Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun


Monopol hokimiyat sharoitida narxlarni belgilash



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə2/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org

11.2. Monopol hokimiyat sharoitida narxlarni belgilash
Monopol yoki bozor hokimiyatiga ega bo’lgan firmalar rahbarlari oldida turadigan asosiy masalalardan biri bu qanday qilib bozor hokimiyatidan samarali foydalanishdir. Ular oldida narxlarni qanday belgilash, qancha ishlab chiqarish omillari olish kerak, uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda ishlab chiqarish hajmini qancha qilib belgilash kabi masalalarni yechish turadi.

Raqobatlashgan bozordagi firmalarni boshqarishga qaraganda bozor hokimiyatiga ega bo‘lgan firmalarni boshqarish qiyinroq. Raqobatlashgan bozorda narx berilgani uchun firma rahbarlari o‘z eʼtiborlarini ko‘proq xarajatlarni kamaytirishga va sotish bilan bog‘liq masalalarni yechishga qaratadi. Ishlab chiqarish hajmini esa narxni chekli xarajatlarga tenglashtiradigan hajmda belgilaydi. Monopol hokimiyatga ega firmalar ishlab chiqarish hajmini va mahsulot narxini aniqlashi uchun hech bo‘lmaganda talab elastikligining taqribiy qiymatini bilishlari kerak bo‘ladi.


Monopol hokimiyatga ega bo‘lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini isteʼmolchi ortiqchaligini egallash orqali qo‘shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi.
Isteʼmolchi ortiqchaligini egallash. Faraz qilaylik, firma barcha ishlab chiqargan mahsulotlarini bir narxda sotsin (11.2-rasm). U foydasini maksimallashtirish uchun narx Pm ni unga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi Qm ni chekli
11.2-rasm. Isteʼmolchi ortiqchaligining narx va ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligi

xarajat chizig‘i bilan chekli daromad chizig‘i kesishgan nuqtaga ko‘ra belgilaydi. Firma Qm ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to‘g‘risida o‘ylaydi. Isteʼmolchi ortiqchaligi sohasidan ko‘rish mumkinki (NM oraliqda) baʼzi bir isteʼmolchilar tovarni Pm narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. "Lekin, narx Pm dan yuqori qilib qo‘yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator isteʼmolchilar yo‘qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol Pm, bo‘lganda ham isteʼmolchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx Rm dan kichik (ammo chekli xarajatdan yuqori bo‘lgan) bo‘lgan holda tovarni sotib oladilar. Bunday xaridorlar ME sohaga qarashli bo‘lib, ularning ortiqchaligi DME soha yuzasiga teng. Firma narxni tushirsa, u ME oraliqqa qarashli xaridorlarga ham tovarni sotishi mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi ham kamayib ketadi.


Firma NM oraliqqa qarashli isteʼmolchilar ortiqchaligini ( Pm, MN yuzaga teng ortiqchalikni) va ME oraliqdagi isteʼmolchilar ortiqchaligini ( DME yuzaga teng ortiqchalikni) qo‘lga kiritish uchun har xil guruhdagi isteʼmolchilarning talab chizig‘ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko‘rdikki, bu ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas.
Masalan, firma NM oraliqdagi isteʼmolchilar uchun P1 (P1 > Pm) narx, ME oraliqdagilar uchun P2 (P2 < Pm) va ikkala guruh orasidagilar uchun Pm narxni belgilashi mumkin. Narxlarni bunday qo‘yilishiga, yaʼni har xil guruhdagi isteʼmolchilar uchun har xil darajadagi narxlarning qo‘yilishiga narx diversifikatsiyasi (differensiatsiyasi yoki diskriminatsiyasi) deyiladi. Masalaning muhim tomoni shundaki, xaridorlarni topib, ularni har xil narxlarda xaridorlar guruhiga bo‘lib chiqish, yaʼni bozorni segmentlashtirish kerak bo‘ladi.

Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə