Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org

Narxlar diversifikatsiyasi. Narxlar diversifikasiyasi (narxlarni isteʼmolchilarning imkoniyatlariga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo‘lishi mumkin: isteʼmolchi daromadiga ko‘ra, isteʼmol hajmiga va tovarlar turiga ko‘ra.


Isteʼmolchilar daromadiga ko‘ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir xaridor uchun rezerv narx belgilashga isteʼmolchilarning daromadiga ko‘ra narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi.
Ideal diversifikatsiyalashda firma daromadi qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Birinchi navbatda firma monopol narx Pm da qancha foyda olishni aniqlaymiz (11.3-rasm).

11.3-rasm. Narxlar diversifikatsiyalanmagandagi foydani ifodalovchi grafik

Buning uchun umumiy ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar hajmi Qm ning har bir qo‘shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan birlik mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha foydani qo‘shib chiqamiz. Bu qo‘shimcha foyda Δπ har bir birlik mahsulot uchun Δπ MR- MS ga teng. Ushbu chekli daromad MR birinchi mahsulot uchun maksimal bo‘lib, uning chekli xarajati MS eng minimaldir. Keyingi har bir qo‘shimcha mahsulot uchun chekli daromad kamayib boradi, chekli xarajat esa ortib boradi. Firmaning ishlab chiqarish hajmi Qm ga teng bo‘lganda oxirgi Qm mahsulotdan olinadigan foyda ΔπQm = MR - МС = 0 bo‘ladi va MR = MS Qm xajmdan ko‘p ishlab chiqarilgan har qanday mahsulot hajmidagi chekli xarajat uning chekli daromadidan yuqori bo‘ladi va bu firma foydasini kamaytiradi. Umumiy foyda har bir sotilgan mahsulotdan tushadigan foydalarning yig‘indisiga teng. Rasmda umumiy foyda chekli daromad chizig‘i bilan chekli xarajat o‘rtasidagi (NDF) shtrixlangan yuza bilan ifodalangan.

Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalanadi deylik. U mahsulot narxini har bir xaridor uchun u to‘lashi mumkin bo‘lgan maksimal darajada qilib belgilaydi va natijada chekli daromad chizig‘i firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi bilan bog’liq bo‘lmay qoladi. Har bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan tushadigan qo‘shimcha foyda tovarga to‘lanadigan narxga bog‘liq funksiya bo‘lib, chekli daromad chizig‘i talab chizig‘i bilan ustma-ust tushadi (D = MR) (11.3-rasm).


Masalan, agar har bir xaridor bittadan mahsulot sotib olsa, birinchi ishlab chiqarilgan tovardan olinadigan daromad R1 = P1 1= P1 ga, ikkita tovardan tushadigan umumiy daromad R2 = R1 + P21 = P1 + P2 ga, = uchta tovardan R3 = P1 + P2 + P3, ga teng. Har bir tovar uchun alohida narx belgilangani uchun umumiy daromad har bir sotilgan tovarlar narxlarining yi- g’indisi bilan aniqlanadi. Chekli daromadni quyidagicha topamiz:
MR1 = P₁; MR2 = R2-R1 = P1 + P2 - P1 = P2; MR3 = R3 - R2 = P1 + P2 + P3 - P1 - P2 = P3,
va hokazo.
Demak, har bir qo‘shimcha sotilgan tovarning chekli daromadi ideal diversifikatsiyalashda ushbu tovar uchun belgilangan narxga teng.
Ko‘rinib turibdiki, narx diversifikatsiyasi firmaning xarajatlari tarkibiga ta’sir qilmaydi. Shunday qilib, har bir birlik qo‘shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan tushadigan qo‘shimcha foyda talabdan chekli xarajatni ayrilganiga teng. Masa-
lan, agar biz yuqoridagi misolni qarasak, uchinchi qo‘shimcha mahsulotni sotishdan oladigan qo‘shimcha foydani Δπ3, deb belgilasak, Δπ3 = MR3MC3 = P3 - MC3, ko‘rinishida aniqlanadi.

11.4-rasm. Ideal diversifikatsiyalashda foydani ifodalovchi grafik

Talab (MR) chekli xarajatdan ustun bo‘lganda firma ishlab chiqarish hajmini oshirib o‘z foydasini orttiradi. Ishlab chiqarishni kengaytirish ishlab chiqarish hajmi Qe hajmga yetguncha davom ettiriladi. Qe hajmda chekli daromad, ya’ni talab chekli xarajatga teng bo‘ladi va ishlab chiqarish yanada oshirilsa chekli xarajat talabdan, ya’ni MR dan yuqori bo‘lgani uchun firma foydasi qisqaradi.

Umumiy foydaga endi chekli xarajat chizig‘i bilan talab chizig‘i o‘rtasidagi shtrixlangan FEN yuzaga teng bo‘ladi. Har bir iste’molchi uchun u to‘lashi mumkin bo‘lgan narxni o‘rnatilishi firma tomonidan iste’molchi ortiqchaligining hammasini egallashga imkon beradi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi daromadini oshiradi. 11.4-rasmdan ko‘rish mumkinki, firma daromadi ancha oshgan.


Ammo, xaridorlar juda ko‘p bo‘lsa, firma ularning har biri uchun alohida narx belgilashi qiyin. Bu yerda asosiy muammo, xaridorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan narxni aniqlashdir. Firma xaridorlar bilan so‘rov o‘tkazishi mumkin, lekin xaridor ushbu sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal narxni to‘g‘ri aytadi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, xaridorlar kamroq bo‘lganda, real hayotda narx differensiatsiyasidan foydalanuvchi firmalar ham yo‘q emas. Masalan, gazga, elektroenergiyaga aholi va korxonalar to‘laydigan narxlar, hayvonot bog‘iga, muzeyga kirish chiptalarining yosh bolalarga, katta yoshdagilarga va gu- ruhlarga har xil narxlarda bo‘lishi. Bunday hollarda narxni differensiatsiyalovchi firma iste’molchi ortiqchaligining bir qismini o‘zlashtiradi.
Yana bir misol tariqasida poyafzal sotuvchi firmani ko‘rib chiqaylik. Sotuvchi har bir poyafzal sotilishidan 20 foiz foyda oladi deylik. Sotuvchi ba’zi bir xaridorlarga tovarni o‘z narxida sotsa, boshka biriga sotganda o‘z ulushining bir qismidan voz kechadi, nima uchun deganda, foyda olmagandan ko‘ra har bir poyafzaldan 10 foizdan (20 foiz o‘rniga) foyda olish uning uchun afzalroq.
Agar narxlar differensiatsiyasi xaridorlar sonini oshishiga olib kelsa, bundan sotuvchilar ham, xaridorlar ham manfaat ko‘radi. Demak, umumiy farovonlik oshadi. Quyidagi 11.5-rasmda ana shu vaziyat tasvirlangan.
11.5-rasm. Daromadga bog‘liq narxlar differensiatsiyasi

Rasmdan ko‘rish mumkinki, monopol narx Pm va undan yuqori bo‘lgan narxlarda tovar sotib olishga qurbi yetmagan xaridorlar Pm dan kichik bo‘lgan P1 va m P2 narxlarda tovarni sotib olishi mumkin bo‘ladi va ma’lum iste’molchi ortiqchaligiga ega bo‘ladilar.




Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə