Muso al-xorzmiyning didaktik g’oyalari



Yüklə 440,52 Kb.
tarix27.05.2023
ölçüsü440,52 Kb.
#113433
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning didaktik g\'oyalari

Muso al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari

Reja:

Reja:

Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi

Muso al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari


Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar bobil, yunoniston Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o‘rgandi. O’zi hayotiy talablar nuqtayi nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.


Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan hissasini qo‘shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al- jabr va al-muqobala” asarida (“aljabr val muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo’liarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo’lim kiritiladi; ikkinchisi, geometrik qism-algebraik usul qo’llab o‘lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo’lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (l,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag‘ishlangan. Mutafakkir hindlaming falakkiyot va matematikaga oid “Sindihin” nomli qoilanmasini o‘qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, uning mundarijasiga yangi boblami qo‘shdi va bu asami “qisqargan Sindihind” (“Algorizmi hind hisobi haqida”) deb atadi. Mazkur asar faqat Sharqdagina emas, Yevropada ham qo’llanma sifatida shuhrat taratdi. U Hindistonda kashf etilgan raqamlami soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon etdi. Ungacha ancha qo‘pol sanoq usullaridan foydalanib kelingan. o'nlik tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o‘zgarish deb ta’riflanadi. Yevropaga 1,2.3,4,5,6,7,8,9 raqamlaridan foydalanish va nol yordamida eng katta sonlarni yozish va joylami aniq ko‘rsatish X-Xl asrlarda arablardan kirib kelgan.

Muso al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari

Didaktika pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmogidir. Didaktika yunoncha “didaktikos” so‘zidan kelib chiqqan boiib, o‘qitish, o‘rganish ma’nosini bildiradi. Yaqin va o‘rta sharqda al-xorazmiy, kindiy, abu nasir forobiy, al- beruniy, ibn sino, umar hayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktikaga asos solgan boisalar, amos komenskiy, shveysariya- lik pedagog I. G. Pestalossi, nemis pedagogi A. Disterveglar yevropada didaktikaning rivojlanishi ga katta hissa qo‘shdilar.


Al-Xorazmiy, Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy va ulaming izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga mana shu predmetning mohiyati va o'ziga xosligini tushunish sodir boiishi hamda shakllanishiga e’tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar. Al-Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali
tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkumi rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini ko‘rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni taklif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o‘lchashda, kanallar o‘tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”1 .Muhammad al- Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasawur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali bihsh bu qisman bilish boisa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi.

Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi.

U birinchilardan boiib, sinov-kuzatish va sinov metod- lariga asos soldi (samoviy obyektlaming harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalaming algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik g‘oyalar asosida odam- laming hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlaming amaliy talablari asosida paydo boiishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo‘lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi.

E’tiboriz uchun rahmat!


Yüklə 440,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə