Terminlarning shakllanishi. Eski turkiy terminologik tizimdagi arabcha, fors-tojikcha o’zlashmalar



Yüklə 9,68 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü9,68 Kb.
#159873
  1   2   3
terminologiyadan slayd

Terminlarning shakllanishi. Eski turkiy terminologik tizimdagi arabcha, fors-tojikcha o’zlashmalar

O’qituvchi: Kamola Rixsiyeva

Topshirdi: Aziza Turg’unboyeva va Sevinch Muxtorova

;

O’rganilishi!

Eski o’zbek tili terminologiyasi ( XV- XIX asr oxiri) sistemasi, qadimgi turkiy til, eski turkiy til terminologiyasi

Reja:


Rabg’uziy asarining o’rganilishi
Lug’at tarkibining mavzuviy guruhlar
Yangi ma'no kasb etgan leksemalar

Rabg’uziy asarining o’rganilishi


O'zbek mumtoz adabiyotining ilk nasriy asarlaridan
hisoblangan “Qisasi Rabg‘uziy’ da xalq turmush tarzining turli
jabhalari ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, madaniy,
diniy. maishiy, kasb-hunar, jug‘rofiy sohalarga oid leksik birliklar
qoʼllanilgan. Bular, o‘z navbatida, xalqimizning hayoti, tili,
madaniyati, urf-odati, an’analari haqida ma’lumot beradi. Demak,
jamiyat va til tarixi hamda uning qadimiy holatidan boxabar
bo'lishda yozma yodgorliklar katta rol o'ynaydi. Chunki til ijtimoiy
hodisa sifatida hayot talablariga muvofiq takomillashib boradi
va har bir davrda kishilarning o'zaro aloqa vositasi boMib xizmat
qiladi. Shunday ekan, “Qisasi Rabg‘uziy” asari so‘z boyligini tadqiq
etish nafaqat o'zbek xalqining uzoq o'tmishini ilmiy asosda yoritish,
shuningdek, o'zbek adabiy tili tarixini o ‘rganishda g'oyat muhimdir.
Yilnomaning turli davrlarda ko‘chirilgan bir nechta
qo’Iyozmani nusxalari mavjud bo'lib, ular dunyoning qator kutubxona
Va qo’lyozma fondlarida saqlanmoqda. Mavjud qo’lyozmalarning
dastlabkisi XV asida kitobat qilingan bo‘Iib, hozir Britaniya
muzeyida saqlanadi. Jami 248 varaq, har bir betida 21 qator
yozuvdan iborat nusxa adibning tirikligi chog'ida 1340- (hijriy
740) yilda ko'chirilgan degan fikr ham mavjud. Matn tilida X II —
X III asrlarning til xususiyatlari yaxshi saqlangandi, yozuvi dastxat
XIV asr boshlarida ko‘chirilgan deyishga asos bo’ladi.
Turli saviyadagi kotiblar tom onidan ko'chirilgan, o’z davri adabiv tiliga
m uvofiqlashtirilgan. Ya’ni qo’lyozmalar kitobat qilingan paytdagi
tilning ta ’siri katta. Oxir-oqibatda matn tili va uslubi o‘zgarishlarga
uchragan. Asarning Shvetsiya, Parij, Boku,Toshkent nusxalari
shular jumlasidandir. T.G’ofurjonovaning yozishicha, O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti fondidaqissaning yettita qo'lyozma va o‘n uchta toshbosma
nusxasi saqlanmoqda
Turkologivada X III-XIV asr turkiy obidalar til xususiyatlarini
ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish borasida qator jiddiy ishlar
amalga oshirilganligi ilm ahliga, ayniqsa, til tarixi mutaxassislariga
yaxshi ayon. Eski turkiy tilning so‘z boyligini atroflicha tahlil
qilishda A.Borovkov, S.Mutallibov, G’.Abdurahmonov, A.Najib,
E. Fozilov, Q.Mahmudov, Q.Karimov, H.Ne'matov. H.Dadaboev,
Q.Sodiqov kabi turkolog-olimlarning roli katta bo‘lganligi e'tirof
etilgan.
Sho'rolar davrida payg’ambarlar qissalaridan
iborat ushbu obidani chop etish va uni o’rganish yuzasidan durustroq
tadqiqotlar amalga oshirilmadi. Istiqlol yillarida bu boradagi ishlar
birm uncha jonlandi. Jumladan, H.Dadaboev tomonidan qissadagi
ijtimoiy-siyosiy hamda ijtiimoiy-iqtisodiy term inlar, astroponimlar
tadqiq etildi, yodnoma leksikasi bo’yicha bir qator maqolalar
e'lon qilindi. N.Husanov qissa tilida istifoda etilgan farishtalar,
payg'ambarlar va ularning qarindoshlari, oila a ’zolari, xalifalar.
avliyolar nomini anglatuvchi antroponimlar xususida ilmiy
izlanish olib bordi.

Yüklə 9,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə