Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə1/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org


Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun

XI BOB. NARXLARNI MUVOFIQLASHTIRISH VA MONOPOLIYAGA QARSHI QONUN


11.1. Monopoliyaga qarshi qonun
Bu yerda biz monopol hokimiyatga ega bo‘lgan monopolistlar to‘g‘risida gap yuritamiz. Lekin, hozirgi vaqtda monopoliyaning ijobiy tomonlari borligini hech kim inkor qila olmaydi.

Yiriklashgan korxonalarda ilmiy-texnik rivojlanish imkoniyati katta bo‘ladi, nima uchun deganda, bunday korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari ham katta bo‘lganligi uchun, ular ilmiy izlanishlarga ko‘proq mablag‘ ajratishlari mumkin.


Yiriklashgan korxonalargina masshtab samarasidan yaxshiroq foydalana oladilar, chunki ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni keng masshtabda yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida mahsulot tannarxini pasaytirishga va uning sifatini oshirishga imkon yaratadi. Lekin, hozirgi bozor munosabatlarining rivojlanganligi, jahon bozorining shakllanganligi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayib borishi sharoitida kuchli bozor hokimiyatiga ega monopolistni topish qiyin.
Monopolistlarning jamiyatga taʼsir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o‘z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida eʼtibor beradi, deb bo‘lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilishni ko‘p hollarda to‘xtab qolishini ham ko‘rish mumkin.
Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori qilib belgilaydi, yaʼni P > MC. Natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo‘lmaydi. Monopol narxning o‘rnatilishi jamiyatda yo‘qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatning yo‘qotishi ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqilgan.
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo‘lgan monopolistik hokimiyatni to‘planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga taʼsir qilish kuchini bildiradi. Qaysi firma bozor narxiga ko‘proq taʼsir qila olsa, u ko‘proq monopolistik hokimiyatga ega bo‘ladi.
Ko‘pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida AQSHning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo‘lib Sherman qonuni deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo‘lib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo‘l bilan yo‘qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to‘lashdan tortib, firmani tarqatib yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo‘lib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo‘yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi.
1938 yildagi Uiler qonuni isteʼmolchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot berish va noto‘g‘ri reklama berishga qarshi).
Keyingi yillarda ham trestlarga qarshi qonunchilik AQSHda rivojlandi. AQSHning trestlarga qarshi qonuni boshqa davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlarni ishlab chiqishda va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Narxlarni nazorat qilish va ularni muvofiqlashtirish ko‘proq tabiiy monopoliyalarga qo‘llaniladi. Eslasak, raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo‘lar edi (Pe = MC) (11.1-rasm). Lekin, bunday narxni tabiiy monopoliyalarga qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu narxda bir qator ishlab chiqaruvchilar zarar bilan ishlab ishdan chiqadilar. Nima uchun deganda, ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari har xil bo‘lgani uchun narxlar ham har xil bo‘ladi.
Rasmdan ko‘rinib turubdiki, Рe, narx raqobatlashgan bozor narxiga to‘g‘ri keladi va u chekli xarajat bilan o‘rtacha daromad
11.1-rasm. Tabiiy monopoliyada narxni muvofiqlashtirish

chiziqlari kesishgan nuqta bilan aniqlanadi. Narx davlat tomonidan muvofiqlashtirilmasa, monopolist narxni Pm darajada belgilab, Qm miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. Davlat esa narxni barcha uchun o‘rtacha xarajat darajasida (o‘rtacha xarajat chizig‘i bilan daromad chizig‘i kesishgan nuqta) belgilaydi, yaʼni P1. Bu narxga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q1. ga teng. P1 = AC bo‘lishi tabiiy monopolistlarga (uzoq muddatli raqobatlashgan bozordagi firmalar kabi) normal foyda olish imkonini beradi.

P1 narxda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori optimal hajmdan kichik (Q1 < Qe ) bo‘lsa ham isteʼmolchilar monopolist narxi tartiblashtirilmagandagiga qaraganda (Qm < Ql) ko‘proq mahsulot sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘rtacha xarajat darajasida o‘rnatiladigan narx P1, ni “adolatli foyda olishni taʼminlaydigan narx” deb ataydilar. AQShda “adolatli” narxni taʼminlanishini juda ko‘p federal komissiyalar kuzatib boradi.



Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə