Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə7/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org

Kurno modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma o‘rtasidagi munosabatlarni duopoliya sharoitida 1938 yil birinchi bo‘lib o‘rgangan fransuz iqtisodchisi O.Kurno hisoblanadi. Bu munosabatni o‘rganishda quyidagilar faraz qilinadi: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab chiqaradi va bu tovarlarga bo‘lgan bozor talabi chizig‘i ularga ma’lum. Ikkala firma ham bir vaqtning o‘zida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, har bir firma shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qiladi va mahsulotning pirovard narxi ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Kurno modelida har bir firma mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilganda, raqobatchi firma tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini o‘zgarmas deb qaraydi. Kurno modelini misolda ko‘rib chiqamiz (12.2-rasm).
Faraz qilaylik, ikkinchi firma mahsulot ishlab chiqarmaydi. U holda birinchi firmaning talab chizig‘i (birinchi firma mahsulotiga talab) bozor talab chizig‘i bilan ustma-ust tushadi. 12.2-rasmda bu chiziq D1(0). Faraz qilaylik, birinchi firmaning chekli xarajatlari MC1 o‘zgarmas.
Birinchi firmaning talab chizig‘iga mos keladigan chekli daromad chizig‘i MR1 (0) ham rasmda keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, birinchi firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish xajmi 60 birlikka teng (MR1 (0) bilan MC1 chiziqlari kesishgan nuqta). Shuning uchun ham birinchi firma ikkinchi firma mahsulot ishlab chiqarmaydi, deb faraz qilganda, maksimal darajada, ya’ni 60 birlik mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.
Agar birinchi firma, ikkinchi firma 60 birlik

12.2-rasm. Birinchi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini ikkinchi firmaning ishlab chiqarish hajmiga ko’ra optimallashtirish grafigi

mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsa, u holda birinchi firmaning talab chizig‘i 60 birlik chapga siljigan bozor chizig‘i sifatida keladi. Rasmda bu talab chizig‘i D1(60) bilan ifodalagan, bu talab chizig‘iga mos chekli daromad chizig‘i MR1 (60) bo‘la- di. Bunday holda birinchi firmaning foydasini maksimallashtira- digan ishlab chiqarish hajmi 30 birlikka teng (bu nuqta MR1 (60) va MC1 chiziqlari kesishgan nuqta). Agar birinchi firma ikkinchi firma 90 birlik mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsa, birin- chi firmaning yangi talab chizig‘i oldingisiga nisbatan chapga 30 birlik siljiydi. Bu chiziq rasmda D1 (90). Endi birinchi firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi 15 birlikka teng. (MR1 (90) = MC bo‘lgan nuqta). Va nihoyat, birinchi firma ikkinchi firmani 120 birlik mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsin. U holda birinchi firmaning talab va chekli daromad MR chiziqlari vertikal ordinata o‘qini kesib o‘tadi (bu rasmda keltirilmagan) va birinchi firma umuman mahsulot ishlab chiqarmaydi. Agar biz birinchi firmaning mahsulot ishlab chiqarishini ikkinchi firmaning ishlab chiqarishdan bog‘liq holda qanday o‘zgarishni grafikda (12.3-rasm) ko‘radigan bo‘lsak, birinchi firmaning ikkinchi firma ishlab chiqarishdan bog’lik ishlab chiqarish chizig‘ini olamiz, ya’ni bunday bog‘liqlikni Q1(Q2) funksiya ko‘rinishida ifodalashimiz mumkin.

12.3-rasm. Kurno muvozanati

Birinchi firmaning ikkinchi firma ishlab chiqarishga ko‘ra, ishlab chiqarish chizig‘i Q1(Q2) rasmda AB chizig’ini beradi.

Xuddi shunday, ikkinchi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini birinchi firma ishlab chiqarishiga ko‘ra tahlil qilib, natijada ikkinchi firmaning ishlab chiqarish chizig‘i Q2(Q1) ni olishimiz mumkin (12.3-rasm). Q2(Q1) chizig’i ikkinchi firmaning birinchi firma ishlab chiqarish hajmini faraz qil- gandagi va shu ikkinchi firmaning ishlab chiqarishi birinchi firmaning ishlab chiqarish hajmidan bog‘liq ekanligini ifodalaydi. Agar firmalarning chekli xarajatlari bir-biridan farq qilsa, ya’ni MC1 # MC2 bo‘lsa, ularning ishlab chiqarish chiziqlari Q1(Q2) va Q2(Q1) lar ham bir-biridan farq qiladi (12.3-rasm). Birinchi firmaning ishlab chiqarish chizig‘i bilan ikkinchi firmaning ishlab chiqarish chizig‘i kesishgan E nuqtaga mos keluvchi birinchi va ikkinchi firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari muvozanati Kurno muvozanati deyiladi.


Muvozanat nuqtada har bir firma o‘zining raqobatchi firmasining ishlab chiqarish hajmini aniq faraz qiladi. Muvozanat nuqtaga mos holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ikkala firma uchun ham optimal hisoblanadi va hech qaysi firma o‘z mahsulotining ishlab chiqarish hajmini optimal hajmdan ko‘proq yoki kamroq hajmga o‘zgartirishdan manfaatdor emas.
Mahsulot hajmini optimal hajmdan har qanday o‘zgartirilishi ikkala firmaning ham daromadini kamayishiga olib keladi. Muvozanat ishlab chiqarish hajmlari Q1E va Q2E firmalarning foydasini maksimallashtiradigan hajmlar hisoblanadi va firmalar bir-birlarining ishlab chiqarish hajmlarini to‘g‘ri faraz qiladilar.
Kurno muvozanati, o‘yinlar nazariyasida Nesh muvo- zanati deb yuritiladi. Nesh muvozanati holatida har bir o‘yinchi o‘zining raqibi tanlagan harakatiga ko‘ra tanlovi eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Nesh muvozanati holatida hech bir o‘yinchi o‘zining harakatini o‘zgartirishdan manfaatdor emas. Kurno muvozanatida ham har bir duopolist raqibi tanlagan ishlab chiqarish hajmida o‘zining ishlab chiqarish hajmini foydani maksimallashtiradigan darajada belgilaydi va shu sabab duopolistlar o‘zlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgartirishidan manfaat olmaydilar.
Kurno modeli duopolistlar Kurno muvozanat holatida bo‘lmaganda, ular shu muvozanatga erishish uchun harakat qilishi mumkinligi to‘g‘risida hech narsa demaydi. Nima uchun deganda, modelda raqobatchining mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmas deb qilinadigan asosiy farazi bajarilmaydi. Hech qaysi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan qolmaydi.

Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə