Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Dehqonlar urushi.
Yevropada an’anaviy jamiyatning inqirozi va
kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi zodagonlar va knyazlarda
o‘z daromadini oshirish istagini kuchaytirdi. Ular jamoa yerlarini
egallab olib, dehqonlarning ulushini qisqartirdi, natural va pul yig‘im-
larini, dehqonlarning ishlab berish majburiyatlarini oshirdi. Amerika-
dan g‘alla va kumushning oqib kelishi natijasida yuz bergan narx-
navo inqilobidan ham, avvalo, Yevropa dehqonlari aziyat chekdi. Deh-
qonlarning og‘ir ahvoli ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur qildi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni 
1524-yil 
yozida Germaniyada boshlandi.
Xalq Reformatsiyasi
deb atalgan bu qo‘zg‘olonga ruhoniy 
Òomas
Myunser
boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon tez orada butun Germaniyani
qamrab oldi va 
Buyuk dehqonlar urushi
degan nom oldi. Unda o‘n
minglab dehqonlar qatnashdi. Bir yildan oshiq davom etgan qo‘z-
g‘olon 1526-yil boshida mag‘lubiyatga uchradi. Uning ko‘plab
ishtirokchilari qattiq jazolandi, Ò. Myunser qatl qilindi.

Lyuteranlar – bu ...

Reformatsiya – bu ...

«95 tezislar»ning mazmun-mohiyati – bu ...
Shundan so‘ng reyxstag (parlament)da ko‘pchilik bo‘lgan kato-
liklar Reformatsiyaning yutuqlarini bekor qilish tashabbusi bilan chiq-
di. M. Lyuter tarafdorlari esa bunga norozilik bildirdi. Shu paytdan
boshlab ular 
protestantlar 
(
protest
– norozilik) deb atala boshlandi.
Kalvinizm va Reformatsiyaning Yevropaga yoyilishi. 
Reformatsiya
butun Yevropa bo‘ylab tarqaldi. Protestantlikning yangi oqimlari pay-
do bo‘ldi. Ulardan biriga Jeneva shahrida fransuz 
Jan Kalvin
asos
soldi.
«Duo o‘qi va ishla!» degan shior J. Kalvin ta’limotining asosi bo‘l-
di. Bu shior boylik orttirishni asosiy maqsad qilgan yangi zodagonlar
va burjuaziyaga ma’qul keldi. Ular J. Kalvinni qo‘llab-quvvatladilar.
Reformatsiya Yevropada katolik cherkovining yakka hukmronligi-
ga chek qo‘ydi. Reformatsiyaga qarshi kurashning kuchayishiga qara-
masdan, bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay
qo‘ydi. Protestantlik mamlakatlarida qirollik hokimiyati kuchayib,
cheksiz mustaqillikka ega bo‘ldi. Ko‘pchilik mamlakatlarda milliy
cherkovlar tashkil qilindi. Protestantlikning Injilni mustaqil o‘qish,
Xudo oldida shaxsiy javobgarlik hissi kabi o‘ziga xos jihatlari aholi
http://eduportal.uz


21
orasida 
individualizm
ning rivojlanishiga ko‘maklashdi. Injilni mustaqil
o‘qish ehtiyoji kishilarni savodli bo‘lishga undadi, protestantlik mam-
lakatlarida savodxonlikning oshishi uchun muhim omil bo‘ldi.
Reformatsiya natijasida paydo bo‘lgan protestantlik butun Yevro-
paga yoyildi va xristianlikning yangi ta’limotlari hamda yangi cher-
kovlarning shakllanishiga olib keldi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə