiqatan ham sen o‘zingga kuchli hujjat to‘plagan ekansan", dedi. Imom A’zam (r.h.) o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan faqih va muhaddis olimlaridan ta’lim oldi. Jumladan, mashhur muhaddis Imom A’mashdan hadislarni o‘rganar va yod olar edi. Imom A’mashning oldida Abu Hanifa bir odamning fiqh borasidagi savoliga javob berdi. SHunda A’mash: “Nimaga asoslanib bunday javob berding?”, deya so‘radi. Imom A’zam: “O‘zingiz rivoyat qilgan hadislarga asoslanib” deb, bir nechta hadisni sanab berdi. Imom A’mash shogirdining zakovatiga qoyil qolib: “Ey faqihlar jamoasi, sizlar tabib, biz muhaddislar esa dorishunos ekanmiz”, dedi. Haqiqatan, oyat va hadislardan har kim ham hukm chiqara bilmaydi. Balki, bu mujtahid va faqihlarga xosdir. Afsuski, bugungi kunda islom manbalaridan o‘zicha fatvo olishga intilib, mazhablarga, o‘tgan olimlarning xizmatiga bepisandlik qilayotganlar turli ixtilof va ziddiyatlarga sababchi bo‘lmoqdalar. Imom A’zam (r.h.) ham aqidaviy ta’limotga ham fiqhiy mazhabga asos soldi. Ma’lumki, bilim sohasi vaqt o‘tishi bilan fizika, matematika, ximiya kabi aniq fanlar va tarix, geografiya, huquqshunoslik kabi ijtimoiy fanlarga ajratilgan. SHunga o‘xshash, Imom A’zam ham birinchi bo‘lib fiqhni boblarga bo‘ldi. E’tiqod sohasida birinchi bo‘lib "Al-fiqhul-akbar", ya’ni "Katta fiqh" degan kitoblarini yozdi. Bu kitobda islomdagi musaffo e’tiqod ta’limoti o‘z ifodasini topgan. Keyinchalik Imom A’zamning mazkur asariga ko‘plab sharhlar bitilgan. Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha Imom A’zamning ushbu "Al-fiqhul-akbar" kitobiga buyuk vatandoshimiz Imom Moturidiy (r.h.) ham sharh yozgan. Bu narsani ba’zi bir tarixchilar inkor etishadi. Lekin, Imom Moturidiy o‘z ta’limotini yaratishda Imom A’zamning e’tiqod borasidagi qarashlariga tayanganlari, Moturidiyning ustozlari Imom A’zam izdoshlari ekani manbalarda o‘zining aniq ifodasini topgan.
Hanafiy mazhabi ta’limoti
Imom Abu Hanifa barcha imomlarning peshvosi, faqixlarning ustozi, Imom Shofeiy ta’biri bilan aytganda, barcha odamlar fiqhda uning boqimandalari bo‘lgan zot edi. Alloh taolo unga noyob zakovat, etuk aql, o‘tkir fikr ato etgan bo‘lib, har bir ishni chuqur tahlil qilar, hech qanday shak-shubhaga o‘rin qolmaydigan darajadagi aniq hujjat va dalillar asosida hukm chiqarar edi. Uning ilmi butun olamga yoyilib, olimlar ham, omma xalq ham ta’limotini zo‘r e’tibor va ochiq ko‘ngillik bilan o‘rganib kelmokdalar. Imom Abu Hanifa (r.h.) o‘z mazhabini bino qilishda islom shariatining asosi deb e’tirof etgan manbalarga - Qur’oni karim, sunnati nabaviya, ijmo, qiyos va sahobalarning qavllari hamda urfga suyandi: "Men, avvalo, hukmni Allohning kitobidan olaman, undan topmasam, Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlaridan olaman. Agar Allohning kitobidan ham, payg‘ambarning sunnatlaridan ham topa olmasam, sahobalarning gapidan olaman, agarda bular ixtilof qilgan bo‘lsalar, ularning so‘zidan Qur’on va hadisga yaqinrog‘ini olaman, ularning gapidan boshqanikini olmayman. Agarda sahobalarning so‘zidan ham topa olmasam va gap tobeinlarga etib kelsa, o‘zim ularga o‘xshab ijtihod qilaman", dedi. Abu Hanifa nazdida fiqhiy hukm olishda asosiy manba Qur’oni karim bo‘lib, boshqa biron narsa unga barobar bo‘la olmaydi, chunki u Alloh taoloning kalomi, musulmonlar uchun qat’iy hujjatdir. SHuning uchun ohod yo‘li bilan kelgan hadislar Qur’oni karim hukmini nasx (bekor) qila olmaydi, chunki ohod sunnatlar Payg‘ambardan etib kelishi jihatidan hammasi zonniydir. ("Sunnati ohod" deb Rasulullohdan rivoyat qilgan roviylar adadi hamma tabaqalarda mutavotir adadiga etmagan, ya’ni, uchtadan kam odam bo‘lgan holda rivoyat qilingan hadisga aytiladi). SHu boisdan ham Abu Hanifa Qur’oni karim oyatiga ma’nosi zid bo‘lgan hadislarni olmagan. Abu Hanifa sunnati nabaviyani shariat ahkomlarining ikkinchi asosi deb e’tibor qilgan. SHu bilan birga qovliy sunnatni (Rasululloh so‘zlarini) fe’liy sunnatdan (Rasulullohning qilgan ishlaridan) ko‘ra avloroq deb qaraydi. CHunki Rasulullohning qilgan ishlari o‘zlariga xos amallar bo‘lish ehtimoli mavjud. SHuningdek, mutavotir sunnat bilan ohod sunnat ma’nolari bir-biriga zid bo‘lib qolsa va ularni hech bir yo‘l bilan bir-biriga moslashtirish (kelishtirish) iloji bo‘lmasa, Abu Hanifa mutavotir sunnatni ohoddan muqaddam qo‘ygan. Mutavotir sunnatda o‘z ma’nosiga ko‘ra Rasulullohdan boshlab to oxirgacha roviylar silsilasining adadlari ko‘p bo‘lganidan ularning yolg‘onga ketishlari, adashishlari mumkin emas. Abu Hanifa yuqorida mazkur so‘zlarida ta’kidlaganlaridek, biron shar’iy hukm olmoqchi bo‘lsa, avvalo, Allohning kalomiga - Qur’oni karimga murojaat qilgan, undan javob topa olmasa, e’tiborini sunnatga qaragan, mabodo hadislardan ham dalil topa olmasa, sahobai kiromlar so‘zlaridan dalil axtargan. Imom Saraxsiy o‘zining “Usulul-fiqh” kitobida ta’kidlaganidek, Abu Hanifa sahobai kiromlar so‘zini qo‘yib qiyosga aslo o‘tmas edi. Abu Muti’ al-Balxiy Abu Hanifadan: "Menga ayting-chi, biron masalada siz bir fikrda bo‘lsangiz-da, Abu Bakr Siddiqning fikri bu masalada boshqacha bo‘lsa, siz uning fikrini qabul qilib, o‘z fikringizdan qaytasizmi yo yo‘qmi?" deb so‘radi. Abu Hanifa: "Albatta, fikrimdan qaytaman", dedi. U yana: "Ayting-chi, agar bir masalada sizning fikringiz boshqa bo‘lsa va Umar ibn Xattobning fikri boshqa bo‘lsa, siz o‘z fikringizni qo‘yib, uning fikrini olasizmi?!", deb so‘radi. Abu Hanifa: "Ha, uning fikrini qabul qilaman", dedi. So‘ngra u yana Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib to‘g‘rilarida ham so‘ragan edi, Abu Hanifa yana bularning fikrlarini ham olishini aytib, men barcha sahobalarning fikrini qabul qilib, o‘z fikrimdan voz kechaman, dedi. Rasululloh (s.a.v.) o‘z hadislarining birida: "Mening ummatlarim xato (adashish)ga ittifok, qilmaydilar, agarda biron masalada ixtilofni ko‘rsangizlar, ko‘pchilik tomonida bo‘lingizlar", degan. YA’ni, qaysi davrda bo‘lsa ham, biron shar’iy hukm borasida ixtilof sezilganda obro‘-e’tiborli ko‘pchilik tomonining fikrini ma’qullash lozim bo‘ladi. Ko‘pchilikning fikrini "ijmo’" deyiladi va Abu Hanifa (r.h.) ham ijmo’ni shar’iy hukmlarga asos bo‘lishini aytgan. Abu Hanifa : "Agarda sahobalar biron masalada turli fikrda bo‘lsalar, Qur’on va sunnatga yaqinroq bo‘lgan fikrni olaman, sahobalar fikrini qo‘yib, boshqasini olmayman", deganida, ijtihod etib, sahobalarning so‘zlarini Qur’onga va sunnatga qiyos qilishni va, avvalo, Qur’onga muvofiq kelgan fikrni, agar unga muvofiq bo‘lmasa, hadisga muvofiq bo‘lganini olishni nazarda tutgan edi. Va agarda bu ikki asosga ham muvofiq bo‘lmasa, ulardan xohlaganining fikrini qabul qilishni va ularning fikrini tashlab, o‘z fikrlaricha hukm qilmaslikni bayon qilgan edi. Abu Hanifa (r.h.) hadisi mursalni va hatto zaif hadisni ham qiyosdan ustun qo‘yadilar va hatto bu darajadagi hadislar bor bo‘lganda, qiyosni ishlatmaydi. Naql qilinishicha, Abu Hanifaning o‘zi bu haqda: "Allohga qasamki, kim bizni qiyosni hadisdan ustun qo‘yadi desa, yolg‘on aytibdi va bizga tuhmat qilibdi. Hadis bo‘lgandan keyin qiyosga hojat qolar edimi?!" dedi. Shuningdek, Abu Hanifa aniq, ravshan qilib: "Biz o‘ta zarurat bo‘lgan vaqtdagina qiyosga murojaat qilamiz. Chunki biror masalaga dalil axtarsak, biz avvalo Qur’onga, undan keyin sunnatga va, qolaversa, sahobai kiromlar fatvolariga murojaat qilamiz, agarda ushbu manbalardan dalil topa olmasak, shundagina dalili yo‘q masalani o‘ziga o‘xshash va dalili mavjud masalaga qiyos qilamiz” deya ta’kidladi. "Istehson" lug‘atda "bir narsani yaxshi deb, hisoblash" ma’nosida ishlatiladi. Ya’ni, bir narsaning yaxshisini, go‘zalini, mustahkamini izlash demakdir. Alloh taolo aytadi: "Ey Muhammad, Mening bandalarimga - so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga ergashadigan zotlarga xushxabar bering!" (Zumar,17). Usul istilohida esa, "mujtahidning ochiq-ravshan qiyosdan maxfiy qiyosga, kulliy hukmdan juz’iy hukmga o‘tishi" tushuniladi. Ya’ni, bir ishni nassga (shar’iy hukm asoslariga) qiyos etish imkoni bo‘lmasa, faqih ijtihod qilib, odamlarga oson bo‘lishi maqsadida istehson qoidasi bilan hukm chiqaradi. Imom Abu Hanifa shar’iy hukm olishda istehsonga asoslanib hukm chiqarishni qabul qilgan. "Urf" deb kishilar o‘rganib-odatlanib qolganlari tufayli qiladigan va shariat ta’limotiga zid bo‘lmagan ishlariga aytiladi. Faqiqlar urfning shar’iy dalilligini e’tirof etib, uni qabul qilishgan. Abu Hanifa (r.h.) ham Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilingan quyidagi hadisga asoslanib urfni qabul qilgan. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Musulmonlarning ko‘pchiligi nimani yaxshi deb bilsa, u Alloh huzurida ham yaxshidir". Imom Ahmad ibn Hanbal (r.h.) ham urfni shar’iy dalil deb qabul qilgan. Mana shunday asoslarga barpo qilingan hanafiy mazhabi ta’limotida barcha fiqhiy masalalar aniq va ravshan bayon qilingan. Huquqiy muammolar juda sodda ravishda o‘z echimini topgan. Har bir masalaning nozik jihatlarigacha e’tibor qilingan. CHunki, bu mazhab mujtahidlari ham diniy, ham dunyoviy fanlarni chuqur bilishgan. Masalan, musulmon kishi uchun qibla, ya’ni Makka shahridagi Ka’ba binosi joylashgan tarafni topish muhimdir. . Qadimda hozirgidek turli astronomik vositalar bo‘lmagan paytda Ka’ba yo‘nalishini topish muammosi yuzaga kelgan. Mujtahid ulamolar bu masalani jiddiy o‘rganib, Movarounnahrda hijriy-qamariy hisobiga ko‘ra birinchi hamal, ya’ni 21 mart kuni va birinchi mezon, ya’ni 23 sentyabr kuni quyosh aynan qibla tarafiga botishini isbot qilishgan. Yilning boshqa kunlari esa tunda doim shimolga qarab turuvchi Qutb yulduzi orqali qiblani topishni tavsiya qilishgan.
Yüklə 53,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə