Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Òomas Mor (1478– 1535)ga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z asarida  Òomas Mor



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Òomas Mor
(1478–
1535)ga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z asarida
 Òomas Mor
http://eduportal.uz


24
Migel de Servantes
«Mona Liza»
Uilyam Shekspir
ideal davlat namunasini yaratib, uni «Utopiya»
deb atadi. Utopiya «mavjud bo‘lmagan yer» ma’-
nosini anglatadi. O‘shandan buyon xayoliy, as-
lida bo‘lmagan adolatli jamiyat haqidagi asarlar
va ularda ilgari surilgan g‘oyalarni «utopiya» deb
atashadi.
Adabiyot va san’at.
Uyg‘onish davri adabiyoti
va san’atida o‘z davrining buyuk kishilari ijod
qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko‘p
qirrali noyob qobiliyat in’om etgan edi. Bunday
noyob qobiliyat egalaridan biri 
Uilyam Shekspir
(1564–1616) bo‘lgan.
U «Inson – tabiatning ajoyib mo‘jizasi», deb
hisoblardi. Shekspir teatrga muhabbat qo‘ydi. Ham aktyor, ham
dramaturg sifatida ijod qildi. U insonlarni o‘rab turgan olamni sahna,
odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi. Shekspir kelgusi avlod-
larga «Otello», «Hamlet», «Qirol Lir» hamda «Romeo va Juletta» kabi
mashhur asarlarini meros qoldirdi.
Bu davr adabiyotining yana bir yirik arbobi,
ispan yozuvchisi 
Migel de Servantes
dir (1547–
1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qah-
ramoni – jahongashta Don Kixot adolatsizlik
olamidagi so‘nggi oliyjanob ritsar. Atrofdagi
adolatsizliklar uning oliyjanob qalbini g‘azabga
to‘ldiradi. U haqiqiy ritsar kabi xo‘rlanganlar
himoyasiga otlanadi.
Òasviriy san’at.
Uyg‘onish davri madaniya-
tining yana bir buyuk namoyandasi italiyalik
Leonardo da Vinchi
(1452–1519) edi. U bir
vaqtning o‘zida rassom, shoir, me’mor, haykal-
tarosh, musiqachi va ixtirochi olim edi. Leo-
nardo rasm chizish san’atini «san’atlar mali-
kasi» deb atagan.
Leonardo asarlarining qahramonlari xudo-
lar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. Uning eng mashhur
asarlaridan biri – «Mona Liza» («Jokonda»).
Asarda Mona Liza tomoshabinga tik boqib turibdi, lablarida
sezilar-sezilmas tabassum, «u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib in-
soniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...», deb yozgan edi o‘sha
http://eduportal.uz


25
davr tarixchilaridan biri. Bu davrning buyuk
rassomlaridan yana biri italiyalik 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə