Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 2,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/142
tarix29.09.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#124858
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142
filename-167

Antverpen
shahri bo‘lib qoldi. Ammo Antver-
pen ham tezda o‘z mavqeyini yo‘qotdi. Angliyaning jadal iqtisodiy
taraqqiyoti uning poytaxti 
London
shahrini Yevropaning asosiy savdo
markaziga aylantirdi. Òemza daryosi bo‘yida joylashgan London juda
tez rivojlandi, shaharda yangi portlar, ishchilar uchun ko‘pqavatli
uylar, savdo rastalari va istirohat bog‘lari paydo bo‘ldi.
O‘rta asrlardayoq Yevropaning eng yirik shahriga aylangan 
Parij
ham rivojlanishda davom etdi. U G‘arbiy Yevropadagi eng katta mar-
kazlashgan davlat – Fransiyaning poytaxtiga aylandi. Ammo XVI asr-
dagi diniy urushlar va vabo epidemiyasida o‘n minglab parijliklar
vafot etdi, shaharning rivojlanishi sekinlashdi.
Yangi davrda fan, texnika va sanoatning rivojlanishi G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirib
yubordi. Yangicha iqtisod va kapitalistik munosabatlar shakllandi.
Yangi jamiyatning asosiy sinflari – kapitalist va proletariat paydo
bo‘ldi. Asosiy qadriyati inson erkinligi va tengligi bo‘lgan yangi,
industrial sivilizatsiya qaror topib bordi.
Kapital
– bu mulk, yollanma mehnatdan foydalanib, qo‘shimcha qiymat olish
vositasi.
Gildiya
– bu o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan
savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi.
Proletariat
– bu ishlab chiqarish quroli va vositasidan mahrum bo‘lgan
yollanma ishchi.
1. Birja va banklar Yevropada savdo-sanoatning rivojlanishida qanday muhim o‘rin
egallaydi?
2. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab savdo chorrahalari Yevropaning qaysi
hududiga ko‘chdi va nima uchun?
3. G‘arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar qay tariqa shakllana boshladi?
4. Zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank qachon va qaysi hududda vujudga keldi?

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə